Tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida (4945-son)
26.08.2019
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani hokimining
Qarori
Bagʻdod tumani xalq taʼlimi boʻlimining 2019-yil 14-avgustdagi “Tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01/326-sonli murojaatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 5-bob, 39-bandi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Bagʻdod tumani xalq taʼlimi boʻlimining 2019-yil 14-avgustdagi “Tumandagi maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish maqsadida tumandagi har bir taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01/326-sonli murojaati qanoatlantirilsin.
2. Tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimi oʻrinbosari (B. Xoldarov)ga va tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri (T. Tojiyeva)ga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasasi rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. “Bagʻdod hayoti” gazetasi tahririyati (D. Polvonov)ga:
mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va hokimlik veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari B. Xoldarov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TURSUNOV
Bagʻdod sh.,
2019-yil 26-avgust,
4945-son
Tuman hokimining 2019-yil 26-avgustdagi 4945-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi har bir taʼlim muassasalariga hudud va mikrohududlarga biriktirish
JADVALI
T/r Muassasalar Hududi 1. 1-maktab Oʻzbekiston MFY (Temir yoʻlchi, Olmos, Olmazor, Ijodkor, Qoʻshchinor, Maʼrifat, Guliston, Baxt, Orzu, Yoshlik, Boʻston daxasi), Doʻstlik MFY (Oybek, Magʻzuna, Navroʻz, Xamid Olimjon, Doʻstlik daxasi, Koʻkalamzor, Boburshox, Xuvaydo, Farogʻon) 2. 2-maktab Shoʻroqer MFY, Shoʻroqer qishlogʻi (Obod koʻcha, Birdamlik, Mustaqillik, Amur Temur), Yuqori Mirzaobod MFY (Yuqori Mirzaobod, Navroʻz, Ot mozor) 3. 3-maktab Konizar MFY, Konizar qishlogʻi (Oybek-1, Oybek-2, Tol koʻcha, Xamid Olimjon, Alisher Navoiy ) 4. 4-maktab Mirzaobod MFY, Mirzaobod qishlogʻi (1-Oʻrta Mahalla, 2-Oʻrta Mahalla, Oq yer, Obod, Qoʻrgʻoncha), Yuqori Mirzaobod MFY (Oʻrta koʻcha) 5. 5-maktab Sayidobod MFY Samarqand qishlogʻi (Davr, Ziyo maskani, Saidobod, Nuroniy, Samarqand, Yakka tut, Axillik, Novqiron, Yangi asr, Yangi ariq), Samarqand MFY (Al-Fargʻoniy, Charogʻon, Birdamlik, Barxayot, Begvachcha, Shukrona, Oltin vodiy, Farovon, Ibrat, Istikbol) 6. 6-maktab Bagʻdod MFY, Bagʻdod qishlogʻi (Konizar-1, Konizar-2, Qashqari-1, Qashqari-2), Mexnatobod MFY, Mexnatobod qishlogʻi (Jalayer, Tinchlik, Nurli yul, Tursinoy Sodikova, Baxtnur) 7. 