Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-noyabrdagi 935-F-son farmoyishi (935-F-son)
09.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) dasturida raisligi va ushbu Dasturning asosiy tadbirlari respublikada oʻtkazilishi munosabati bilan:
1. 2019-yil 13 — 15-noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan MOMIH Vazirlar konferensiyasi ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilinsin va 1-ilovaga muvofiq ularning mamlakatda boʻlish dasturi tasdiqlansin.
2. Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 3-ilovaga muvofiq zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratsin.
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiya va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzoqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-noyabr,
935-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-noyabrdagi 935-F-son farmoyishiga 1-ILOVA
Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) dasturi Vazirlar konferensiyasi ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish
DASTURI
(2019-yil 13 — 15-noyabr, Toshkent shahri)
MOMIHga aʼzo davlatlar delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining vakillari (Dasturga 1-ilova) individual jadvallar boʻyicha Toshkentga keladilar. I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining VIP zalida MOMIH Vazirlar konferensiyasining xorijiy ishtirokchilarini biriktirilishga muvofiq (Dasturga 2-ilova) respublika vazirliklari va idoralarining masʼul xodimlari kutib oladilar. Masʼul: Vafayev Sh. ― investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari MOMIH Vazirlar konferensiyasi xorijiy ishtirokchilarining kelishi va qaytib ketishi vaqtida viza, chegara va bojxona rasmiylashtiruvi I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining VIP zalida haq va yigʻimlar undirilmasdan va zal xizmatlari uchun haq toʻlanmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek, delegatsiyalarga xizmat koʻrsatadigan transportlarga aeroportning VIP avtoturargohiga kirishga ruxsat beriladi. Masʼul: Usmanbekov N. ― Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari Neʼmatov I. — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Asamov A. — Davlat turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Xakimov B. — “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi v.b. Ismailov R. — “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b. Delegatsiyalarga Toshkent shahrida xizmat koʻrsatish uchun quyidagi transport vositalari ajratiladi: “Malibu” rusumli sedan — 12 ta “Sprinter” rusumli mikroavtobus — 10 ta “MAN” rusumli avtobus — 3 ta Masʼul: Umarov O. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti sektori mudiri Maksudov Y. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi boshligʻi Artikxodjayev J. — Toshkent shahar hokimi Mahkamov I. — transport vazirining birinchi oʻrinbosari Avtotransport vositalarining harakat xavfsizligini, shuningdek, delegatsiyalar istiqomat qiladigan joylarda jamoat tartibini saqlashni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼminlaydi. Masʼul: Jurayev M. — ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Chet ellik ishtirokchilar “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida joylashadilar. Ovqatlanish yashash joyida tashkil etiladi. Masʼul: Artikxodjayev J. Konferensiya om�aviy axborot vositalarida yoritiladi. Masʼul: Koʻchimov A. — “UzA” bosh direktori Xadjayev A. — Milliy teleradiokompaniya raisi v.b. Biriktirilishga muvofiq respublika vazirliklari va idoralarining masʼul xodimlari konferensiya ishtirokchilariga doimiy ravishda hamrohlik qiladilar (Dasturga 2-ilova). Masʼul: Vafayev Sh. BIRINChI KUN 13-noyabr — chorshanba Kun davomida — xorijiy konferensiya ishtirokchilarining individual jadvallar boʻyicha kelishi. IKKINChI KUN 14-noyabr — payshanba 08:00-13:00 — “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining “Regency” zalida MOMIH Vazirlar konferensiyasining oʻtkazilishi (Dasturga 3-ilova) 12:30-14:00 — “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining “Samarqand” zalida tushlik Masʼul: Vafayev Sh. 14:00-16:45 — MOMIH Vazirlar konferensiyasi davomi 17:00-17:30 — Konferensiya yakuni boʻyicha OTB vitse-prezidenti Shiksin Chen va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov ishtiroklarida mehmonxonaning “Toshkent” zalida press-konferensiya Masʼul: Vafayev Sh. Koʻchimov A. Xadjayev A. 18:30-20:30 ― “International Notel Tashkent” mehmonxonasining “Cristall Ball Room” zalida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan konsert dasturi bilan qabul Masʼul: Vafayev Sh. Nazarbekov O. — madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari UChINChI KUN 15-noyabr — juma Kun davomida — xorijiy konferensiya ishtirokchilarining individual jadval�ar boʻyicha qaytib ketishi. Kuzatish kutib olishdagi tartibda amalga oshiriladi.
Izohlar.
