Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2020-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (7300-Q-son)
23.09.2019
Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kami sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan tumanda 2019-yil uchun ish oʻrnilarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shahslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, 2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyhati boʻyicha oʻrtacha sonidan 7943 nafarini tashkil etadigan10 foiz miqdorida (794 ta), shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 3,1 foiz (215 ta);
taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun 4,4 foiz (302 ta);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0,5 foiz (32 ta);
nogironlar uchun3 foiz (192 nafar yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda 3-guruh nogironlari ishga joylashish boʻyicha talab 15 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 177 ta ish oʻrinni bitiruvchilar uchun band etib koʻyilsin);
tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0,04 % (3 ta);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0,5 foiz (35 ta);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlar uchun 0,2 foiz (15 ta) miqdorida ish oʻrinlari zahirasini belgilaydi.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat shartlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun – maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
muhandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, ishchi, bogʻbon, qorovul.
4. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kami sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlash;
yil boshlangunga qadar oʻn kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin, ushbu toʻgʻrisida tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga yil boshlangunga qadar axborot berish;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu toʻgʻrida tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin oʻn kundan kechikmay axborot berish;
tashkilotlar har oyda tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etish vazifalari yuklatilsin;
band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotni tashkilot tomonidan taqdim etilmasligi va mazkur ish oʻrinlarini tayyor emasligi tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qaror talablari bajarmaganligi sifatidaqarashi lozimligi qayd etilsin.
5. Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (D. Fayziyev)ga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-may kungi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya vagrantlarajratishtartibitoʻgʻrisidanizomnitasdiqlashhaqida”gi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan kelib chiqib ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida xaq toʻlab berish uchun subsidiya ajratilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kami sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 21-bandiga muvofiq qaror talablarini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilanishi koʻrsatib oʻtilsin.
7. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimligi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga egadir.
8. Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (D. Fayziyev) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazilishini va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
9. Ushbu qaror 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror “Davr sadosi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 27-oktabrdagi 769-Q sonli qarori 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O. Rasulov va tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori D. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. BOZOROV
Paxtaobod sh.,
2019-yil 23-sentabr,
7300-Q-son
Paxtaobod tuman hokimining 2019-yil 23-sentabrdagi 7300-Q sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va band etilgan ish joylarini nazorat qilish boʻyicha tuman komissiyasining
TARKIBI
Paxtaobod tuman hokimining 2019-yil 23-sentabrdagi 7300-Q sonli qaroriga 2-ILOVA
T/r Ijtimoiy muxofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mexnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻirnlarni belgilash uchun taklif etilayotgan tashkilotlar roʻyxati Tashkilotning STIRi Shtat jadvali boʻyicha xodimlarning umumiy soni Kelgusi yilga zaxiraga qoʻyishga taklif etilayotgan ish oʻrinlar soni Shu jumladan: nogironlarga boshqa toifadagilarga Jami: 7,947 794 262 532 1. Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi 200294967 2,452 246 74 172 2. Paxtaobod tuman XTMFMT va TE boʻlimi 200294928 35 4 1 3 3. Paxtaobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 204432768 167 17 5 12 4. Paxtaobod tuman DSENM 200294999 111 11 3 8 5. Paxtaobod YFU korxonasi 200295300 41 4 1 3 6. Paxtaobod Madaniyat boʻlimi 200294943 56 6 2 4 7. Agrobank OATB Paxtaobod filiali 200295593 38 4 1 3 8. Paxtaobod tuman Xalq banki 200295585 54 5 2 3 9. Paxtaobod tibbiyot kolleji 206813877 228 23 7 16 10. Paxtaobod qishloq xoʻjalik kasb-xunar kolleji 200294982 145 15 5 10 11. Esiba grand tekistil MChJ 301165427 90 9 3 6 12. Paxtaobod Agroservizmash MChJ 305190125 67 7 2 5 13. MKT Vatanparvar oʻquv yurti 200294888 39 4 2 2 14. Agroximiya AJ 200237814 32 3 1 2 15. Vetenariya boʻlimi 201289464 21 2 1 1 16. Oʻzagrosugʻurta DASK 200295166 20 2 1 1 17. 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332419 70 7 2 5 18. 2-umumiy oʻrta taʼlim makta�i 203332441 70 7 2 5 19. 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332497 85 9 2 7 20. 