49-modda. Xalqaro zaxiralar
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Xalqaro zaxiralar Markaziy bankning va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli aktivlaridan iboratdir.
Markaziy bank oʻzining balans hisobvaraqlarida xalqaro zaxiralarni shakllantiradi, bu zaxiralar:
monetar oltinni;
Xalqaro valyuta fondidagi mablagʻ jalb qilishga doir maxsus huquqlarni va zaxira pozitsiyasini;
chet el valyutasini;
chet el hukumatlari, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan chiqarilgan yoki kafolatlangan qimmatli qogʻozlarni;
xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro zaxiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlarni oʻz ichiga oladi.
Majburiyatlari xalqaro zaxiralarga kiritiladigan mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlarining roʻyxati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Xalqaro zaxiralar Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish, shuningdek xalqaro operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni taʼminlash uchun yetarli boʻlgan darajada saqlab turiladi.