1. Quyidagi barcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga haqiqiy xarajatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi:
“Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida MOMIH Vazirlar konferensiyasini oʻtkazish uchun zal va xonalarni ijaraga olish;
chet el delegatsiyalariga transport xizmatlari koʻrsatish (“Malibu” 12 ta, “Sprinter” mikroavtobusi 10 ta va “MAN” avtobusi 3 ta (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xoʻjalik departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimiyati tomonidan taʼminlanadi);
sinxron tarjima uchun ovoz kuchaytirgich uskuna va vositalari (“Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” DUK tomonidan taʼminlanadi);
LED ekranlarini ijaraga olish;
uchrashuv kotibiyati xonasi uchun tashkiliy texnika (kompyutyerlar, printyerlar, nusxa koʻchirish mashinalari) (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼminlanadi);
kofe-breyklar tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan 14-noyabr kuni tushlik va konsert dasturi bilan kechki qabul tashkil etish;
delegatsiya boshliqlari uchun esdalik sovgʻalari sotib olish.
2. Quyidagi xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobidan qoplanadi:
anjuman xonasini gullar bilan bezash;
konferensiya ishtirokchilarini suratga olish;
anjuman xonasi va delegatsiyalar stollarini MOMIHga aʼzo davlatlar davlat bayroqlari bilan jihozlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabul paytida oʻtkaziladigan konsert dasturini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga xaqiqiy xarajatlar boʻyicha ajratilgan mablagʻlar hisobiga qoplanadi.
4. MOMIH Vazirlar konferensiyasini oʻtkazish bilan bogʻliq qolgan barcha xarajatlar OTB mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Dasturga 1-ILOVA
MOMIH Vazirlar konferensiyasi qatnashchilarining
ROʻYXATI
(2019-yil 14-noyabr, Toshkent shahri)
I. MOMIHga aʼzo davlatlar delegatsiyalari 1.1. Afgʻoniston 1. Moxammad Xumayon Kayumi — moliya vaziri vazifasini bajaruvchi 2. Aman Galib — energetika kompaniyasi direktori 3. Xasina Safi — axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi 4. Moxd Yamma Shams — temir yoʻllari boshqarmasini bosh ijrochi direktori 1.2. Ozarbayjon 5. Saxib Mamadov — iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari 6. Inara Mustafayeva — Iqtisodiyot vazirligi departamenti boshligʻining oʻrinbosari 7. Asaf Rzayev — Energetika vazirligi departamenti direktorining oʻrinbosari 8. Nidjat Mikayilov — Transport va aloqa vazirligi Xalqaro hamkorlik departamentining katta maslahatchisi 1.3. Xitoy Xalq Respublikasi 9. Xongkay Syu — moliya vazirining oʻrinbosari 10. Chuangyang Xu — moliya vazirining oʻrinbosari kotibi 11. Vendkay Zang — Moliya vazirligi Xalqaro hamkorlik departamentining bosh direktori 12. Min Tian — Moliya vazirligi Xalqaro hamkorlik departamentining direktori oʻrinbosari 13. Zixong Ao — Moliya vazirligi Xalqaro hamkorlik departamentining xodimi 14. Jon Ruang — Moliya vazirligi xodimi 15. Fajen Zang — Moliya vazirligi Xalqaro hamkorlik departamentining direktori 16. Dji Ding — Milliy rivojlanish va islohotlar qoʻmitasi Mintaqaviy hamkorlik departamentining maslahatchisi 17. Keydjia Liu — Milliy rivojlanish va islohotlar qoʻmitasi Mintaqaviy hamkorlik departamentining xodimi 18. Xayning Zeng — Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha departamentining birinchi kotibi 19. Xayjun Xu — Madaniyat va turizm vazirligi Resurslarni rivojlantirish departamenti bosh direktorining oʻrinbosari 20. King Vey — Tijorat vazirligi Xalqaro savdo va iqtisodiyot departamenti direktorining oʻrinbosari 21. Kianfey Siang — Energetika boʻyicha milliy maʼmuriyati Xalqaro hamkorlik departamenti direktorining oʻrinbosari 22. Xaychuan Van — Sinszyan-Uygʻur avtonom xududi maʼmuriyati Moliya departamentining bosh direktori 23. Yupeng Vey — Sinszyan-Uygʻur avtonom xududi maʼmuriyati Moliya departamentining direktor oʻrinbosari 24. Cheng Jao — Sinszyan-Uygʻur avtonom xududi maʼmuriyati Moliya departamentining maʼmuriy ofis mudiri 25. Siankiang Chju — Sinszyan-Uygʻur avtonom xududi maʼmuriyati Moliya departamentining xodimi 26. Siaoking Day — Transport ilmiy tekshirish institutining muxandisi 1.4. Gruziya 27. Natela Ternava — iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri 28. Tarash Papaskua — Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi Savdo va xalqaro iqtisodiy aloqalar departamentining boshligʻi 29. Irakliy Nikoleishvili — Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi Jahon savdo tashkiloti va savdo siyosati masalalari boʻyicha boʻlimining bosh mutaxassisi 30. Mixail Peikrishvili — Soliq xizmati Xalqaro aloqalar departamentining