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332465 90 9 3 6 21. 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997151 62 6 2 4 22. 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997168 62 6 2 4 23. 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997175 28 3 2 1 24. 8-umumiy urta taʼlim maktabi 203332513 67 7 2 5 25. 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997183 58 6 2 4 26. 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332458 76 8 3 5 27. 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997190 41 4 2 2 28. 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997208 49 5 2 3 29. 13- umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332402 64 6 2 4 30. 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997215 64 6 2 4 31. 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997223 88 9 3 6 32. 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997230 64 6 2 4 33. 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332480 89 9 3 6 34. 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997247 59 6 2 4 35. 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332520 60 6 2 4 36. 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332426 85 9 3 6 37. 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997254 35 4 2 2 38. 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997262 46 5 2 3 39. 23-umumiy urta taʼlim maktabi 203332552 49 5 2 3 40. 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997279 48 5 2 3 41. 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332434 80 8 3 5 42. 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997286 85 9 3 6 43. 27-umumiy urta taʼlim maktabi 204997294 61 6 2 4 44. 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332537 80 8 3 5 45. 29-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997302 32 3 1 2 46. 30-umumiy urta taʼlim maktabi 204997319 61 6 2 4 47. 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997326 65 7 2 5 48. 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997334 51 5 2 3 49. 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997341 61 6 2 4 50. 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332544 62 6 2 4 51. 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997358 60 6 2 4 52. 36-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997365 61 6 2 4 53. 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997373 32 3 1 2 54. 38-umumiy urta taʼlim maktabi 204997380 50 3 1 2 55. 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997397 61 6 1 5 56. 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997405 25 3 2 1 57. 41-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 203332505 60 6 2 4 58. 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997413 55 6 2 4 59. 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997420 100 10 3 7 60. 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 204997437 32 3 1 2 61. 45-umumiy urta taʼlim maktabi 207131594 36 4 1 3 62. 37- sonli DIMI 200295024 52 5 2 3 63. 21-son DIMI 201289124 86 9 3 6 64. 51-son DIMI 207214506 80 8 3 5 65. 32-litsey internati 202719964 71 7 2 5 66. Bolalar va oʻsmirlar sportmaktabi 203332394 195 20 7 13 67. 7-son bolalar musiqa maktabi 206979884 81 8 1 7 68. 25-son bolalar musika maktabi 206979891 90 9 3 6 69. 1-maktabgacha taʼlim muassasasi 305624793 20 2 1 1 70. 2-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029126 27 3 1 2 71. 3-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011062 40 4 2 2 72. 4-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011079 36 4 2 2 73. 5-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029134 23 2 1 1 74. 6-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029158 21 2 1 1 75. 7-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029141 41 4 1 3 76. 8-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029165 32 3 1 2 77. 9-maktabgacha taʼlim muassasasi 207073595 31 3 1 2 78. 10-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011086 35 4 1 3 79. 11-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029173 30 3 1 2 80. 12-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011094 35 4 1 3 81. 13-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011102 52 5 2 3 82. 14-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029180 34 3 1 2 83. 15-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029197 41 4 2 2 84. 16-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011119 20 2 1 1 85. 17-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029205 30 3 1 2 86. 18-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011126 45 5 2 3 87. 19-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029213 20 2 1 1 88. 20-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011134 40 4 1 3 89. 21-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011141 34 3 1 2 90. 22-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029220 25 3 1 2 91. 23-maktabgacha taʼlim muassasasi 305607164 20 2 1 1 92. 24-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029237 50 5 1 4 93. 25-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011158 50 5 2 3 94. 26-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011165 35 4 1 3 95. 27-maktabgacha taʼlim muassasasi 207011173 30 3 1 2 96. 28-maktabgacha taʼlim muassasasi 207029244 20 2 1 1 97. 29-maktabgacha taʼlim muassasasi 305625333 20 2 1 1 98. 30-maktabgacha taʼlim muassasasi 305626632 20 2 1 1 99. 31-maktabgacha taʼlim muassasasi 305621402 20 2 1 1
