Texnik suv yetkazib berilganligi uchun xizmat haqini hisoblashda 0,1 koeffitsiyenti qoʻllaniladigan sanoat va energetika tashkilotlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (935-son)
21.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sanoat tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibini takomillashtirish, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi varor qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi 1008-son qarori bilan tasdiqlangan Texnik suv yetkazib berilganligi uchun xizmat haqini hisoblashda 0,1 koeffitsiyenti qoʻllaniladigan sanoat va energetika tashkilotlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 9-band qoʻshilsin:
“9. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi (oʻz ehtiyoji uchun)”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
935-son