maslahatchisi 1.5. Qozogʻiston 31. Ruslan Dalenov — milliy iqtisodiyot vaziri 32. Nurlan Shokbarbayev — Milliy iqtisodiyot vazirligi Investitsiya siyosati departamentining direktori 33. Kairden Nurkenov — Transport qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 34. Darxan Axmedov — Energetika vazirligi Elektr energiyasi boʻlimining boshligʻi 1.6. Qirgʻiziston Respublikasi 35. Sanjar Mukanbetov — iqtisodiyot vaziri 36. Maksat Damir Ulu — madaniyat, axborot va turizm vazirining oʻrinbosari 37. Bakit Berdaliyev — transport va yoʻllar vazirining oʻrinbosari 38. Marat Jeyenbekov — Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalanish davlat qoʻmitasi Elektr energetikasi departamentining direktori 1.7. Moʻgʻuliston 39. Sanjaa Narantsogt — Moliya vazirligining davlat sekretari 40. Kolya Demberel — moliya vazirining maslaxatchisi 41. Jidji Seriter — Avtomobil yullari vazirligi departamentning bosh direktori 42. Nuam Ochir Amartuvshin — Energetika vazirligi departamentining xodimi 1.8. P�kiston 43. Muxammad Azxar — iqtisodiy masalalar boʻyicha federal vazir 44. Minur Azam — Energetika vazirligining kotibi 45. Altaf Ashgar — Aloqalar vazirligi departamentining direktori 46. Said Mujtaba Xuseyn — Iqtisodiy masalalar vazirligining kotibi 47. Malik Bobur Javed — Turizmni rivojlantirish korporatsiyasining boshqaruvchi direktori 1.9. Tojikiston 48. Nematullo Xikmatullozoda — iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri 49. Numon Abdugafforzoda — turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi 50. Suxrob Mirzozoda — transport vazirining birinchi oʻrinbosari 51. Naim Raximzoda — Energetika va suv resurslari vazirligi Energiya siyosati boshqarmasining boshligʻi 1.10. Turkmaniston 52. Batir Bazarov — moliya va iqtisodiyot vaziri 53. Batir Xudayberdiyev — energetika vazirining oʻrinbosari 54. Gulshan Bakiyeva — Madaniyat vazirligining Turizm departamenti boshligʻining oʻrinbosari 55. Mekan Dadiyev — Temir yoʻllar agentligining Iqtisod va moliya departamentining boʻlim boshligʻi 1.11. Oʻzbekiston Respublikasi 56. Ganiyev E. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari 57. Umurzoqov S. — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri 58. Turgunov D. — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri 59. Vafayev Sh. — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari 60. Mirzamaxmudov J. — energetika vazirining birinchi oʻrinbosari 61. Dexkanov D. — transport vazirining oʻrinbosari 62. Asamov A. — Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari 63. Akkulov A. — turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. 64. Xashimov A. — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining departament boshligʻi 65. Burxonov S. — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining departament boshligʻining oʻrinbosari 66. Imamov O. — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining boʻlim boshligʻi 67. Mirzayev A. — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ departamenti boshligʻi II. MOMIHning xalqaro hamkorlari 2.1. Osiyo taraqqiyot banki 68. Takexiko Nakao — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti 69. Chen Shiksin — OTB vitse-prezidenti 70. Yoichiro Ikeda — OTB prezidentining katta �aslahatchisi 71. Chen Chen — OTB vitse-prezidentining katta maslahatchisi 72. Verner Liyepax — Markaziy va Gʻarbiy Osiyo departamenti bosh direktori 73. Amu Leung — Sharqiy Osiyo departamentining bosh direktori 74. Nianshan Zang — Markaziy va Gʻarbiy Osiyo departamentining bosh direktor oʻrinbosari 75. Safdar Parvez — Mintaqaviy hamkorlik va operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi direktori 76. Ashok Bxargava — Energetika departamenti direktori 77. Sindi Malvichini — OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari 78. Emma Fan — Sharqiy Osiyo departamenti direktori 79. Rozalind Makkenzi — mintaqaviy hamkorlik boʻyicha katta mutaxassis 80. Djon Larkin — aloqalar boʻyicha katta mutaxassis 81. Sarin Abado — energetika boʻyicha mutaxassis 82. Djoxanes Vogel — energetika boʻyicha mutaxassis 83. Oleg Samuxin — transport boʻyicha mutaxassis 2.2. Fransiya taraqqiyot agentligi 84. Sesil Kupri — Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) Yevrosiyo boʻyicha mintaqaviy direktori 85. Tom Pugnet — FTA Yevroosiyo mintaqaviy ofisi xodimi 86. Rafael Jozan — FTAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari 87. Dilshod Turaxodjayev — FTAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi katta eksperti 88. Kamilla Chevaliyer — loyihalar boʻyicha mutaxassis 89. Dikel Shveyser — loyihalar boʻyicha mutaxassis 2.3. Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki 90. Luki Eko Varyanto — vitse-prezident 91. Xueyi Lim — iqtisodchi 2.4. MOMIH instituti 92. Said Shakil Shax — direktor 93. Likiyan Ziang — direktor oʻrinbosari 94. Iskandar Abdullayev — direktor oʻrinbosari 95. Xalid Umar — strategik rejalashtirish boʻlim boshligʻi 96. Batsayxan Zagdragcha — rejalashtirish boʻlimining katta xodimi 2.6. Buyuk Britaniya xalqaro hamkorlik departamenti 97. Dunkan Overfild — Markaziy Osiyo departamentining boshligʻi 98. Endryu Korkoran — mintaqaviy guruh rahbari 2.7. Yevroosiyo stabillashtirish va rivojlanish jamgʻarmasi 99. Andrey Shirokov — boshkaruvchi direktor 100. Gennadiy Vasilyev — Sheriklar bilan aloka departamentining boshligʻi 101. Kubat Mirzayev — Aksiyadorlar bilan aloka departamentining boshligʻi 102. Erlan Aliyeskarov — loyixalar boʻyicha boshqaruvchi 2.8. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 103. Neyl Makeyn — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston boʻyicha departament direktori 104. Alkis Drakinos — ETTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining boshligʻi 2.9. Yevropa Ittifoqi 105. Eduards Stiprays — Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari 106. Xidadjet Bischevich — Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili 107. Ivan Borisavlevich — Yevropa Ittifoqi loyihasining menejeri 2.10. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi 108. Djuxa Kekkonen — Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktorining oʻrinbosari 109. Natalya Tamirisa — Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamentining maslahatchisi 110. Galina Kostina — XVJning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimi 2.11. Islom taraqqiyot banki 111. Baxodir Alixanov — Ijrochi direktor 112. Irfan Buxari — Osiyo mintakasi boʻyicha direktor 113. Xisham Maʼruf — Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxona rahbari 114. Xusan Xasanov — ITBning Oʻzbekistondagi vakili 2.12. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) 115. Koji Fujiya — Sharqiy va Markaziy Osiyo va Kavkaz departamenti bosh direktori 116. Yuko Furuichi — Rejalashtirishni boshqarish boshqarmasi direktorining oʻrinbosari 2.13. Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi 117. Yoshinori Fujiyama — Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi 118. Yutaka Okagaki — Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasining birinchi kotibi 119. Shuntaro Esino — Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasining ikkinchi kotibi 120. Masaxiro Oku — Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasining maxsus tadqiqotchisi 2.14. Shanxay hamkorlik tashkiloti 121. Ayzada Subakojoyeva — bosh kotib oʻrinbosari 2.15. BMT Taraqqiyot dasturi 122. Matilda Dimovska — BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili 2.16. BMTning Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi 123. Xiroxito Toda — Ijrochi kotibiyat ofisining personal rahbari 124. Nikolay Pomoshnikov — Shimoliy va Markaziy Osiyo boʻyicha subregional ofisning vakili 2.17. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi 125. Garri Robins — AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining Oʻzbekistondagi missiyasi direktori 126. Ketrin Krouford — mamlakatlar boʻyicha direktor 127. Monika Gorzelenanskaya — AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining Oʻzbekistondagi missiyasi xodimi 2.18. AQSh Davlat departamenti 128. Jonatan Xenik — davlat kotibi yordamchisining oʻrinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosi 129. Ellen Konnorton — katta ilmiy maslahatchi, Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosi 130. Jon Kiton — xalqaro aloqalar boʻyicha maslahatchi, Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosi 2.19. BMT Jahon sayyohlik tashkiloti 131. Peter Djanex — Yevropa departamentining dasturlar boʻyicha xodimi 2.20. Jahon banki 132. Xartvig Shafer — vitse-prezident 133. Lilya Burunchuk — Markaziy osiyo boʻyicha mintaqaviy direktor 134. Sasha Djumena — Markaziy Osiyo boʻyicha dasturlar koordinatori 135. Pol Valleli — Markaziy Osiyoda Aloqa va infratuzilma dasturi boshligʻi 136. Xideki Mori — Jaxon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari 137. Janet Minatelli — Janubiy Osiyo boʻyicha dasturlar koordinatori 2.21. Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi 138. Gay Borvin — Oʻrta Osiyoda suv masalalari boʻyicha maxsus vakil 2.22. