Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida shahardagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida (499-Q-son)
26.08.2019
Andijon viloyati Xonobod shahar hokimining
Qarori
Xonobod shahar Xalq taʼlimi boʻlimining 2019-yil 26-iyuldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida shahardagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 02/14-154-sonli murojaatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bob, 39-bandiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Xonobod shahar Xalq taʼlimi boʻlimining 2019-yil 26-iyuldagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida shahardagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 02/14-154-sonli murojaati maqullansin.
2. Shahar Halq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Xonobod sadosi” gazetasi muxarririyati (X. Moʻminova)ga, shahar hokimligining Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha masʼul xodim (A. Ergashev)ga mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimi oʻrinbosari D. Turdiyev hamda shahar Halq taʼlimi boʻlimi boshligʻi R. Muxitdinovalar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. MAMADALIYEV
Xonobod sh.,
2019-yil 26-avgust,
499-Q-son
Xonobod shahar hokimining 2019-yil 26-avgustdagi 499-Q-sonli qaroriga ILOVA
Shahar Halq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarni biriktirish
JADVALI
Maktab raqami Biriktirilgan MFY Biriktirilgan koʻchalarning nomi 1-maktab “Anxor” MFY 121, 122, 123, 124-uylar, Fitrat 1-uy, Doʻstlik 17-uy, Anxor-1, Anxor-2, Anxor-3, Anxor-4, Boʻston-1, Boʻston-2, Boʻston-3, Boʻston-4, Bexbudiy-1, Bexbudiy-2, Toktogul koʻchalari “Istiqlol” MFY 126, 126 A, 126 B, 127, 128, 129, 130, 130 A, 131-uylar, Xontoq, Farogʻat, U. Mirzo, Roxat, Ziyokor, Obod, X. Yuldashev koʻchalari “Xonobod” MFY S. Xoʻjayev, Sheroziy koʻchalari 2-maktab “Xonobod” MFY Xonobod, Vatanparvar, Karvon koʻchalari “Yuksalish” MFY Ruxsor, Mushtariy, Ishchilar, Yangi zamon, Ozodlik koʻchalari “Bunyodkor” MFY Buyuk zamin, Fuzuliy, Tong yuldizi, Tarraqiyot, Nurafshon koʻchalari “Navoiy” MFY Bek, Kelajak ovozi, Kelajak ovozi-1, Kelajak ovozi-2, Kelajak ovozi-3, Kelajak ovozi-4, Kelajak ovozi-5 koʻchalari 3-makta� “Kampirrovot” MFY Kamolot, Sanam, Naynavo, Obixayot, Layli, Mirob koʻchalari 4-maktab “Fitrat” MFY Obod, Xonobod koʻchalari “Mustaqillik” MFY Obod, Xonobod, Bogʻi-baland koʻchalari “Teyit” MFY Lolazor, Muallimlar, Muallimlar-2, Muallimlar-3, Qorabagʻish, Qorabagʻish-2, Qorabagʻish-3, Qorabagʻishyangi chek, Nurli kelajak, Oydin, Kirguli, Yaxshilik, Ziroat, Manas, Soy boʻyi yangi chek koʻchalari “Yangi xayot” MFY Tashabbus, Chamanzor-1, Chamanzor-2, Chamanzor-3, Chamanzor-4, Chamanzor-5, Oʻsh, Anxor boʻyi, Xulkar, Navroʻz, Doʻstlik koʻchalari 5-maktab “Fozilmon” MFY Guzar, Xunarmandlar, Adolat yangi chek, Baxor yangi chek, Koinot-1, Koinot-2, Koinot-3, Feruza koʻchalari “Mexmonobod” MFY Koinot, Feruza, Fozilmon, Chashma yangi chek, Yangi ariq yangi chek, Zafar koʻchalari “Naviy” MFY Nurdiyor-1, Nurdiyor-2, Nurdiyor-3 koʻchalari 6-maktab “Xidirsha” MFY Baxshi, Gulraʼno, Istiqlol, Navbaxor, Chorva koʻchalari
