Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3174-1-son)
07.11.2019
OʻZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3174-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-son “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 12-iyuldagi 91-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3174, 2019-yil 30-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 10/19/3174/3491-son) bilan tasdiqlangan Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-oktabr,
137-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2019-yil 16-oktabrdagi 137-son buyrugʻiga ILOVA
Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchov vositalari turkumlarining roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Modda oqimi, sarfi, sathi, hajmi parametrlarini oʻlchov vositalari boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Modda oqimi, sarfi, sathi, hajmi parametrlarini oʻlchov vositalari
73. Oʻzgaruvchan bosim tushishi sarf oʻlchagichi 12 oy 74. Sanoatda qoʻllash uchun suyuqlik va gazlar hajmiy va massaviy sarfining ultratovushli, elektromagnitli sarf oʻlchagichlari, oʻzgartirgichlari 24 oy 75. Ultratovushli sanoatda qoʻllash uchun gazlar hajmiy va massaviy sarf oʻlchagichlari 48 oy 76. Maishiy qoʻllanish uchun issiqlik energiyasi hajmi va miqdori sarfining hisoblagichlari, oʻzgartirgichlari 48 oy 77. Rotametrlar 12 oy 78. Barcha turdagi suyuqlik va gazlar uchun oʻlchagichlar va hisoblagichlarni qiyoslash qurilmalari 24 oy 79. Standart toraytiruvchi qurilmalar yordamida suyuqlik va gazlarni hisobga olish uzellari 48 oy 80. Neft va neft mahsulotlarini oʻlchov uchun avtomatlashtirilgan tizimlar va qurilmalar 12 oy 81. Siqilgan gaz tarqatish oʻlchov kolonkalari 12 oy 82. Suyuqliklar, gaz va issiqlik energiyasi hajmi va miqdorini oʻlchov komplekslari, korrektorlar, kontrollerlar 24 oy 83. Yoqilgʻi va moy tarqatish kolonkalari 6 oy 84. Suyultirilgan gaz tarqatish kolonkalari 6 oy 85. Suyuq neft mahsulotlari uchun hisoblagichlar, sarf oʻlchagichlar 12 oy 86. 2000 ml gacha kichik sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlari* 12 oy 87. 2000 ml dan yuqori sigʻimdagi suyuqlik oʻlchagichlari 12 oy 88. Kritik mikrosoplalar 24 oy 89. Gorizontal va vertikal silindrik rezervuarlar 60 oy 90. Avtomobil sisternalari 12 oy 91. Temir yoʻl sisternalari 60 oy 92. Tor sanoat sohasidagi oʻlchov vositalari va uskunalari 12 oy 93. 10-6 dan 102 m3/s gacha diapazonda hajmiy gaz sarfini oʻlchov vositalari 24 oy 94. 4·10-2 dan 2,5·102kg/s gacha diapazonda massaviy gaz sarfini oʻlchov vositalari 24 oy 95. Suv oqimining tezligini oʻlchov vositalari 12 oy 96. Havo oqimining tezligini oʻlchov vositalari 12 oy 97. Sathni oʻlchov vositalari 12 oy 971. Yuridik shaxslarning maishiy qoʻllash uchun suyuqlik va gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari 48 oy 972. Jismoniy shaxslarning maishiy qoʻllash uchun suyuqlik va gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari 96 oy ”.
2. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchan toklar elektr energiyasini oʻlchov vositalari boʻlimida:
a) 185 va 186-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 185. Yuridik shaxslarning elektr energiyasini hisobga olish hisoblagichlari 48 oy 186. Jismoniy shaxslarning elektr energiyasini hisobga olish hisoblagichlari 96 oy ”;
b) 187-pozitsiya chiqarib tashlansin.