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati 139. Yorg Pudelka — Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari 2.23. Osiyo-Tinch okeani moliya va rivojlanish instituti 140. Li Kouking — institut prezidenti 141. Lyu Siaokiang — direktori oʻrinbosari 2.24. Jahon bojxona tashkiloti 142. Kunio Mikuria — Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi 143. Dashgin Aliyev — Jahon bojxona tashkilotining texnik attashesi III. Taklif etilgan mutaxassislar 144. Mario Xardi — Osiyo va Tinch Okeani mamlakatlari turistik assotsiatsiyasi bosh direktori 145. Suye Badiyari — “Jaxon ekspeditsiyalari” kompaniyasining katta ijrochi xodimi 146. Xelena Igan — “Trip Advisor” kompaniyasining turistik sanoati bilan aloqalar boʻyicha direktori 147. Feruza Nazarova — “Advantur” kompaniyasi direktori 148. Aziz Bolani — “Serena Notels” tarmogʻining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori IV. Konferensiya kotibiyati 149. Goulyan Vu — MOMIH kotibiyati raxbari 150. Karmela Espina — iqtisodiyot boʻyicha katta xodim 151. Esnerjeyms Fernandes — dasturlar tahlilchisi 152. Karmen Perez — mintaqaviy hamkorlik boʻyicha mutaxassis 153. Farzana Noshab — iqtisodiyot boʻyicha katta mutaxassis 154. Likel Kalderon — dasturlar boʻyicha katta yordamchi 155. Muxammad Fayaz — dasturlar boʻyicha yordamchi V. OTB konsultantlari 156. Axmad Farid Amiri — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Afgʻoniston 157. Ashraf Kuliyev — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Ozarbayjon 158. Diyar Tassim — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Qozogʻiston 159. Meder Turgunbekov — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Qirgʻiziston 160. Amarjargal Delgersayxan — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Moʻgʻuliston 161. Navida Nazir — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Pokiston 162. Durdi Ilamanov — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Turkmaniston 163. Rustam Amindjanov — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Tojikiston 164. Nodir Safayev — MOMIH milliy koordinatori maslahatchisi, Oʻzbekiston 165. Djennifer Lapis — Mintaqaviy hamkorlik boʻyicha konsultant 166. Chaoyu Xu — MOMIHning mintaqaviy hamkorlik boʻyicha koordinatori, XXR 167. Ekaterina Koroshinadze — MOMIHning mintaqaviy hamkorlik boʻyicha koordinatori, Gruziya 168. Shuxrat Abdullayev — MOMIHning mintaqaviy hamkorlik boʻyicha koordinatori, Oʻzbekiston VI. Tarjimonlar 169. Svetlana Chirkova 170. Evgeniy Sinelщikov 171. Rustam Satayev 172. Jang Yuting 173. Jing Lan
Dasturga 2-ILOVA
MOMIH Vazirlar konferensiyasi delegatsiyalariga doimiy ravishda hamrohlik qiladigan vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlari
ROʻYXATI
(2019-yil 14-noyabr, Toshkent shahri)
T/r Delegatsiyalar Aeroportda kutib olish va kuzatish Delegatsiyalarga hamrohlik qilish 1. Afgʻoniston Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari U. Qosimxoʻjayev Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori Sanjar Tojiyev +998 90 407-44-84 / [email protected] 2. Ozarbayjon Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari B. Raximov Davlat bojxona qoʻmitasi boshqarmasi boshligʻi Rovshan Akramov +998 97 431-01-09 / [email protected] 3. XXR Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari S. Sayfnazarov Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarmasi boshligʻi Shuxrat Matkarimov 4. Gruziya Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari S. Berdiqulov V�terinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarmasi boshligʻi Gayrat Xurramov +998 97 262-05-21 / [email protected] 5. Qozogʻiston “Asaka” bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari B. Abdullayev “Asaka” bank departamenti boshligʻining oʻrinbosari Evgeniy Kim +998 78 120-82-56 / 90 329-79-70 6. Qirgʻiziston Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari F. Usmanov Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshligʻi Oleg Rijichenko +998 97 769-77-11 / [email protected] 7. Moʻgʻuliston Oʻzbekiston milliy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari A. Kurambayev Oʻzbekiston milliy banki boshqarmasi boshligʻi Manguberdi Abdukarimov +998 71 238-56-77 / [email protected] 8. Pokiston Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari B. Xalikov Qishloq xoʻjaligi vazirligining xalqaro boshqarmasi boshligʻi B. Nishonov +998 97 762-20-48 / [email protected] 9. Tojikiston Energetika vazirining oʻrinbosari Sh. Xodjayev Energetika vazirligi boshqarmasi �oshligʻi +998 71 232-05-16 / [email protected] 10. Turkmaniston Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari A. Mirzayev Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarmasi boshligʻi Otabek Sabirov +998 97 744-73-80 / [email protected]
Dasturga 3-ILOVA
MOMIH Vazirlar konferensiyasi
DASTURI
(2019-yil 14-noyabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston)
