Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2773-4-son)
29.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-noyabr,
01-02/15-62-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 3-noyabrdagi 01-02/15-62-son qaroriga ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 22-bandda:
a) 2-kichik bandda:
ikkinchi xatboshi “joʻnatuvchisi” degan soʻzdan keyin “va eksportchisi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar eksportchi va yukni joʻnatuvchi turli shaxslar boʻlsa, xususan joʻnatuvchi tovarni eksportchining topshirigʻiga asosan joʻnatayotgan yoki shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval joʻnatuvchining qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili) va telefon raqami, soʻngra eksportchining (tovarni yetkazib berish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning) qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Gʼuncha” MChJ
Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Samarqand koʻch., 19-uy, telefon: +998XX-XXX-XX-XX
“Oʼztadbirkoreksport” AJ topshirigʻiga asosan, Toshkent shah., Mirobod tumani, Oʻzbekiston koʻch., 1-uy.
BYuDning 9-grafasida eksportchi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatiladigan boʻlsa, mazkur grafada joʻnatuvchidan keyin eksportchi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi talab etilmaydi.”;
oʻn toʻqqizinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma beshinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻttizinchi xatboshidagi “yigirmanchi — yigirma uchinchi” degan soʻzlar “yigirma oltinchi — yigirma toʻqqizinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻttiz birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Grafaning pastki kismida “№” belgisidan soʻng yukni joʻnatuvchining STIRi, joʻnatuvchi nomidan uning tarkibiy tuzilmasi ishtirok etayotgan holatlarda tarkibiy tuzilmaning STIRi, soʻngra “/” belgisidan keyin yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.”;
b) 7-kichik bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxsning STIRi, soʻngra “/” belgisidan keyin uning yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.”;
v) 25-kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish joyi” degan soʻzlar “Tovarlar turgan joy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 26-kichik band quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Grafaning pastki chap burchagida alohida ajratilgan maydonchada deklaratsiyalanayotgan tovarni ishlab chiqargan (tayyorlagan, yetishtirgan) shaxsning STIRi, soʻngra “/” belgisidan keyin yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq koʻrsatiladi.
Agar mazkur tovarning ishlab chiqaruvchisi nomaʼlum yoki tovar bir nechta shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan (tayyorlangan, yetishtirilgan) boʻlsa, joʻnatuvchining STIRi va hudud kodi koʻrsatiladi.”;
oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 25-bandda:
a) 6-kichik bandda:
ikkinchi xatboshi “qabul qiluvchisi” degan soʻzlardan keyin “va importchisi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agar importchi va yukni qabul qiluvchi turli shaxslar boʻlsa, xususan qabul qiluvchi tovarni importchining topshirigʻiga asosan qabul qilib olayotgan yoxud shunga oʻxshash boshqa holatlarda grafada avval qabul qiluvchining qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili) va telefon raqami, soʻngra importchining (tovarni qabul qilib olish toʻgʻrisida topshiriq bergan shaxsning) qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili) koʻrsatiladi.
Masalan:
“Xolis” MChJ
Toshkent viloyati, Chinoz tumani, Oʻqituvchilar koʻch., 17-uy, telefon: +998XX-XXX-XX-XX
“Taʼminot” AJ topshirigʻiga asosan, Toshkent shah., Shayxontohur tumani, A. Xodjayev koʻch., 310-uy.
BYuDning 9-grafasida importchi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatiladigan boʻlsa, mazkur grafada qabul qiluvchidan keyin importchi xaqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi talab etilmaydi.”;
oʻn sakkizinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma toʻrtinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma toʻqqizinchi xatboshidagi “oʻn sakkizinchi — yigirma birinchi” degan soʻzlar “yigirma toʻrtinchi — yigirma yettinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻttizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng yukni qabul qiluvchining STIRi, yukni qabul qiluvchi nomidan uning tarkibiy tuzilmasi ishtirok etayotgan holatlarda tarkibiy tuzilmaning STIRi, soʻngra “/” belgisidan keyin yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.”;
b) 7-kichik bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxsning STIRi, soʻngra “/” belgisidan keyin uning yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq koʻrsatiladi. STIRga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda “999999999” kodi koʻrsatiladi.”;
v) 25-kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish joyi” degan soʻzlar “Tovarlar turgan joy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 26-kichik band quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“8 raqami ostida quyidagi kodlar koʻrsatiladi:
“101” — agar tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga kiritilgan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan boʻlsa;
“102” — agar tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida jalb qilingan xalqaro moliya tashkilotlari kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan boʻlsa;
“103” — agar tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga kiritilgan mazkur kichik bandning yigirmanchi va yigirma birinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan boʻlsa;
“201” — agar Hukumat va viloyat hokimlari qarorlari bilan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan boʻlsa;
“202” — agar Hukumat va viloyat hokimlari qarorlari bilan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish boʻyicha mahalliy banklarning kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan boʻlsa;
“203” — agar Hukumat va viloyat hokimlari qarorlari bilan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan mazkur kichik bandning yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotgan boʻlsa;
“301” — agar tovarlar mazkur kichik bandning yigirmanchi — yigirma beshinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan investitsiya dasturi loyihasi doirasida olib kirilayotgan boʻlsa;
“000” — agar tovarlar investitsiya dasturi loyihasiga aloqador boʻlmasa.
