2020-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida (1103-Q-son)
28.09.2019
Andijon viloyati Buloqboshi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y, 5, 6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-sonli Qaroriga asosan tumanda 2020-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, 2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2-ilovaga muvofiq hodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan 5239 nafarini tashkil etadigan 7,5 foizgacha miqdorida 394 ta ish oʻrni, shu jumladan;
Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 1,3 foiz (69 ta ish oʻrni);
Umumiy oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 1,7% foiz (87 ta ish oʻrni);
Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 0,2 foiz (10 ta ish oʻrni);
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 3,6 foiz (188 ta ish oʻrni) (yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda 3-guruh nogironlari ishga joylashish boʻyicha talab 12 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 176 ta ish oʻrni bitiruvchilar uchun band etib qoʻyilsin);
Pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 0,4 foiz (22 nafar);
Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun 0,3 foiz (17 ta ish oʻrni);
“Odam savdosi”dan jabrlanganlar uchun 1 ta ish oʻrni band etib qoʻyilsin.
2. Mazkur toifadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari hodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
Nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va hodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
Odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari xarakterli talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrinlari deb hisoblanadi.
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar: muhandis, iqtisodchi, hisobchi, huquqshunos, shifokor, hamshira, kichik tibbiy hodim, ish yurituvchi, tarbiyachi, yordamchi tarbiyachi, oʻqituvchi, haydovchi, farrosh, ishchi, qorovul va boshqa kasb talab etilmaydigan ish joylari.
4. Mazkur qarorning 2-ilovaga kiritilgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Tashkilot yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxiraga qoʻyilishi va tayyorligini taʼminlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazini xabardor qilishi shart.
Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanadi, bu haqda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilinadi.
Tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaraladi.
5. Tuman hokimining mazkur qarori bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (AV roʻyxat raqami № 3163-son, 31.05.2019-y) buyrugʻiga asosan ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida subsidiyalar ajratilishi inobatga olinsin..
7. Tuman Axoli bandligiga koʻmaklashish markazi (E. Mirzaxonov) besh kun muddatda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin.
8. Ushbu qaror 2020yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin.
9. Mazkur qaror matni “Buloqboshi” (A. Gʻoziyev) gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning veb-saytigajoylashtirilsin.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 25 oktyabdagi 2962-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qapop bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Buvamatov va tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori E. Mirzaxonovlar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Oʻ. MAMUROV
Buloqboshi t.,
2019-yil 28-sentabr,
1103-Q-son
Tuman hokimining 2019-yil 28-sentabrdagi 1103-Q-son qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya
