Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (271-son)
30.07.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat uy-joy fondining fuqarolar mulkiga oʻtishi, uy-joy fondini saqlash shartlarining oʻzgarishi, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlashning oʻzini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish uchun normativ-huquqiy negiz yaratish zarurligi munosabati bilan va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi 1-ilovaga muvofiq;
aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar tariflaridagi farqni budjetdan qoplash tartibi 4-ilovaga muvofiq;
Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy-kommunal xizmatlarni oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtkazish boʻyicha ishlarda ushbu normativ hujjatlarga amal qilsinlar.
2. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzurida Davlat uy-joy inspeksiyasi tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
3. Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda kam taʼminlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam belgilash va toʻlash toʻgʻrisida Nizomga kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʻlashga moʻljallangan mablagʻlarning bir qismini ushbu oilalar tomonidan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirishni nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-iyul,
271-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271 son qaroriga 1-ILOVA
Kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini aniqlash metodikasi
I. Umumiy qoidalar
Mazkur metodika aholi tomonidan kommunal xizmatlardan foydalanish normativlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi va tavsiyanoma tusidadir.
Normativlar — hayot faoliyatini taʼminlash uchun aholi tomonidan xizmatlardan foydalanishning eng kam darajasi turlicha qulaylikdagi va tipdagi uy-joy fondi uchun ishlab chiqiladi.
Bular — uy-joyning umumiy maydoni doirasida aholi uchun zarur boʻlgan kommunal xizmatlardan foydalanishning joriy davrdagi eng kam hajmini tavsiflovchi koʻrsatkichlar guruhi boʻlib, aholi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan hamda kompensatsiyalar hisobidan toʻlanadi.
Normativlar darajasi — oʻzgaruvchan miqdor boʻlib, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatga, demografik tusdagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻladi va vaqti-vaqti bilan, biroq har chorakda koʻpi bilan bir marta qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Normativlar miqdori — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
II. Suv taʼminoti va suv ajratish
Suv isteʼmol qilish normativi aholining fiziologik, sanitariya-gigiyenik, xoʻjalik ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan kvartira ichki suv sarflari, shuningdek, uy-joy fondi doirasida kvartiradan tashqaridagi suv sarflari va ichki sanitariya-texnika asbob-uskunalari tizimlarida isrof boʻladigan suv miqdori.
Suv isteʼmol qilish normativi turmushda suvdan foydalanishning quyidagi asosiy turlari boʻyicha bir kishiga litr/sutka hisobidagi suv sarfidan shakllanadi (taxminiy maʼlumotlar):
Isteʼmol qilinadigan suv miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmol qilish normalari boʻyicha, kvartira suv oʻlchagichlari mavjud boʻlgan taqdirda esa ularning koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
III. Issiqlik taʼminoti
1. Issiqlikdan foydalanish normativi obodonlashtirilgan uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan issiqlik energiyasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Normativ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
2. Issiqlikdan foydalanishning normativ miqdori uy ichidagi odam yashaydigan va qoʻshimcha har xil xonalarning har jihatdan qulay boʻlishini taʼminlaydigan normal haroratli boʻlishini taʼminlashi kerak.
3. Isitish:
Ehtiyojning eng kam (Q yil) normativi amaldagi (hisoblab chiqilgan) yillik issiqlik energiyasi sarfini turar joy binolari umumiy maydonini isitishga boʻlish (Q yil) yoʻli bilan aniqlanadi:
bunda: S umumiy turar joy binolarining umumiy maydoni.
Issiqlikdan foydalanishning eng kam normativi darajasi joylarning oʻzida belgilanadi.
Hisob-kitob markaziy isitish xizmati uchun aholi bilan hisob-kitoblarda belgilangan tartib hisobga olingan holda bir tildagi binolar guruhi yoki umuman shahar boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Issiq suv taʼminoti:
Aholining xoʻjalik va sanitariya-gigiyena ehtiyojlariga issiq suv tayyorlash uchun talab qilinadigan issiqlik energiyasining eng kam normativi bir oyda bir kishi hisobiga issiq suv isteʼmol qilishning shakllangan normalariga muvofiq belgilanadi.
V. Elektr taʼminoti
1. Uy-joy fondida elektr energiyasini isteʼmol qilishning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
turar joy binolarini yoritish;
mayda maishiy va kichik motorli nagruzkalar;
ovqat tayyorlash;
turar joylarda havoni konditsionerlashtirish.
2. Uy-joylarni, kvartiralarni yoritish.
Turar joylarda, kvartiralarda uy-joylar va qoʻshimcha joylarni yoritishga elektr energiyasining yillik sarfi oila hisobiga (kompensatsiyalar uchun) quyidagilarga bogʻliq boʻladi:
1 kv. m. maydonda nur manbaining quvvatiga;
bir yilda chiroqlarning yonib turish soatlari miqdoriga;
ular ishining bir vaqtdaligi koeffitsiyentiga.