9 raqami ostida TIF TNning 8401 — 8414 (8414 20 200 0, 8414 20 800 0, 8414 51 000 0 dan tashqari), 8415 (8415 10 100 0, 8415 10 900 0 dan tashqari), 8416 — 8418 (8418 10 — 8418 50 dan tashqari), 8419 — 8422 (8422 11 000 0 dan tashqari), 8423 (8423 10 100 0 dan tashqari), 8424 — 8450 (8450 11 — 8450 19 dan tashqari), 8451, 8452 (8452 10 dan tashqari), 8453 — 8466, 8474 — 8480, 8486, 8501 — 8504, 8514, 8515, 8526, 8530, 8531, 8537, 8538, 8543, 9006 — 9008, 9010 — 9016, 9018 (9018 31 100 1, 9018 31 100 9, 9018 31 900 1, 9018 31 900 9, 9018 32 100 0, 9018 32 900 0, 9018 39 000 0, 9018 49 100 0, 9018 49 900 0, 9018 90 500 1 dan tashqari), 9019, 9020, 9022 — 9024, 9027, 9030 — 9033 tovar pozitsiyalari bilan tasniflanuvchi texnologik asbob-uskunalarning qaysi soha uchun olib kirilayotganligi mazkur Yoʻriqnomaning 16-ilovasida keltirilgan Asosiy sohalar tasniflagichiga muvofiq uchta raqamdan iborat kodi koʻrsatiladi. Agar tovar olib kirilayotgan soha Asosiy sohalar tasniflagichida belgilanmagan boʻlsa “000” koʻrsatiladi.
10 raqami ostida mazkur kichik bandning yigirma yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan texnologik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yili, soʻngra “/” belgisidan keyin texnik tasnifi koʻrsatiladi.
Grafaning pastki chap burchagida alohida ajratilgan maydonchada deklaratsiyalanayotgan tovarni isteʼmol qiluvchi shaxsning STIRi, soʻngra “/” belgisidan keyin yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq koʻrsatiladi.
Agar mazkur tovarning isteʼmolchisi nomaʼlum yoki isteʼmolchilar bir nechta boʻlsa, ushbu tovarni qabul qilayotgan shaxsning STIRi va tuman (shahar) kodi koʻrsatiladi.”;
oʻn toʻqqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻttiz ikkinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. 11-ilovadan 48-pozitsiya chiqarib tashlansin.
5. 12-ilovada:
a) quyidagi mazmundagi 698 va 699 pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“ 698. Tovarlar investitsiya dasturi doirasida olib kirilayotganligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining raqami va sanasi** 858 RP 699. Tovarlar investitsiya dasturi doirasida olib kirilayotganligini tasdiqlovchi Hukumat yoki viloyat hokimlari qarorining raqami va sanasi*** 859 RPX ”;
b) izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning olinishi talab etilmasligi belgilangan holatlarda toʻldiriladi.
** Tovarlar mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandining 26-kichik bandi yigirmanchi — yigirma ikkinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotganda toʻldiriladi.
*** Tovarlar mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandining 26-kichik bandi yigirma uchinchi — yigirma beshinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotganda toʻldiriladi.”.
6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3 va 4-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 15 va 16-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
”.
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
”.
