36-modda. Shirkatning mol-mulki
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida (O‘RQ-581-son) · Sana: 07.11.2019 · Amalda
Shirkatning mol-mulki pul mablagʻlaridan, binolar, inshootlar, jihozlar, inventarlar, transport vositalaridan hamda shirkat mablagʻlari hisobidan va qonunchilikda taqiqlanmagan oʻzga usullar bilan olingan boshqa mol-mulkdan iboratdir.
Shirkatning pul mablagʻlari quyidagilardan iborat:
shirkat aʼzolarining majburiy badallari;
shirkat aʼzolarining ixtiyoriy badallari;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foydalar);
boshqa daromadlar va tushumlar.
Alohida koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlari shirkatdan chiqqan taqdirda, shirkatning ushbu koʻp kvartirali uyni kapital taʼmirlash maqsadida joylarning mulkdorlari tomonidan toʻplangan mablagʻlar hisobidan shakllantirilgan pul mablagʻlarining tegishli qismi koʻp kvartirali uyni boshqarish boʻyicha yangi tuzilayotgan organga belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim.