14-noyabr, payshanba 08:00-08:45 Ishtirokchilarni roʻyxatga olish 09:00-16:45 MOMIH Vazirlar konferensiyasi Oʻtkazilish joyi: “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining “Regency” zali Rais: Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Qoʻshimcha rais: OTB vitse-prezidenti Shiksin Chen 09:00-09:30 Ochish marosimi 09:00-09:05 Sardor Umurzoqov tomonidan kirish soʻzi 09:05-09:20 Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qutlov soʻzi 09:20-09:30 OTB prezidenti Takexiko Nakaoning qutlov soʻzi 09:30-10:00 Tanaffus 10:00-13:00 Davra suhbati Mavzu: Transport va energetika sohasida MOMIHning yangi strategiyalari va MOMIH 2030 dasturini amalga oshirish 10:00-10:15 OTB, XVF va Jahon banki global va mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar va ularning MOMIH mamlakatlari uchun taʼsiri haqida maʼlumot taqdim etadi. 10:15-10:30 MOMIH Kotibiyati beshta operatsion klaster boʻyicha MOMIH 2030 dasturini amalga oshirish jarayoni haqida oxirgi maʼlumotlarni taqdim etadi. 10:30-11:00 MOMIH Kotibiyati MOMIHning 2030-yilgacha boʻlgan transport strategiyasini va MOMIHning 2030-yilgacha boʻlgan energetika strategiyasini taqdim etadi va maʼqullashni soʻraydi. 11:00-13:00 MOMIH vazirlari MOMIH 2030ni amalga oshirish va MOMIHning 2030-yilgacha boʻlgan transport strategiyasini va MOMIHning 2030-yilgacha boʻlgan energetika strategiyasini maʼqullash toʻgʻrisida qisqa bayonotlar bilan chiqishadi (har bir mamlakat uchun 4 daqiqa). Konferensiyaning boshqa ishtirokchilari ham oʻz fikr va mulohazalarini bildirishlari mumkin. 13:00-14:30 Tushlik Oʻtkazilish joyi: “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining “Samarkand” zali 14:30-16:15 Yuqori darajadagi davlat va xususiy muloqot Mavzu: Davlat va xususiy tadbirkorlik sherikligi orqali MOMIH mintaqasida turizmning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish Turizm barqaror iqtisodiy oʻsish, ish oʻrinlarini yaratish va biznes imkoniyatlarini kengaytirishda kuchli vosita boʻlib xizmat qilishi mumkin. Turizmga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish va xususiy sektorning turizm sohasidagi ishtirokini kengaytirish bu jarayonda muhim ahamiyatga ega. Sessiya mintaqaviy tashabbuslar va harakatlarning asosiy imkoniyatlari va muammolari hamda ushbu jarayonni qoʻllab-quvvatlashda MOMIHning roli haqida davlat va xususiy turizm sohasidagi manfaatdor tomonlar oʻrtasida muloqotni rivojlantirishga qaratiladi. Moderator: Verner Liyepax Muxokama qatnashchilari: A. Akkulov, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. Aziz Bolani, “Serena Notels” tarmogʻining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Piter Foster, “Eyr Astana” prezidenti va ijrochi direktori Mario Xardi, Osiyo va Tinch Okeani mamlakatlari turistik uyushmasi bosh direktori Xelena Igan, “Trip Advisor” kompaniyasining turistik sanoati bilan aloqalar boʻyicha direktor Feruza Nazarova, “Advantur” kompaniyasi direktori MOMIH davlatlarining turizm sohasidagi hukumat organlarining vakillari Moderator yuqori darajadagi muloqot mavzusida qisqa nutq soʻzlaydi. Muxokama ishtirokchilari oʻz fikrlari va gʻoyalarini taqdim etadilar, shundan soʻng tinglovchilar bilan interfaol sessiya oʻtkazilib, ishtirokchilarga savollar beriladi. 16:15-16:30 Vazirlarning qoʻshma bayonotini koʻrib chiqish MOMIH vazirlari maʼqullash maqsadida qoʻshma bayonot loyihasini koʻrib chiqadilar 16:30-16:45 Yakunlash marosimi Sardor Umurzoqovning yakunlovchi soʻzi 18:30-20:30 “International Notel Tashkent” mehmonxonasining “Cristall Ball Room” zalida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan konsert dasturi bilan qabul
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-noyabrdagi 935-F-son farmoyishiga 2-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi
DASTURI
(2019-yil 12 — 14-noyabr)
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiya (Dasturga ilova) 2019-yil 12-noyabr kuni soat 19:20 da KE-941-son reysi bilan Seuldan Toshkentga keladi. I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining “VIP” zalida delegatsiyani Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov kutib oladi. Masʼul: Vafayev Sh. ― investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari OTB delegatsiyasining kelishi va qaytib ketishi vaqtida viza, chegara va bojxona rasmiylashtiruvi I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining “VIP” zalida haq va yigʻimlar undirilmasdan va zal xizmatlari uchun haq toʻlanmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek, delegatsiyaga xizmat koʻrsatadigan avtotransportlarga aeroportning “VIP” zali avtoturargohiga kirishga ruxsat beriladi. Masʼul: Usmanbekov N. ― zamestitel ministra inostrannix del Neʼmatov I. — tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Asamov A. — Davlat turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Xakimov B. — “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi v.b. Ismailov R. — “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b. Delegatsiyaga Toshkent shahrida xizmat koʻrsatish uchun quyidagi transport ajratiladi: “Mersedes” — 1 ta Masʼul: Umarov O. