Qurbon hayitni nishonlash toʻgʻrisida (64-son)
04.02.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitni dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida” 1991-yil 20-iyundagi 221-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 11-fevralga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini eʼtiborga olib, 2003-yil 11-fevral dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Qurbon hayiti bayrami joylarda munosib tarzda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-fevral,
64-son