7-maktab Saxovat MFY, Navbaxor qishlogʻi (Navbaxor), Sayidobod MFY, Mexnatobod qishlogʻi (Mexnatobod) 8. 8-maktab Chekmirzaobod MFY, Chekmirzaobod qishlogʻi (Barxayot, Sharq yulduzi, Zamin, Ot sotar, Gulchilar) 9. 9-maktab Amirobod MFY, Amirobod qishlogʻi (Oq oltin, Tinchlik, Obod, Ozodlik, Qoʻrgʻoncha, Qoʻshtepa, Qoratosh) 10. 10-maktab Qirqvoldi MFY, Qirqvoldi qishlogʻi (Obod maxalla, Muruvvat, Namuna, Toʻlkin, Ibrat, Saxovat, Qirqvoldi, Xunarmand, Gulzor, Mustakqillik), Namuna MFY, Shurqishloq qishlogʻi (Obod, Tinchlik, Shodlik, Ustozlar) 11. 11-maktab Xoʻjaqishloq MFY, Xoʻjaqishloq qishlogʻi (Gulzor-1, Gulzor-2, Shodlik, Yangi xayot, Bogʻi boʻston, Istiqlol, Oydin buloq, Mustaqillik, Koʻrgʻoncha, Yuqori koʻcha, Yoshlik) 12. 12-maktab Qaroqchitol MFY (Istiqlol, Mustaqillik, Shifokor, Yangi xayot, 08-Sutik, Yangi obod) 13. 13-maktab Qorovultepa MFY (Istiqlol, Mustaqillik, Shodlik, Shifokor, Boʻston, Bunyodkor, Bogʻi boʻston, Navbahor, Qoʻrgʻoncha, Besh kapa) 14. 14-maktab Bordon MFY, Bordon qishlogʻi (Oʻzbekiston, Eshonguzar, Istiqlol-1, Mustaqillik, Uztozlar) 15. 15-maktab Matqulobod MFY, Matqulobod qishlogʻi (Mustaqillik, Tinchlik, Doʻstlik, Navroʻz, Istiqlol-1, Istiqlol-2, Shodlik, Oʻzbekiston, Navbaxor, Birdamlik, Omadlilar, Obod, Gulobod) 16. 16-maktab Karimbobo MFY, Karimbobo qishlogʻi (Mustaqillik, Oʻzbekiston, Doʻstlik, Ustozlar, Turkiston, Shodlik, Yoshlar 17. 17-maktab Muqumiy MFY (Mustaqillik, Birdamlik, Shodlik, Islomobod, Tadbirkorlar, Alisher Navoiy, Kumushtola, Furqat, Islomobod Daxa, Oq oltin). Izoh: Maktabga rus sinflariga qabul hududsiz amalga oshiriladi. 18. 18-maktab Olchin MFY, Olchin qishlogʻi (Madaniyat, Ravnaq, Munavvar, Ulugʻ nemat, Obodlik, Navbaxor, Navroʻz, Archazor), Yangi qishloq qishlogʻi (Yangi qishloq, Ustozlar), Choʻl- Yunus MFY, Istiroxat qishlogʻi (Istiqbol, Gulzor, Orom, Namuna), Choʻl-Roʻziqul qishlogʻi (Orzu, Qosimobod, Adolat, Gulzor) 19. 19-maktab Qoʻshtegirmon 2 MFY (Boburshox, Istiqlol, Boʻston, Omadli, Yongʻoqzor, Bodomzor) 20. 20-maktab Ultarma MFY, Ultarma qishlogʻi (Guzar, Chek bozor, Qoʻrgʻoncha, Jarqishloq), Sartuz qishlogʻi (Amur-Temur, Shodlik, Madaniyat, Bobur) 21. 21-maktab Dasht MFY, Dasht-1 qishlogʻi (Navoiy, Mustaqillik, Istiqlol, Farovon, Ming chinor), Dasht-2 qishlogʻi (Yoshlik, Nurafshon, Soy boʻyi, Boʻston, Bogʻ koʻcha, Furqat) 22. 22-maktab Chuvalanchi MFY (Zilol, Ozodlik, Tinchlik, Tong otar), Xitoy-2 qishlogʻi (Ziyolilar-1, Ziyolilar-2, Ziyolilar-3, Ziyolilar-4, Yangi xayot, Oʻrtasaroy, Shifokorlar, Istiqlol) 23. 