Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2020-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (2200-Q-son)
18.09.2019
Andijon viloyati Boʻz tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1998-yil 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlar toʻplami, 2008-y. 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun xujjatlar maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-yil, 09/17/965/0393-son) asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mexnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2019-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha kommissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, 2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorida belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muxofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni 2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan 4976 nafarni tashkil etadigan 10 foizigacha miqdorida, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 1.6 foiz (81 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlardan Muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0.3 foiz (13 kishi);
Nogironlar uchun 3.2 foiz (157 nafar yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda 3-gurux nogironlari ishga joylashish boʻyicha talab 5 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 152 nafar bitiruvchilar uchun band qilib qoʻyilsin);
tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida xisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0.5 foiz (23 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0.2 foiz (9 kishi);
ijtimoiy muxofazaga muxtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlar uchun 0.3 foiz (13 kishi): miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilansin.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarini mexnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalar va mexnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
yolgʻiz ota yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mexnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarini uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun-ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun-mexnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi xolatini va mexnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mexnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun-ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosi qurbonlari uchun-ularni kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
4. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
muxandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, xuquqshunos, zootexnik, agranom, shifokor, xamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻtyoqar,obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
5. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorni 1-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
yil boshlangunga qadar oʻn kundan kechikmay muxtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zaxirga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu xaqda yil boshlangunga qadar tuman Axoli bandligiga koʻmaklashish markazini xabardor qilsin;
muhtojlar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zaxirga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu toʻgʻrisida tuman Axoli bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin oʻn kundan kechikmay xabardor qilsin;
tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etsin;
tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Axoli bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin;
6. Tuman hokimining muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
7. Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (S. Axmedov) mazkur qarorni besh kun muddatda qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar raxbarlariga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Markaz tomonidan yoʻllanma asosida zaxiralangan ish oʻrinlariga muhtojlarni ishga joylashtirish uchun belgilangan sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga 12 oy davomida har bir ishga qabul qilingan xodim uchun eng kam ish xaqqining ikki baravari miqdorida subsidiya toʻlanishi belgilansin.
8. Ushbu qaror 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin.
9. Mazkur qaror “Boʻz xayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning veb saytiga joylashtirilsin.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 7-noyabr kungi 1371-q sonli qarori 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari V. Soliyev zimmasiga yuklatilsin
Hokim I. MAMADALIYEV
Boʻz t.,
2019-yil 18-sentabr,
2200-Q-son
Tuman hokimining 2019-yil 18-sentabrdagi 2200-Q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha tuman komissiyasining
TARKIBI
Tuman hokimining 2019-yil 18-sentabrdagi 2200-Q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Boʻz tumanida 2019-yil davomida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan ish oʻrinlarining
TAQSIMOTI
T/r Topshiriq berilgan korxona, tashkilot va muassasa nomi Ularda ishlovchilar soni Band qilingan ish oʻrinlari soni * Shundan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar Nogironlar Pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning boshqa toifalari Shundan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar Odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlar Soni % Soni % Soni % Soni % Soni % Soni % Soni % Soni % 4976 404 8,1 81 1,6 108 2,2 13 0,3 157 3,2 23 0,5 9 0,2 13 0,3 0 9 0 0 1. 26 - DIMI 94 8 8,5 2 2,1 3 3,2 0 0,0 3 3,2 0 0,0 0 0,0 0 0,0 2. BOLALAR OʻSMIRLAR SPORT MAKTABI 80 7 8,8 1 1,3 3 3,8 0 0,0 3 3,8 0,0 0,0 0,0 3. BOʻZ TUMAN DAVLAT SANITARIYA EPIDIMIALOGIYA MARKAZI 48 4 8,3 1 2,1 1 2,1 0 0,0 2 4,2 0 0,0 0,0 0,0 4. BOʻZ TUMAN YOʻLLARDAN FOYDALANISh UNITAR KORXONASI 89 8 9,0 3 3,4 1 1,1 1 1,1 3 3,4 0 0,0 0,0 0,0 5. BOʻZ XALQ TAʼLIMI BOʻLIMI 1675 134 8,0 24 1,4 35 2,1 4 0,2 51 3,0 11 0,7 5 0,3 4 0,2 6. BOʻZ "XALQBANKI" 28 3 10,7 1 3,6 1 3,6 0,0 1 3,6 0,0 0,0 0,0 7. 15-BOLALAR MUSIKA MAKTABI 45 4 8,9 1 2,2 1 2,2 0 0,0 2 4,4 0,0 0,0 0,0 8. OBODONLAShTIRISh BOShQARMASI 280 21 7,5 4 1,4 5 1,8 0 0,0 9 3,2 2 0,7 1 0,4 0,0 9. BUZ TUMANI TIBBIYOT BIRLAShMASI 888 71 8,0 14 1,6 18 2,0 4 0,5 27 3,0 5 0,6 0 0,0 3 0,3 3 10. OOO "EVRO EKFIN" 176 14 8,0 2 1,1 3 1,7 1 0,6 6 3,4 1 0,6 1 0,6 0,0 11. BOʻZ TUMANI MADANIYAT BOʻLIMI 32 3 9,4 1 3,1 1 3,1 0,0 1 3,1 0,0 0,0 0,0 12. BOʻZ TUMAN VATANPARVAR OʻSTK 32 3 9,4 1 3,1 1 3,1 0,0 1 3,1 0,0 0,0 0,0 13. BOʻZ “AGRO” BANK 40 4 10,0 1 2,5 1 2,5 0,0 2 5,0 0 0,0 0,0 0,0 14. BOʻZ TUMAN MAKTABGAChA TAʼLIM BOʻLIMI 1031 83 8,1 16 1,6 24 2,3 2 0,2 31 3,0 4 0,4 2 0,2 4 0,4 4 15. BOʻZ METANGAZ MOTORS MChJ 52 5 9,6 1 1,9 2 3,8 0,0 2 3,8 0,0 0,0 0,0 16. BOʻZ TUMANI DSI 37 3 8,1 1 2,7 0 0,0 0,0 2 5,4 0,0 0,0 0,0 17. “SAYYORA FAVVORASI” XK 284 23 8,1 5 1,8 6 2,1 1 0,4 9 3,2 0 0,0 0,0 2 0,7 2 18. BOʻZ TUMAN IRIGATSIYA BOʻLIMI 65 6 9,2 2 3,1 2 3,1 0,0 2 3,1 0,0 0,0 0,0
