Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2367-sonli qarori haqida (190-son)
10.07.2015
Surxondaryo viloyati hokimining
qarori
Iqtisodiyot tarmoqlarini hamda viloyat tashkilotlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2367-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash xamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2 — 4-ilovalarga* muvofiq;
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni yetkazib berish topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq;
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
3. Termiz shahar va barcha tuman hokimliklari oʻzlarida hokimlar rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalarni tuzsin.
Termiz shahar va tuman hokimlari, boshqarmalar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
4. Viloyat Moliya boshqarmasi (Q. Mardanov), Gʻaznachilik boshqarmasi (Oʻ. Choriyev) 2015/2016-yillar kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlarida belgilangan ishlarni bajarilishini taʼminlash maqsadida hamda ajratilgan koʻmir yonilgʻisini harid qilishi uchun mablagʻlarni oʻz muddatida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
5. Termiz shahar va barcha tuman hokimlari 2015/2016-yillar kuz-qish davrida homiylik mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan ishlarni oʻrnatilgan tartibda mahalliy homiy tashkilotlarni jalb etgan holda bajarilishini taʼminlasin.
6. “Oʻzdavenergonazorat” DI Surxondaryo hududiy boʻlimi (U. Hamdamov), “Sanoatgeokontexnazorat” DI mintaqaviy boʻlimi (S. Suyunov), “Oʻzdavneftgazinspeksiya”si viloyat boʻlimi (O. Hamrayev) 2015/2016-yillar kuz-qish davrida kapital va joriy taʼmirlanishi belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsinlar hamda viloyat hokimligiga har oʻn kunda axborot kiritib borsinlar.
7. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (A. Ibragimov) mutasaddi boshqarma va tashkilotlar bilan birgalikda 2015/2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun ajratilgan koʻmir mahsulotini toʻliq harid qilinishi va joylarda sotuvini tashkil etish choralarini koʻrsin.
8. “Surxondaryo XETK” OAJ (X. Xakimov), “Surxondaryo gaz taʼminot” boshqarmasi (X. Muxammadiyev), viloyat “Suvoqova” IChB (Y. Mengliyev), “Issiqlik manbai” IChB (K. Mirsanginov) 2015/2016-yillar kuz-qish davrida elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suv va issiqlik taʼminoti tarmoqlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan zaruriy choralarni koʻrsinlar.
9. Viloyat komissiyasi (A. Ibragimov, Z. Davlatov):
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar-joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari, umum taʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari A. Ibragimov va viloyat hokimining oʻrinbosari Z. Davlatov zimmalariga yuklansin.
Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda viloyat hokimligining majlislarida tanqidiy koʻrib chiqilsin.
Viloyat hokimi T. MAMARAIMOV
Termiz sh.,
2015-yil 10-iyul,
190-son