23-maktab Qoʻgʻoli MFY, Qoʻgʻoli qishlogʻi (Olmazor, Yoshlik, Doʻstlik, Soy boʻyi, Qoʻrgʻoncha). 24. 24-maktab Qashqari MFY, Qashqari qishlogʻi (Yongʻoqzor, Koʻklam, Saodat). 25. 25-maktab Choʻrindi MFY, Choʻrindi qishlogʻi (Saxovat, Maʼrifat, Navroʻz, Ipak yoʻl). 26. 26-maktab Istiqlol MFY, Qatogʻon qishlogʻi (Chinor, Navruz, Mustaqillik, Oq-suv, Muqimiy), Koʻchkak qishlogʻi (Zavod, Beklar, Muqumiy,), Doʻrmancha MFY, Doʻrmancha qishlogʻi (Berk koʻcha, Muqumiy, Bogʻcha koʻcha, Ziyokor, Doʻrmancha, Doʻstlik, Obi xayot, Buloq boshi, Boy mahalla, Qayrogʻoch, Raxmonobod), Bedarak qishlogʻi (Shirinbuloq-1, Shirinbuloq-2, Terakzor-1, Terakzor-2, Oʻrikzor, Olmazor, Guzar, Olchazor) 27. 27-maktab Samandarak MFY, Samandarak qishlogʻi (Jiydali, Maʼrifat, Ziyolilar, Shirinbuloq, Xunarmandlar, Yangixayot) 28. 28-maktab Tuvadoq MFY (Guzar-1, Guzar-2, Madaniyat, Maʼrifat, Bogʻ koʻcha-1, Bogʻ koʻcha-2, Bogʻ koʻcha-3, Istiqlol yoʻli, Zilol, Yangi obod 29. 29-maktab Qaxat MFY (Yangi hayot, Buloq boshi, Istiqlol, Obod, Xurriyat) 30. 30-maktab Irgʻoli MFY, Irgʻoli qishlogʻi (Shirinsuv, Olmazor, Ziyokor, Muqobod), Katta yoʻl qishlogʻi (Dorinbuloq-1, Dorinbuloq-2, Dorinbuloq-3, Dorinbuloq-4), Bolgʻali qishlogʻi (Yangi hayot, maktab, Soychi, Bolgʻali-koʻrgʻoncha) 31. 31-maktab Choʻl- Yunus MFY, Choʻl-mirzaxamdam qishlogʻi (Shirinbuloq, Eski bogʻ, Boburshox, Guzar), Choʻl-Yunus qishlogʻi (Maʼrifat, Shirinsuv, Guzar, Tinchlik-farovonlik, Kamolot, Yoshlar, Orzu). 32. 32-maktab Obod yurt MFY (A. Temur, Beruniy, Yangi xayot, Shifokor, Istiqlol, Navbahor, Mustaqillik) 33. 33-maktab Maylavoy MFY, Maylavoy qishlogʻi (Yuqori koʻcha, Bogʻ Koʻcha, Oʻrta koʻcha, Qoʻrgʻoncha, Navroʻz, Yoshlik) 34. 34-maktab Xitoy MFY, Xitoy-1 qishlogʻi (Oʻzbekiston, Uzum bogʻ, Giloszor, Murabbiylar, Tinchlik, Obod, Doʻstlik) 35. 35-maktab Ittifoq MFY (Yangi xayot, Yangi Fargʻona, Mustaqillik, Nurafshon, Navbaxor, Istiqlol, A. Temur, Soy boʻyi, Boʻston daxasi, Boʻston koʻchasi, Istiqbol) 36. 36-maktab Oydinbuloq MFY, Oydinbuloq qishlogʻi (Mustaqillik, Shodlik, Maʼrifat, Istiqlol, Yangi xayot-1, Yangi xayot-2, Yoshlarobod) 37. 37-maktab Choʻrindi MFY, Choʻrindi qishlogʻi (Adolat, Xidoyat, Nurafshon, Yoshlarobod, Saxovat), Saxovat MFY, Yangiqishloq qishlogʻi (Yangi Qishloq, Obi-xayot, Yangi avlod, Ipak yoʻli), Qushchinor MFY, Govxona qishlogʻi (Qushchinor) 38. 38-maktab Bogʻishamol MFY, Bogʻishamol qishlogʻi (Birodar, Boʻston, Qoʻrgʻoncha, Chinobot) 39. 