“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi ustaviga oʻzgartirishlar va uning xodimlari intizomi toʻgʻrisidagi ustavga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (232-son)
21.06.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transportini boshqarish tizimi toʻgʻrisida” 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Ustaviga oʻzgartirish kiritib, 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aviakompaniya aviakompaniyaning amaldagi tuzilmasiga faqat aviakompaniya Kengashi qaroriga koʻra uni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlash bilan yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan yangi tarkibiy birliklarni tashkil etish, mavjud korxonalarni tugatish va qayta tashkil etish masalalari yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga egadir.
Aviakompaniya komplekslari; aeroportlari va korxonalari aviakompaniya direksiyasi bilan kelishgan holda tuzilmani mustaqil aniqlaydilar va shtatlarni belgilaydilar”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qaroriga ilovani qisman oʻzgartirib “Toshkent” aeroporti “Tarkibiy birliklar” guruhidan “Korxonalar” guruhiga oʻtkazilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-iyun,
232-son
