“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlari jumlasiga kiritilgan munosabatlarni tartibga solish vazifalari maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hudud ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorati ostidagi banklar va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududdagi vakolatli organ bilan birgalikda tartibga solinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4590452
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son). neolex.uz/uz/laws/law-4590456/1 (lex.uz/docs/-4590452)