Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish haqida (83-son)
26.01.2019
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda), 2017-yil 22-dekabrdagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1010-sonli qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Shaharda 2019-yil davomida transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Shahardagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning 1-ilovasida* koʻrsatilgan komissiya aʼzolarini transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish davrida komissiya tarkibida faoliyat olib borishlari uchun oylik ish haqlarini saqlagan holda vazifalaridan ozod qilib, shahar IIO FMB yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimiga kelishlari taʼminlansin.
3. Transport vositalarini majburiy tehnik koʻrikdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy tehnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandi “a”, “b”, “v”, “g” kichik bandlarida belgilab qoʻyilgan davriylikka hamda 6-bandida belgilangan quyidagi muddatlarda oʻtkazishlikka qatiy rioya qilinsin:
a) ishlab chiqarish korxonalari va kichik korxonalar tasarrufida boʻlgan transport vositalarini mazkur qarorning 2-ilovasida* koʻrsatilgan tartibda 2019-yilning 1-martidan 2019-yilning 30-iyuniga qadar;
b) jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarini mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab 2019-yilning 31-avgust kuniga qadar;
v) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan korxona va tashkilotlarning transport vositalarini mazkur qarorning 3-ilovasida* koʻrsatilgan tartibda birinchi marta: 2019-yilning 1-mart kunidan 2019-yilning 30-iyuniga qadar, ikkinchi marta: 4-ilovaga* muvofiq 2019-yilning 1-sentabrdan 2019-yilning 31-oktabr kuniga qadarli majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
4. Qoʻqon shahar Ichki ishlar boshqarmasi Yoʻl xarakati havfsizligi boʻlimi boshligʻi mayor A. Axmedov, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti agentligi Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar boʻlimi boshligʻi A. Tursunov zimmasiga:
shahardagi korxona va avtoxoʻjaliklardagi avtomototransportlarni texnik koʻrikdan sifatli va toʻliq oʻtkazilishini nizom talablari asosida olib borish;
texnik koʻrik uchun tushgan yigʻim summasini mahalliy budjetga oʻtkazilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
5. Shahar Mudofaa ishlar boʻlimi boshligʻi mayor O. Murodov shahar Mudofaa boʻlimi hisobida turuvchi avtomobillarni texnik koʻrikdan sifatli va toʻliq oʻtkazishga vakil etib tayinlansin.
6. Qoʻqon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik I. Sotvoldiyevga avtomototransportlarni yillik texnik koʻrikdan sifatli oʻtkazishda texnik koʻrik oʻtkazish uchun ajratilgan hodimlarga yetarlicha sharoit yaratib berish vazifasi topshirilsin.
7. “Qoʻqon sadosi” va “Znamya truda” roʻznomalari birlashgan tahririyati (M. Norboyeva), “Muloqot” telekanali (X. Shermatov) tomonidan avtomototransportlarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish vazifasi topshirilsin.
8. Mazkur qaror “Qoʻqon sadosi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda shahar hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Belgilansinki, ushbu karor ommaviy axborot vositalarida rasman eʼlon kilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari O. Mamajonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. USMONOV
Qoʻqon sh.,
2019-yil 26-yanvar,
83-son
