Barter asosidagi eksport-import operatsiyalarini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (280-son)
13.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon bozorida yuqori likvidli eksport resurslaridan oqilona foydalanish va xorijiy valyutadagi tushumni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 15-avgustdan boshlab ilovaga muvofiq yuqori likvidli tovarlarni barter asosida eksport qilish operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, ilovada koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni eksport qilish Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra faqat hukumatlararo bitimlar doirasida kliring asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Mazkur qaror chiqqunga qadar tuzilgan va vakil qilingan bankda hamda Davlat bojxona qoʻmitasida hisobga qoʻyilgan barter kontraktlari ilgari belgilangan tartibga muvofiq nihoyasiga yetkazilishi toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-avgust,
280-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qaroriga ILOVA
Barter asosida eksport qilish taqiqlangan yuqori likvidli tovarlar
ROʻYXATI
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
