“2458-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari
Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-583-son) · Sana: 12.11.2019 · Amalda
Ushbu Kodeksning 1973, 2411 — 24111-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”;
6) 259-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasining” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida”gi 165-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 255-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 6-modda bilan toʻldirilsin:
