Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (917-son)
19.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatini tasdiqlash hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari gʻaznachilik ijrosi bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 46-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining (keyingi oʻrinlarda davlat maqsadli jamgʻarmalari deb ataladi) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq taqdim etiladigan hisobot shakllaridan kelib chiqqan holda, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hisobot shakllariga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirish kiritsin;
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari gʻaznachilik ijrosi bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlasin.
3. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari va xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-noyabr,
917-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining
ROʻYXATI
T/rDavlat maqsadli jamgʻarmalarining nomi1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi2.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi3.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi4.Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi5.Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi6.Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi8.Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi9.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi10.Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi101.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi11.Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi13.Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi14.Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi15.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi16.Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi17.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi18.19.“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiDavlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi20.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi
