70-modda. Markaziy bankning xodimlarini oʻz vazifalarini bajarishi chogʻida huquqiy jihatdan himoya qilish
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Markaziy bank, uning xodimlari, tashqi ekspertlar va vaqtinchalik boshqaruvchilar, shuningdek nazorat qilishga doir vazifalarni bajaradigan ushbu Qonunda belgilangan boshqa shaxslar, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilganidan yoki Markaziy bankda ishlashi tugaganidan keyin faqat oʻz vazifalarini bajarishi chogʻida insofsizlik bilan amalga oshirgan harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgar boʻladi.
Markaziy bank ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning manfaatlarini, mazkur shaxslar ushbu Qonunga muvofiq bajaradigan vazifalar munosabati bilan qoʻzgʻatilgan sud ishini va maʼmuriy ishni yuritishda, shu jumladan ularning vakolatlari tugatilgan yoki Markaziy bankda ishlashi tugagan hollarda, ifodalashga doir xarajatlarni toʻlaydi.