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 15-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari
TASNIFLAGIChI
T/r Tuman (shahar) nomi Hudud kodi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Amudaryo tumani 1735204 2. Beruniy tumani 1735207 3. Boʻzatov tumani 1735209 4. Qoraoʻzak tumani 1735211 5. Kegeyli tumani 1735212 6. Qoʻngʻirot tumani 1735215 7. Qanlikoʻl tumani 1735218 8. Moʻynoq tumani 1735222 9. Nukus tumani 1735225 10. Taxiatosh tumani 1735228 11. Taxtakoʻpir tumani 1735230 12. Toʻrtkoʻl tumani 1735233 13. Xoʻjayli tumani 1735236 14. Chimboy tumani 1735240 15. Shumanay tumani 1735243 16. Ellikqala tumani 1735250 17. Nukus shahri 1735401 Andijon viloyati 18. Oltinkoʻl tumani 1703202 19. Andijon tumani 1703203 20. Baliqchi tumani 1703206 21. Boʻz tumani 1703209 22. Buloqboshi tumani 1703210 23. Jalaquduq tumani 1703211 24. Izboskan tumani 1703214 25. Ulugʻnor tumani 1703217 26. Qoʻrgʻontepa tumani 1703220 27. Asaka tumani 1703224 28. Marhamat tumani 1703227 29. Shahrixon tumani 1703230 30. Paxtaobod tumani 1703232 31. Xoʻjaobod tumani 1703236 32. Andijon shahri 1703401 33. Xonobod shahri 1703408 Buxoro viloyati 34. Olot tumani 1706204 35. Buxoro tumani 1706207 36. Vobkent tumani 1706212 37. Gʻijduvon tumani 1706215 38. Kogon tumani 1706219 39. Qorakoʻl tumani 1706230 40. Qorovulbozor tumani 1706232 41. Peshku tumani 1706240 42. Romitan tumani 1706242 43. Jondor tumani 1706246 44. Shofirkon tumani 1706258 45. Buxoro shahri 1706401 46. Kogon shahri 1706403 Jizzax viloyati 47. Arnasoy tumani 1708201 48. Baxmal tumani 1708204 49. Gʻallaorol tumani 1708209 50. Sharof Rashidov tumani 1708212 51. Doʻstlik tumani 1708215 52. Zomin tumani 1708218 53. Zarbdor tumani 1708220 54. Mirzachoʻl tumani 1708223 55. Zafarobod tumani 1708225 56. Paxtakor tumani 1708228 57. Forish tumani 1708235 58. Yangiobod tumani 1708237 59. Jizzax shahri 1708401 Qashqadaryo viloyati 60. Gʻuzor tumani 1710207 61. Dehqonobod tumani 1710212 62. Qamashi tumani 1710220 63. Qarshi tumani 1710224 64. Koson tumani 1710229 65. Kitob tumani 1710232 66. Mirishkor tumani 1710233 67. Muborak tumani 1710234 68. Nishon tumani 1710235 69. Kasbi tumani 1710237 70. Chiroqchi tumani 1710242 71. Shahrisabz tumani 1710245 72. Yakkabogʻ tumani 1710250 73. Qarshi shahri 1710401 74. Shahrisabz shahri 1710405 Navoiy viloyati 75. Konimex tumani 1712211 76. Qiziltepa tumani 1712216 77. Navbahor tumani 1712230 78. Karmana tumani 1712234 79. Nurota tumani 1712238 80. Tomdi tumani 1712244 81. Uchquduq tumani 1712248 82. Xatirchi tumani 1712251 83. Navoiy shahri 1712401 84. Zarafshon shahri 1712408 85. Gʻozgʻon shahri 1712412 Namangan viloyati 86. Mingbuloq tumani 1714204 87. Kosonsoy tumani 1714207 88. Namangan tumani 1714212 89. Norin tumani 1714216 90. Pop tumani 1714219 91. Toʻraqoʻrgʻon tumani 1714224 92. Uychi tumani 1714229 93. Uchqoʻrgʻon tumani 1714234 94. Chortoq tumani 1714236 95. Chust tumani 1714237 96. Yangiqoʻrgʻon tumani 1714242 97. Namangan shahri 1714401 Samarqand viloyati 98. Oqdaryo tumani 1718203 99. Bulungʻur tumani 1718206 100. Jomboy tumani 1718209 101. Ishtixon tumani 1718212 102. Kattaqoʻrgʻon tumani 1718215 103. Qoʻshrabod tumani 1718216 104. Narpay tumani 1718218 105. Payariq tumani 1718224 106. Pastdargʻom tumani 1718227 107. Paxtachi tumani 1718230 108. Samarqand tumani 1718233 109. Nurobod tumani 1718235 110. Urgut tumani 1718236 111. Tayloq tumani 1718238 112. Samarqand shahri 1718401 113. Kattaqoʻrgʻon shahri 1718406 Surxondaryo viloyati 114. Oltinsoy tumani 1722201 115. Angor tumani 1722202 116. Boysun tumani 1722204 117. Muzrabot tumani 1722207 118. Denov tumani 1722210 