“Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik taʼminlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish haqida (3104-1-son)
29.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3104-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish maqsadida buyuraman:
1. Innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 10-dekabrdagi 442-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3104, 2018-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 51-son, 985-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik taʼminlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mazkur buyruqning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Ilmiy-tadqiqot muassasalari 2019-yil 1-avgustdan ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik taʼminlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining ish haqlarini ularning miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-noyabr,
177-son
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2019-yil 22-noyabrdagi 177-son buyrugʻiga ILOVA
Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik taʼminlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
(soʻm) T/r Lavozimlar nomi Bazaviy lavozim maosh miqdorlari 1.08.2019-y.dan boshlab 1. Bosh muhandis 4 029 300 2. Bosh konstruktor, bosh texnolog 3 575 550 3. Etakchi muxandis, yetakchi konstruktor, yetakchi texnolog tegishli faoliyat sohasida kamida 5 yildan koʻp boʻlgan ish staji mavjud boʻlganda 3 049 200 tegishli faoliyat sohasida kamida 2 yildan 5 yilgacha ish staji mavjud boʻlganda 2 867 700 4. Oliy maʼlumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar): tegishli faoliyat sohasida kamida 5 yildan koʻp boʻlgan ish staji mavjud boʻlganda 2 087 250 tegishli faoliyat sohasida kamida 2 yildan 5 yilgacha ish staji mavjud boʻlganda 1 960 200 tegishli faoliyat sohasida 2 yilgacha ish staji mavjud boʻlganda 1 796 850 5. Oʻrta maʼlumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar) tegishli faoliyat sohasida kamida 5 yildan koʻp boʻlgan ish staji mavjud boʻlganda 1 760 550 tegishli faoliyat sohasida kamida 2 yildan 5 yilgacha ish staji mavjud boʻlganda 1 651 650 tegishli faoliyat sohasida 2 yildan kam ish staji mavjud boʻlganda 1 524 600
Mazkur bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2019-yil 22-noyabr
Bandlik va mehnatmunosabatlari vaziri N. XUSANOV
2019-yil 22-noyabr
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2019-yil 22-noyabr
