Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (238-son)
12.02.2019
Fargʻona viloyati Beshariq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-3699-son qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son) va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi” gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda; 2015-y., 30-son, 402-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, (tumandagi Mudofaa ishlari boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Davlat xavfsizlik xizmatidagi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 1-ilovaga* muvofiq 2019-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun pul yigʻimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Fargʻona viloyat boshqarmasi Beshariq tuman boʻlimi texnika xolati va agrotexnik tadbirlarini nazorat qilish shoʻbasi katta inspetori M. Dexqonovga yuklatilsin.
5. Beshariq tuman hokimining 2018-yil 24-yanvardagi 110-sonli “Tumandagi qishloq xoʻjalik va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qaror “Beshariq tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining Qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ. Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. JOʻRAYEV
Beshariq sh.,
2019-yil 12-fevral,
238-son
