“Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2020-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida” (1041-son)
09.10.2019
Toshkent shahar Bektemir tumani xokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son) asosan hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari xisobidan subsidiya va grantlar ajratish toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqlash xaqida”gi (AV ruyxat raqami № 3163-son, 31.05.2019-y) buyrugʻiga asosan subsidiya ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini xisobga olib ijtimoiy extiyojmand axoli katlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorida ishga kabul qilingan tashkilotlarga xar bir xodim uchun 12 oy davomida xar oyda eng kam oylik ish xaqining 2 baravari miqdorida xaq toʻlanishini inobatga olgan holda, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumanda 2020-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, 2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni 2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni 861 nafarni tashkil etadigan 10 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 0.08 foiz (7 nafar, yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda nogironlar ishga joylashish boʻyicha talab 7 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 493 ta ish oʻrinni umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun band etib qoʻyilsin);
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 5.71 foiz (493 ta);
oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 1 foiz (86 ta);
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 0,97 foiz (84 ta);
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 1,04 foiz (90 ta);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 1,10 foiz (95 ta);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosi qurbonlari uchun 0,08 foiz (7 ta) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
safarbarlik chaqiriq zahirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligʻi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari.
4. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
muhandislar, iqtisodchilar, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻtyoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
5. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
yil boshlanishidan oldin 10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun muhtojlar uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish oʻrinlari zahiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Aholi bandlikka koʻmaklashish markazini xabardor qilsin;
muhtojlar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zahiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu haqda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandlikka koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etsin;
tashkilot tomonidan muhtojlarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari tayyorligi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmasligi, teng darajada zahiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining amalda tayyor emasligi tuman Aholi bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan tuman hokimining qarori bajarilmasligi sifatida qaralishi lozimligi qayd etilsin.
6. Tuman hokimining muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
7. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (M. Akbarov) mazkur qarorni besh kun muddatda qarorning 1-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar rahbarlarining eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2019-yilga ish oʻrinlarini eng kam sonni belgilash toʻgʻrisidagi 2018-yil 17-noyabrdagi № 750 sonli qaror 31.12.2019-yildan bekor qilinsin.
9. Mazkur qaror “Toshkent oqshomi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
10. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oydan soʻng kuchga kiradi.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Nigmanov zimmasiga yuklatilsin.
Bektemir tuman hokimi Sh.B. MAMADJANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-oktabr,
1041-son
Bektemir tumani xokimining 2019-yil 9-oktabrdagi 1041-sonli qaroriga 1-ILOVA
Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2020-yil uchun band qilib qoʻyish kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha maxsus komissiya
TARKIBI
