49-modda. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro munosabatlari
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida (O‘RQ-581-son) · Sana: 07.11.2019 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining va ular mansabdor shaxslarining koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan bank kreditlarini olishda qonunchilikda belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan koʻp kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga doir ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar boʻyicha hamkorlik qiladi.
