Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (922-son)
21.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Diniy-maʼrifiy sohada Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining rolini yanada kuchaytirish, shuningdek, diniy va dunyoviy bilimlar uygʻunligini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi A.T. Axmedov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-noyabr,
922-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 922-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining
TUZILMASI*
Ilmiy kengash Rektor Vasiylik kengashi Diniy-maʼrifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha birinchi prorektor Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Fan va ilmiy meros boʻyicha prorektor Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi Oʻquv-uslubiy boshqarma Ixtisoslashgan kengash Yoshlar na talabalar bilan ishlash boʻlimi Xalqaro aloqalar boʻlimi Buxgalteriya Yuriskonsult “Islom ensiklopediyasi” boʻlimi Magistratura boʻlimi Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi *** Xotin-qizlar boʻlimi Xorijiy talabalar bilan ishlash boʻlimi Reja-moliya boʻlimi Xodimlar boʻlimi Akademik litsey va ixtisoslashgan maktab bilan ishlash boʻlimi Talabalar turar joyi “Islom tafakkuri” jurnali ** Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash boʻlimi Texnik-foydalanish va xoʻjalik boʻlimi Marketing boʻlimi Nashriyot-matbaa birlashmasi** Oʻqitishning texnik vositalari boʻlimi Ichki nazorat va monitoring boʻlimi Axborot-resurs markazi Manbalar xazinasi boʻlimi Malaka oshirish markazi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari filiallari) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Devonxona va arxiv Birinchi va ikkinchi boʻlim OAV va jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi “Ziyo” media markazi Islom tarixi va manbashunosligi fakulteti Islom ilmlari fakulteti Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Akademik litsey Kafedralar Kafedralar Kafedralar Kafedralar Ixtisoslashgan maktab
* Akademiya (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
** Akademiyaning budjetdan tashqari (toʻlov-kontraktlar hisobidan tashqari) mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari hisobidan taʼminlanadi”.