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti sektori mudiri Delegatsiyaga xizmat koʻrsatish uchun OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi quyidagi qoʻshimcha transportlarni taʼminlaydi: Toyota Land Cruiser 200, rangi oq, davlat rakami X050401 Toyota Land Cruiser 200, rangi oq, davlat rakami T050403 Toyota Land Cruiser 200, rangi oq, davlat rakami T050404 Avtotransport vositalarining harakat xavfsizligini, shuningdek, delegatsiya istiqomat qiladigan joylarda jamoat tartibini saqlashni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼminlaydi. Masʼul: Jurayev M. — ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida joylashtiriladi. Ovqatlanish yashash joyida tashkil etiladi. Masʼul: Raxmanov Sh. — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasining tashrifi ommaviy axborot vositalarida yoritiladi. Masʼul: Koʻchimov A. — “UzA” agentligi bosh direktori Xadjayev A. — Milliy teleradiokompaniya raisi v.b. Delegatsiyaga doimiy ravishda S. Umurzoqov hamroxlik qiladi. BIRINChI KUN 12-noyabr — seshanba 19:20 — I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aerop�rtiga yetib kelish, aeroportning “VIP” zalida kutib olish Masʼul: Ismailov R. 19:30-19:50 — Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi qarorgohiga joʻnash 20:00-21:30 — Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan kechki ovqat 21:30-21:45 — “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasiga joʻnash 21:45 — kelish, joylashish, dam olish Masʼul: Vafayev Sh. Raxmanov Sh. IKKINChI KUN 13-noyabr — chorshanba 08:00-08:45 — xususiy nonushta 08:45-09:00 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joʻnash 09:00-09:45 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. Ganiyev bilan uchrashuv Masʼul: Turgunov D. — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha kotibiyatining mudiri 09:45-10:00 — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga joʻnash 10:00-11:30 — Energetika vazirligi rahbariyatining ishtirokida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov bilan uchrashuv (elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini namoyish qilish) Masʼul: Vafayev Sh. Mirzamaxmudov J. — energetika vazirining birinchi oʻrinbosari 11:30-11:45 — Oʻzbekiston tarixi muzeyiga joʻnash 11:45-12:30 — Oʻzbekiston tarixi muzeyiga tashrif Masʼul: Akilova N. — madaniyat vazirining oʻrinbosari 12:30-12:45 — OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga joʻnash 12:45-13:45 — OTB vakolatxonasida tushlik 13:45-14:00 — Moliya vazirligiga joʻnash 14:00-15:00 — Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. Xodjayevning ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir�ning oʻrinbosari — Moliya vaziri J. Qoʻchqorov bilan uchrashuv, qarz bitimlarini imzolash marosimi (chorvachilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat yaratish zanjirini rivojlantirish loyihasi va shaharsozlik loyihalarini moliyalashtirish) Masʼul: Ishmetov T. — moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Vafayev Sh. 15:00-15:15 — “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasiga joʻnash 15:15-16:30 — mehmonxonada dam olish 16:30-18:30 — qoʻshimcha uchrashuvlar uchun zaxira vaqt Masʼul: Turgunov D. Vafayev Sh. 18:30-18:45 — “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasiga joʻnash 18:45-19:15 — “Uzreport” axborot agentligi va telekanaliga intervyu Masʼul: Kuchimov A. Xadjayev A. 19:15-19:30 — kechki ovqatga joʻnash 19:30-21:00 — “International Notel Tashkent” mehmonxonasining “Doum” zalida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki ovqat 21:00 — “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasiga joʻnash, dam olish Masʼul: Vafayev Sh. UChINChI KUN 14-noyabr — payshanba 08:00-08:45 — xususiy nonushta 08:45-09:00 — MOMIH Vazirlar konferensiyasiga joʻnash oʻtkazilish joyi: “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 09:00-13:00 — “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining “Regency” zalida MOMIH Vazirlar konferensiyasida qatnashish 13:00-13:30 — OTB nomidan “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining “Samarkand” zalida tushlik Masʼul: Vafayev Sh. 13:30-13:45 — I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joʻnash 15:00 — NY-763 reysi bilan Almatiga joʻnash Masʼul: Ismailov R. Vafayev Sh. Kuzatish kutib olishdagi tartibda amalga oshiriladi.