TARKIBI
B. Buvamatov — Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi S. Azimova — Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi Ishsizlarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash shoʻbasi mutaxassisi, Ishchi komissiya kotibi AʼZOLARI G. Xudoyberdiyeva — Tuman hokimining oʻrinbosari, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi I. Tumanov — Tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari N. Moydinov — Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining Davlat mehnat huquq inspektori
Tuman hokimining 2019-yil 28-sentabrdagi 1103-Q-son qaroriga 2-ILOVA
Buloqboshi tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan korxona va tashkilotlarda 2020-yil uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Shtat jadvali boʻyicha xodim larining umumiy soni Kelgusi yilga zaxiraga qoʻyish taklif etilayotgan ish oʻrinlari soni Shu jumladan: 14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun Umumiy oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun Odam savdosi qurbonlari uchun JAMI 5239 394 69 87 10 188 22 17 1 1. 1-maktab 93 7,0 1,0 1,0 3,0 1,0 1,0 2. 2-maktab 104 8,0 1,0 1,0 4,0 1,0 1,0 3. 3-maktab 98 7,0 1,0 1,0 3,0 1,0 1,0 4. 4-maktab 115 8,0 1,0 1,0 4,0 1,0 1,0 5. 5-maktab 116 9,0 1,0 1,0 1,0 4,0 1,0 1,0 6. 6-maktab 86 6,0 1,0 3,0 1,0 1,0 7. 7-maktab 42 3,0 1,0 2,0 8. 8-maktab 58 5,0 2,0 1,0 2,0 9. 9-maktab 49 4,0 1,0 1,0 2,0 10. 10-maktab 78 6,0 1,0 1,0 3,0 1,0 11. 11-maktab 46 4,0 1,0 1,0 2,0 12. 12-maktab 70 5,0 1,0 3,0 1,0 13. 13-maktab 74 6,0 1,0 1,0 3,0 1,0 14. 14-maktab 37 3,0 1,0 2,0 15. 15-maktab 59 5,0 2,0 1,0 2,0 16. 16-maktab 58 5,0 2,0 1,0 2,0 17. 17-maktab 70 5,0 1,0 3,0 1,0 18. 18-maktab 59 5,0 2,0 1,0 2,0 19. 20-maktab 73 6,0 1,0 1,0 3,0 1,0 20. 21-maktab 70 5,0 1,0 3,0 1,0 21. 22-maktab 59 5,0 2,0 1,0 2,0 22. 23-maktab 86 6,0 1,0 3,0 1,0 1,0 23. 24-maktab 67 5,0 2,0 1,0 2,0 24. 25-maktab 59 5,0 2,0 1,0 2,0 25. 26-maktab 67 5,0 2,0 1,0 2,0 26. 27-maktab 92 7,0 1,0 1,0 3,0 1,0 1,0 27. 28-maktab 68 5,0 1,0 1,0 3,0 28. 29-maktab 50 4,0 1,0 1,0 2,0 29. 30-maktab 44 4,0 1,0 1,0 2,0 30. 31-maktab 46 4,0 1,0 1,0 2,0 31. 1-MTM 35 3,0 1,0 2,0 32. 2-MTM 65 5,0 1,0 2,0 2,0 33. 3-MTM 39 3,0 1,0 2,0 34. 4-MTM 40 3,0 1,0 2,0 35. 5-MTM 34 3,0 1,0 2,0 36. 6-MTM 32 3,0 1,0 1,0 1,0 37. 7-MTM 28 2,0 1,0 1,0 38. 8-MTM 28 2,0 1,0 1,0 39. 9-MTM 38 3,0 1,0 2,0 40. 11-MTM 27 2,0 1,0 1,0 41. 12-MTM 22 2,0 1,0 1,0 42. 13-MTM 35 3,0 1,0 2,0 43. 14-MTM 37 3,0 1,0 2,0 44. 15-MTM 26 2,0 1,0 1,0 45. 16-MTM 42 3,0 1,0 2,0 46. 17-MTM 25 2,0 1,0 1,0 47. 18-MTM 57 4,0 1,0 1,0 2,0 48. 19-MTM 27 2,0 1,0 1,0 49. 21-MTM 24 2,0 1,0 1,0 50. 23-MTM 38 3,0 1,0 2,0 51. 24-MTM 26 2,0 1,0 1,0 52. 25-MTM 28 2,0 1,0 1,0 53. Madaniyat va sport ishlari boʻlimi 55 4,0 1,0 1,0 2,0 54. Obodonlashtirish boshqarmasi 116 9,0 2,0 1,0 4,0 1,0 1,0 55. Yoʻllardan foydalanish korxonasi 44 4,0 1,0 1,0 2,0 56. Ko'xna buloq MCHJ 36 3,0 1,0 2,0 57. Shox style MCHJ 26 2,0 1,0 1,0 58. JM silk production MCHJ 60 5,0 2,0 1,0 2,0 59. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi 84 6,0 1,0 3,0 1,0 1,0 60. Barkamol avlod bolalar markazi 40 3,0 1,0 2,0 61. 11-sanatoriya maktab internati 169 12,0 1,0 3,0 1,0 5,0 2,0 62. 14-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab 27 2,0 1,0 1,0 63. 43-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab 52 4,0 1,0 1,0 2,0 64. 14-Bolalar musiqa va sanʼat maktabi 50 4,0 1,0 1,0 2,0 65. Tuman Tibbiyot birlashmasi 1634 115,0 27,0 23,0 4,0 49,0 7,0 5,0
