Tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2020-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (2848-Q-son)
03.10.2019
Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son, 333-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqida”gi (AV roʻyxat raqami № 3163-son 31.05.2019-yil) buyrugʻiga asosan “ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni kvotalangan sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida haq toʻlash” asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun, asosan tumanda 2020-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq, 2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi
2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan 8574 nafarini tashkil etadigan 9,2 foiz (791 kishi) dan ortmagan miqdorida, shu jumladan:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 1,9 foiz (163 kishi);
umumiy oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 3,2 foiz (274 kishi);
safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 0,3 foiz (28 kishi);
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 2,6 foiz (222 nafar nogironlar uchun band qilingan ish oʻrinlarining ortgan qismi kelgusida extiyoj yuqori toifalar bilan toʻldiriladi);
tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0,8 foiz (70 kishi);
Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun 0,3 foiz (22 kishi);
Odam savdosi qurbonlari uchun band kilingan ish oʻrinlari uchun 0,1 foiz (12 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zahirasini belgilaydi.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
umumiy oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
Pedagog, xovlibon, farrosh, ishchi, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil, Shifokor, xamshira, labarant, eletirik, xaydovchi, hisobchi, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, farrosh, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
4. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlash;
yil boshlangunga qadar oʻn kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin, ushbu toʻgʻrisida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga yil boshlangunga qadar axborot berilsin;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu toʻgʻrida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin oʻn kundan kechikmay axborot berish;
tashkilotlar har chorakda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etishi qayd etilsin.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandiga muvofiq jarima solinadi.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tuman markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga egadir.
7. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (M. Qodirova) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Mazkur tuman hokimining qarori 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin.
9. “Paxtakor” gazetasi (A. Daminov) qarorni gazetada rasmiy eʼlon qilsin va qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 18-sentabrdagi 835-Q sonli qarori 2020-yil 1-yanvar kunidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E. Karimov va tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori M. Qodirovalar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. ISMOILOV
Izboskan t.,
2019-yil 3-oktabr,
2848-Q-son
Izboskan tuman hokimining 2020-yil 3-oktabrdagi 2848-Q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Band qilib qoʻyilishi majburiy boʻlgan kasblar va lavozimlar
ROʻYXATi
T/r Korxona, tashkilot muassasa nomi Band qilib qoʻyilishi majburiy boʻlgan kasb va lavozimlar 1. Izbosakan tuman Maktabgacha taʼlim bulimi Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 2. 1-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 3. 2-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 4. 3-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 5. 4-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 6. 5-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 7. 6-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 8. 8-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 9. 9-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 10. 11-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 11. 12-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 12. 13-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 13. 14-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 14. 15-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 15. 16-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 16. 17-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 17. 18-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 18. 19-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 19. 21-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 20. 22-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 21. 24-MTT Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 22. 25-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 23. 26-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 24. 27-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 25. 28-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 26. 30-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 27. 31-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 28. 32-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 29. 34-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 30. 35-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 31. 36-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 32. 37-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 33. 38-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 34. 39-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 35. 40-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 36. 41-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 37. 42-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 38. 43-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 39. 45-MTM Pedagog, tarbiyachi, oshpaz, kirchi, xar-xil ishchi 40. 46-MTM Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 41. 47-MTM Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 42. 48-MTM Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 43. 50-MTM Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 44. XALK TALIMI BOʻLIMI Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 45. 1 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 46. 2 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 47. 3 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 48. 4 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 49. 5 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 50. 6 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 51. 7 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 52. 8 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 53. 9 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 54. 10 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 55. 11 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 56. 12 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 57. 13 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 58. 14 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 59. 15 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 60. 16 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 61. 17 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 62. 18 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 63. 19 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 64. 20 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 65. 21 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 66. 22 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 67. 23 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 68. 24 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 69. 25 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 70. 26 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 71. 27 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 72. 28 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 73. 29 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 74. 30 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 75. 31 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 76. 32 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 77. 33 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 78. 34 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 79. 35 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 80. 36 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 81. 37 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 82. 38 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 83. 39 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 84. 40 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 85. 41 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-�il ishchi 86. 42 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 87. 43 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 88. 44 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 89. 45 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 90. 46 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 91. 47 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 92. 48 MAKTAB Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 93. 15 DIMI Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 94. 8 DIMI Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 95. 39 DIMI Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 96. 6-musiqa va sanʼat maktabi Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 97. Andijon ixsoslashtirilgan sanʼat maktab-internati Pedagog, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 98. Izboskan tuman bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 99. Izboskan tuman “BARKAMOL AVLOD” bolalar markazi Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 100. Norin-Qoradaryo Maylisoy ITB Shifokor, xamshira.labarant, eletirik, xaydovchi, xar-xil ishchi 101. Chuvama muruvat uyi Shifokor, xamshira, labarant, eletirik, xaydovchi, xar-xil ishchi 102. Obodonlashtirish bulimi Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 103. Madaniyat bulimi Mutaxasis, xovlibon, farrosh, xar-xil ishchi 104. Tuman tibbiyot birlashmasi Shifokor, xamshira, labarant, xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 105. Tuman DSNEM Shifokor, labarant, xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 106. Viloyat bolalar sil kasalliklariga karshi shifoxonasi Shifokor, xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 107. Andijon tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi Pedagog, shifokor, eletirik, xaydovchi, xar-xil ishchi 108. Soxibi omad baraka MChJ Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi 109. Akademik Maxmud Mirzaev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tatqiqot inistituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasi Xisob-kitob ishlari mutaxassisi, ish yurituvchi, har-hil ishchi Jami
