18-modda. Joy mulkdorining huquqlari
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida (O‘RQ-581-son) · Sana: 07.11.2019 · Amalda
Joy mulkdori:
umumiy mol-mulkni boshqarishda ishtirok etish, koʻp kvartirali uyni boshqarish organining faoliyati toʻgʻrisida axborot olish;
koʻp kvartirali uyni boshqarish organining faoliyati toʻgʻrisida hisobot olish;
koʻp kvartirali uyni boshqarish organiga koʻp kvartirali uyni boshqarish boʻyicha takliflar taqdim etish;
joyning belgilangan maqsadiga muvofiq oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan joyni ijara shartnomasi, bepul foydalanish shartnomasi asosida yoki boshqa qonuniy asosda egalik qilish va (yoki) undan foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega.