3. Mayda maishiy va mayda motorli nagruzka.
Isteʼmolning ushbu turi boʻyicha elektr energiyasining yillik sarfi roʻzgʻor elektr priborlari va madaniy-axborot maqsadidagi priborlarning bir oila hisobiga eng kam zarur oʻrtacha yillik miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
4. Elektr energiyasidan imtiyozli tarif boʻyicha foydalanadigan aholi uchun uni isteʼmol qilish normasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qaroriga 4-ILOVA
Aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar tariflaridan farqlarni budjetdan qoplash
TARTIBI
Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartib belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha respublika hududida aholiga koʻrsatilayotgan, ular uchun toʻlovlar kommunal korxonalarning haqiqiy xarajatlarini qoplamaydigan asosiy kommunal xizmatlar (gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv va kanalizatsiya) uchun ishlab chiqilgan.
Kommunal korxonalarning aholiga gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ichimlik suv yetkazib berish va kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan koʻrgan zararlari (xizmatlar xarajatlarining olingan daromadlardan ortib ketishi) boshqa isteʼmolchilar (xalq xoʻjaligi tarmoqlariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun cheklangan tariflarni belgilash yoʻli bilan ular olayotgan daromadlar hisobiga qoplanadi.
2. Aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilingan.
Xarajatlarning fuqarolar mablagʻlari bilan qoplanmaydigan qismini qoplash tartibi
3. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplanadi:
issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farq;
4. Korxonalar tomonidan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) budjetdan qoplash mazkur energiya korxonaning oʻzi tomonidan ishlab chiqarilganligi yoki chetdan erkin beriladigan narxlarda sotib olinganligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi;
b) fuqarolar mablagʻlari bilan qoplanmaydigan, budjetdan qoplanadigan tariflardagi farqlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
isteʼmolchilarga beriladigan issiqlik energiyasi uchun shartnoma tarifi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF–2832-son Farmoni bilan belgilangan miqdorlarda tasdiqlangan belgilab qoʻyilgan tarif oʻrtasidagi farq aholi tomonidan markaziy isitishga va issiq suv taʼminotiga normativ boʻyicha isteʼmol qilinadigan issiqlik energiyasini hisobga olgan holda;
v) balansida uy-joy fondiga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, aholiga issiqlik energiyasini belgilab qoʻyilgan tariflar boʻyicha berishdan tushadigan daromadlarini asosiy faoliyat natijalariga kiritadilar.
Qoplash summalarini mablagʻ bilan taʼminlash va hisobotda aks ettirish tartibi
7. Xarajatlarni qoplash uchun moliya organlari yilning joriy choragi uchun aniqlangan prognoz budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar summasidan uchdan bir qismini avans tariqasida shu oyning 15-kunidan kechiktirmay kommunal korxonalarga oʻtkazadilar.
8. Issiqlik taʼminoti korxonalari va kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlari yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha aholiga berilgan issiqlik energiyasi tariflaridagi farqlarni qoplash uchun zarur boʻlgan budjet mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitoblarini tegishli moliya organlariga taqdim etadilar (hisob-kitob shakli ilova qilinadi).
Hisob-kitoblarda budjet mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi koʻrsatkichlar yil boshidan oʻsuvchi yakunda koʻrsatiladi.
9. Issiqlik taʼminoti korxonalar taqdim etgan hisob-kitoblar asosida moliya organlari 5 kun mobaynida, ilgari oʻtkazilgan avanslarni nazarda tutgan holda, budjet mablagʻlariga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlaydilar.
Oʻtkazilgan avans hisob-kitobga koʻra aniqlangan haqiqiy ehtiyojdan ortiq boʻlgan taqdirda, ortiqcha oʻtkazilgan summa xarajatlarni boʻlajak mablagʻ bilan taʼminlash hisobiga oʻtkaziladi, va aksincha, xarajatlarning avans bilan qoplanmagan qismi budjetdan qoplanadi.
12. Aholiga koʻrsatilgan kommunal xizmatlar xarajatlarini budjetdan qoplash uchun taqdim etilgan hisob-kitoblarning toʻgʻriligi uchun kommunal korxona rahbari va bosh buxgalteri shaxsan javob beradilar.
13. Moliya organlari yiliga kamida bir marta issiqlik taʼminoti korxonalarida va issiqlik energiyasi tariflaridagi farqni qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanganlikni hujjatli tekshirishni amalga oshiradilar.
14.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
15. Qoidalarni buzish, budjet mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliya organlari ularni bartaraf etish va notoʻgʻri foydalanilgan mablagʻlarni budjetga qaytarish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar koʻrishga majburdirlar.
Bunda boshqa maqsadlarda foydalanilgan qoplash va kompensatsiya summalari moliya organlari tomonidan muqarrar tartibda undirib olinadi va ayni bir vaqtda mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻygan korxonaga xuddi shu summada jarima solinadi. Jarima korxonaning moliyaviy holatidan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng korxona ixtiyorida qoladigan mablagʻlardan undiriladi.
Izoh: 1. Hisob-kitob issiq suv taʼminoti va markaziy isitish boʻyicha alohida-alohida toʻldiriladi.
2. Markaziy isitish boʻyicha qoplashni hisoblab chiqarishda 2b-bandda aholi tomonidan issiqlik energiyasini isteʼmol qilish normasi kalendar oydan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