119. Jarqoʻrgʻon tumani 1722212 120. Qumqoʻrgʻon tumani 1722214 121. Qiziriq tumani 1722215 122. Sariosiyo tumani 1722217 123. Termiz tumani 1722220 124. Uzun tumani 1722221 125. Sherobod tumani 1722223 126. Shoʻrchi tumani 1722226 127. Termiz shahri 1722401 Sirdaryo viloyati 128. Oqoltin tumani 1724206 129. Boyovut tumani 1724212 130. Sayxunobod tumani 1724216 131. Guliston tumani 1724220 132. Sardoba tumani 1724226 133. Mirzaobod tumani 1724228 134. Sirdaryo tumani 1724231 135. Xovos tumani 1724235 136. Guliston shahri 1724401 137. Shirin shahri 1724410 138. Yangiyer shahri 1724413 Toshkent shahar 139. Uchtepa tumani 1726262 140. Bektemir tumani 1726264 141. Yunusobod tumani 1726266 142. Mirzo Ulugʻbek tumani 1726269 143. Mirobod tumani 1726273 144. Shayxontohur tumani 1726277 145. Olmazor tumani 1726280 146. Sirgʻali tumani 1726283 147. Yakkasaroy tumani 1726287 148. Yashnobod tumani 1726290 149. Chilonzor tumani 1726294 Toshkent viloyati 150. Oqqoʻrgʻon tumani 1727206 151. Oxangaron tumani 1727212 152. Bekobod tumani 1727220 153. Boʻstonliq tumani 1727224 154. Boʻka tumani 1727228 155. Quyichirchiq tumani 1727233 156. Zangiota tumani 1727237 157. Yuqorichirchiq tumani 1727239 158. Qibray tumani 1727248 159. Parkent tumani 1727249 160. Pskent tumani 1727250 161. Oʻrtachirchiq tumani 1727253 162. Chinoz tumani 1727256 163. Yangiyoʻl tumani 1727259 164. Toshkent tumani 1727265 165. Nurafshon shahri 1727401 166. Olmaliq shahri 1727404 167. Angren shahri 1727407 168. Bekobod shahri 1727413 169. Ohangaron shahri 1727415 170. Chirchiq shahri 1727419 171. Yangiyoʻl shahri 1727424 Fargʻona viloyati 172. Oltiariq tumani 1730203 173. Qoʻshtepa tumani 1730206 174. Bogʻdod tumani 1730209 175. Buvayda tumani 1730212 176. Beshariq tumani 1730215 177. Quva tumani 1730218 178. Uchkoʻprik tumani 1730221 179. Rishton tumani 1730224 180. Soʻx tumani 1730226 181. Toshloq tumani 1730227 182. Oʻzbekiston tumani 1730230 183. Fargʻona tumani 1730233 184. Dangʻara tumani 1730236 185. Furqat tumani 1730238 186. Yozyovon tumani 1730242 187. Fargʻona shahri 1730401 188. Qoʻqon shahri 1730405 189. Quvasoy shahri 1730408 190. Margʻilon shahri 1730412 Xorazm viloyati 191. Bogʻot tumani 1733204 192. Gurlan tumani 1733208 193. Qoʻshkoʻpir tumani 1733212 194. Urganch tumani 1733217 195. Xazorasp tumani 1733220 196. Xonqa tumani 1733223 197. Xiva tumani 1733226 198. Shovot tumani 1733230 199. Yangiariq tumani 1733233 200. Yangibozor tumani 1733236 201. Urganch shahri 1733401 202. Xiva shahri 1733406 ”.
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 16-ILOVA
Asosiy sohalar
TASNIFLAGIChI
T/r Nomi Kodi 1. Farmatsevtika sohasi 001 2. Energetika sohasi 002 3. Kon-metallurgiya sohasi 003 4. Transport (temir yoʻl, avto, daryo, avia) xizmati koʻrsatish sohasi 004 5. Avtomobil sanoati sohasi 005 6. Baliqchilik so�asi 006 7. Ipakchilik sohasi 007 8. Kino, teatr va radio sohasi 008 9. Neftgaz sohasi 009 10. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasi 010 11. Don va unni qayta ishlash sohasi 011 12. Kimyo sanoati sohasi 012 13. Qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasi 013 14. Charm sanoati sohasi 014 15. Elektrotexnikani rivojlantirish sohasi 015 16. Nashriyot-matbaa sohasi 016 17. Qishloq, agrotexnika va suv xoʻjaligini rivojlantirish sohasi 017 18. Meva-sabzavotni qayta ishlash sohasi 018 19. Arxitektura va hunarmandchilik sohasi 019 20. Asalarichilik sohasi 020 21. Zargarlik sohasi 021 22. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasi 022 23. Sportni rivojlantirish sohasi 023 24. Sogʻliqni saqlash sohasi 024 25. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati sohasi 025 ”.
