Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yigʻim undirishni joriy etish toʻgʻrisida (279-son)
13.08.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish va yuridik shaxs boʻlmagan holda savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
yirik bojxona postlarida soliq organlarining doimiy ishlovchi punktlarini tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib keluvchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni kompyuterda hisobga olish, saqlash, berish va qayta ishlash tizimini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-avgust,
279-son