Maxsus komissiya raisi: Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — F. Nigmanov Maxsus kamissiya azolari: Tuman xotin-qizlar qoʻmitasining raisi-tuman hokimining oʻrinbosari — G. Ganiyeva Tuman IIOFMB boshligʻi — Z. Iminov Tuman bandlikka koʻmaklashish markazi direktori — M. Akbarov Tuman iqtisodiy va kompleks rivojlantirish boʻlim boshligʻi — J. Davlatov Tuman moliya boʻlimi boshligʻi — A. Valijonov Moliya vazirligi huzuridagi pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi — O. Sharipov “Mahalla”jamgʻarmasi tuman bolimi raisi — S. Raximov Tuman mudofaa boʻlimi boshligʻi — O. Karimov Tuman ijtimoiy moslashish markazi — G. Xadjayeva
Bektemir tumani xokimining 2019-yil 9-oktabrdagi 1041-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bektemir tumanida ijtimoiy muhofazaga muxtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2020-yilga ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisida
ROʻYXAT
T/r Korxona tashkilot va muassasalar nomi Shtat jadvaliga asosan Ishlov-chilar soni Yaratil-gan maxsus ish oʻrin-larning band qilingan soni (jami) Shu jumladan: Nogironlar uchun Taʼlim muassasasini tugatgan yoshlar uchun Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun Muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona xamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1. “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” sho'ba korxonasi 1400 140 104 10 15 6 4 1 2. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “COCA-COLA ICNIMLIGI UZBEKISTON, LTD” O'zbek-Amerika chet el sarmoyali ishlab chiqarish 950 95 75 6 10 2 2 3. “BINOKOR TEMIR-BETON SERVIS” masʻuliyati cheklangan jamiyati 740 74 48 5 12 4 5 4. “BEKTEMIR METALL KONSTRUKSIYALARI” masʻuliyati cheklangan jamiyati 340 34 16 3 8 3 4 5. “GLOBAL TEXTILE SOLUTIONS” masʻuliyati cheklangan jamiyati 300 30 1 11 6 2 8 3 1 6. “FAMILY GROUP” mas'uliyati cheklangan jamiyati 300 30 16 1 6 3 3 1 7. BEKTEMIR TUMAN TIBBIYOT BIRLASNMASI-MARKAZIY KO'P TARMOQLI POLIKLINIKASI 300 30 1 19 2 1 4 2 1 8. “SUVMASN” aksiyadorlik jamiyati 270 27 10 4 1 3 9 9. “INTERSOK” masʻuliyati cheklangan jamiyati 240 24 14 2 3 1 4 10. “BEKTEMIR TUMANI OBODONLASNTIRISN BOSNQARMASI” davlat unitar korxonasi 210 21 1 2 3 15 11. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “TPG LIDER GOLD” qo'shma korxonasi 190 19 1 8 2 2 2 3 1 12. “BINOKOR CARCASS” masʻuliyati cheklangan jamiyati 170 17 6 3 3 2 3 13. “FACTORY OF TECNNOLOGIES” aksiyadorlik jamiyati 150 15 8 2 1 2 2 14. “ISTAL” mas'uliyati cheklangan jamiyati 140 14 6 2 2 2 2 15. “BINOKORQURILISNTA'MINOT” xususiy korxonasi 130 13 6 1 2 4 16. “ARKTIKA BOTTLERS” masʻuliyati cheklangan jamiyati 130 13 1 7 1 2 1 1 17. “LUSSO FASNION TEXTILE” masʻuliyati cheklangan jamiyati 120 12 1 6 1 3 1 18. “ROSSPROTEX” masʻuliyati cheklangan jamiyati 110 11 7 1 1 2 19. “KOMMET PRO” xususiy korxonasi 100 10 5 1 1 2 1 20. “SIFATLI TOVUQ” xususiy korxonasi 170 17 10 3 1 3 21. SNANAR 6-SON KLINIK SNIFOXONASI davlat muassasasi 90 9 5 1 1 1 1 22. “TOSNKENT KO'PRIKLARDAN FOYDALANISN UNITAR KORXONASI” davlat unitar korxonasi 80 8 4 1 2 1 23. “STATURA” xususiy korxonasi 80 8 4 1 1 1 1 24. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “LL PLASTTECNNOLOGY” xorijiy korxonasi 80 8 5 1 1 1 25. “FERROBETON” mas'uliyati cheklangan jamiyati 80 8 1 2 1 1 3 26. “CUBER GLOBAL CONSTRUCTIONS” mas'uliyati cheklangan jamiyati 70 7 4 1 1 1 27. “SNARQ DARMON” mas'uliyati cheklangan jamiyati 70 7 1 3 1 1 1 28. Mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “DAEWOO PACK” chet el korxonasi 60 6 2 1 1 1 1 29. “COOL DRINK TRADING” mas`uliyati cheklangan jamiyati 60 6 2 1 1 1 1 30. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “FRUIT JUICE” qoʼshma korxonasi 60 6 2 1 1 1 1 31. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “SUPER NOUSE ROOF” qo'shma korxonasi 60 6 2 1 1 1 1 32. “KARDISE” mas'uliyati cheklangan jamiyati 60 6 2 1 1 1 1 33. “CNILON LUBRICANTS” mas'uliyati cheklangan jamiyati 50 5 1 1 1 1 1 34. “SMART NEATING SOLUTIONS” masʻuliyati cheklangan jamiyati 50 5 1 1 1 1 1 35. “STAMPA TEXTILE” mas`uliyati cheklangan jamiyati 50 5 1 2 1 1 36. O'ZMAXSUSSUVTA'MIRTA'MINOT aksiyadorlik komraniyasi 70 7 2 1 2 1 1 37. “QUYOSNCNA-NURI” mas'uliyati cheklangan jamiyati 70 7 2 1 1 1 1 1 38. “TOSNKENT PLAST POLIMER” masʻuliyati cheklangan jamiyati 50 5 1 1 1 1 1 39. “BETON KOMPLEKT SERVIS” xususiy korxonasi 50 5 1 1 1 1 1 40. “TECNNO CONTINENTAL” masʻuliyati cheklangan jamiyati 900 90 1 63 5 5 8 6 2 41. TEMIR BETON MANSULOTLARI SERVIS mas'uliyati cheklangan jamiyati 40 4 1 1 1 JAMI: 8640 864 7 493 84 90 86 95 7