Izohlar.
1. Quyidagi barcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga haqiqiy xarajatlar boʻyicha ajratilgan mablagʻlar xisobidan qoplanadi:
delegatsiyaga koʻrsatiladigan transport xizmatlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan taʼminlanadi);
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan 13-noyabrda kechki qabul;
delegatsiya aʼzolari uchun esdalik sovgʻalari sotib olish;
2. “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasidagi OTB prezidenti va vitse-prezidenti xonalarini ichimlik suv va alkogolli ichimliklar, xoʻl va quriq mevalar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobidan qoplanadi.
3. OTB delegatsiyasining Oʻzbekistonda boʻlishining qolgan barcha xarajatlari OTB mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga zarur boʻlganda dasturga oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Dasturga ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasining tarkibi
1. Takexiko Nakao — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti 2. Shiksin Chen — OTB vitse-prezidenti 3. Yoichiro Ikeda — OTB prezidentining katta maslahatchisi 4. Chen Chen — OTB vitse-prezidentinig katta maslahatchisi 5. Verner Liyepax — OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo departamenting bosh direktori 6. Nianshan Zang — OTBning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo departamentining bosh direktori oʻrinbosari 7. Sindi Malvichini — OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari 8. Enriko Pinali — OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbarining oʻrinbosari 9. Begzod Djalilov — OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimi 10. Dildora Yavmutdinova — OTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-noyabrdagi 935-F-son farmoyishiga 3-ILOVA
MOMIH Vazirlar konferensiyasini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasi (2019-yil 14-noyabr, Toshkent shahri)
T/r Xarajatlar turlari Hisoblash Jami 1. Transport xizmati: “Mersedes” — 1 ta 20 soat x 235 000 soʻm. 4 700 000 soʻm. “Malibu” — 12 ta 15 soat x 164 000 soʻm. 29 520 000 soʻm. Mikroavtobus “Sprinter” — 10 ta 10 soat x 235 000 soʻm. 23 500 000 soʻm. Avtobus “MAN” — 3 ta 6 soat x 335 000 soʻm. 6 030 000 soʻm. 2. Majlis zalini quyidagilar bilan taʼminlash: sinxron tarjima uchun ovoz kuchaytirgich uskunalar; ikki ta LED-ekran. Uchrashuv kotibiyati xonasini 11 — 14-noyabrda quyidagilar bilan taʼminlash: 4 ta kompyuter; 2 ta rangli printer; 2 ta nusxa olish apparati. 4 kun x 8 500 000 soʻm. 34 000 000 soʻm. 3. 2 ta kofe-breyk va tushlikni oʻz ichiga olgan konferens-paket 160 odam x 450 000 soʻm. 72 000 000 soʻm. 4. “Samarkand” zalini ijaraga olish 12 000 000 soʻm. 5. Uchrashuv kotibiyati uchun “Bodrum” zalini 11 — 14-noyabr kunlari ijaraga olish 4 kun x 4 250 000 soʻm. 17 000 000 soʻm. 6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan 13-noyabrda OTB delegatsiyasi uchun kechki qabul tashkil etish 10 kishi x 450 000 soʻm. 4 500 000 soʻm. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan 14 noyabda kechki qabul tashkil etish 160 kishi x 600 000 soʻm. 96 000 000 soʻm. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabul vaqtida konsert dasturini tashkil etish 15 000 000 soʻm. 9. Delegatsiya rahbarlari uchun esdalik sovgʻalar sotib olish 20 dona x 1 000 000 soʻm. 20 000 000 soʻm. Jami: 334 250 000 soʻm.*
* Mablagʻlar haqiqiy xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlariga muvofiq ajratiladi.
