Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ekspertiza xizmatini rivojlantirish toʻgʻrisida (234-son)
22.06.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sud ekspertizasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ilmiy darajasini va asoslanganligini oshirish, mustaqil ekspertiza xizmatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. X. Sulaymonova nomidagi Toshkent sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining X. Sulaymonova nomidagi respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markaziga aylantirilsin. Markazga sud ekspertizasi masalalari boʻyicha ilmiy-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi organ vazifasi yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
umumiy foydalanishdagi avtoxoʻjaliklardan xizmat yengil avtomashinalari yollash uchun zarur mablagʻlar ajratsin;
1996-yil budjeti loyihasida, tuzilgan kontraktlarni hisobga olgan holda, zamonaviy darajada ekspertizalar oʻtkazish va ilmiy tadqiqotlarni bajarish maqsadida maxsus asbob-anjomlar sotib olish uchun kriminalistika markaziga valyuta mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
4. Kriminalistika markazi xodimlari mehnatga haq toʻlash sharoitlari boʻyicha ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlariga tenglashtirilsin. Markazda ishlaydigan ekspertlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan uzoq yil ishlaganlik uchun lavozim maoshiga qoʻshimcha haq toʻlash tatbiq etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-iyun,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 22-iyundagi 234-son qaroriga ILOVA
Respublika kriminalistika markazi xodimlarining tarif razryadlari va stavka (oklad)lari