39-maktab Cheksaroy MFY, Cheksaroy qishlogʻi (Tinchlik, Mustaqillik, Gulobod, Xushnobod-1, Xushnobod-2), Chektuvadoq qishlogʻi (Doʻstlik, Gulchiroy, Navboxor, Istiqlol-1, Istiqlol-2, Turkiston, Yangi xayot), Oydinbuloq MFY, Chek xitoy qishlogʻi (Xaziniy, Qoʻshtol, Qoʻsh qayrogoch, Uchariq, Chaman) 40. 40-maktab Qoʻshtegirmon 1 MFY (Uzun koʻcha, Chorboq, Ariq boʻyi, Yangi xayot, Madaniyat, Namunali, Aylanma), Nurafshon MFY, Oxakchi qishlogʻi (Oxakchi, Birdamlik, Fargʻona, Nurli kelajak, Archazor), Quyqa qishlogʻi (Quyqa, Obod, Ziyekor, Xuriyat, Limonchi, Shifokor, Qoʻrgoncha), Dexqon qishlogʻi, Qulbek qishlogʻi 41. 41-maktab Obod yurt MFY (Istiklol, Mustakillik, Navbahor, Tinchlik) 42. 42-maktab Qorakoʻl MFY, Qorakoʻl qishlogʻi (Birdamlik, Istiqlol, Anxor boʻyi, Anxor, Yangi xayot, Guliston), Begvachcha qishlogʻi (Roxat, Sarxat, Anxor, Mustaqillik, Qoʻrgʻoncha, Yangi xayot) 43. 43-maktab Muruvvat MFY, Otxona qishlogʻi (Muruvvat, Shodiyona, Istiqlol, Gulshan), Muruvvat MFY, Qoʻrgʻoncha qishlogʻi (Qoʻrgʻoncha), Kenagas qishlogʻi (Kenagas, Zilol, Afrosiyob) 44. 44-maktab Zafarobod MFY, Zafarobod qishlogʻi (Oʻzbekiston, Orzu, Shodlik, Zafarobod, Iqbol, Bobur, Beruniy, Sharshara, Navroʻz, A. Navoiy, U. Nosir, Yoshlik, Doʻstlik, Muqumiy, Baxor, Yangi obod, Istiqlol, Porloq) 45. 45-maktab Navroʻz MFY, Oq changal qishlogʻi (Shodlik, Yoshlik, Oq-changal, Obod, Tinchlik) 46. 46-maktab Yuksalish MFY, Paxta kishloq qishlogʻi (Mustaqillik, Istiqlol, Tinchlik, Shodlik, Nurafshon, Oʻzbekiston, Buyuk ipak yuli, Ozod sharq) 47. 47-maktab Doʻstlik MFY (Doʻstlik) 48. 48-maktab Irgʻoli MFY, Dasht Gʻalaba qishlogʻi (Ozodlik, Soy boʻyi, Amir Temur) 49. 49-maktab Qoʻshchinor MFY, Govxona qishlogʻi (Tadirkor, Nurafshon, Koʻklam, Navroʻz, Oʻrikzor, Mustaqillik) 50. 50-maktab Karokchitol MFY (Yangi obod) 51. 51-maktab Bekobod MFY, Bekobod qishlogʻi (Mustaqillik, Bogʻiston, Yangi xayot, Yuqori koʻcha, Istiqlol, Nurafshon, Gulzor) 52. 52-maktab Ultarma MFY, Ultarma qishlogʻi (Jarqishloq) 53. 53-maktab Mirishkor MFY, Xoʻjaqishloq qishlogʻi (Oʻrta koʻcha, Shodlik, Shifokor, Mirishkor), Yuldashobod qishlogʻi (Mustakillik, Yangi xayot, Oq oltin). 54. 54-maktab Bordon MFY, Bordon qishlogʻi (Xunarmand, Doʻstlik, Istiqlol-2, Oʻrikzor, Mustakillik, Ustozlar) 55. 55-maktab Paxta obod MFY, Choʻrindi qishlogʻi (Buyuk ipak yuli, Saxovat-1, Tashabbus) 56. 56-maktab Muruvvat MFY, Qosimobod qishlogʻi (Yuksalish), Guliston qishlogʻi (Guliston). 57. 1-IDUMI Hududsiz 58. 2-IDUM Hududsiz 59. 3-IDUMI Hududsiz
