“46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi
Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-583-son) · Sana: 12.11.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi tuziladi.
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini taʼminlash boʻlinmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojoʻya xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni taʼminlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hayʼatining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va koʻrsatmalari soʻzsiz ijro etilishini taʼminlaydi”;
5) 50-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun qoʻshimcha taʼtil beriladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya toʻgʻrisida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-397-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 453-modda, 2017-yil, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda:
nomidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasining” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi deb yuritiladi)”;
ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
