Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2020-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (3026-son)
27.09.2019
Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi PQ-4227-son qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 07/19/4227/2782-son), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda 3163-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/3163/3221-son) asosan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Shayxontohur tumanida 2020-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Shayxontohur tumanidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar deb yuritiladi) uchun ish oʻrinlarining eng kam miqdori (2-ilova) xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha 1952,5 ish oʻrnini tashkil etadigan 7,5 foiz miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun 3,3 foiz (862 nafar, yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda nogironlar ishga joylashish boʻyicha talab 62 ta boʻlganligi sababli, kelgusida 800 ta ish oʻrinni umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun band etib qoʻyilsin);
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 1,9 foiz (494,5 ta);
oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 0,95 foiz (247,5 ta);
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 0,34 foiz (89 ta);
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 0,59 foiz (153,5 ta);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 0,26 foiz (68 ta);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosi qurbonlari uchun 0,15 foiz (38 ta) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq;
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligʻi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan.
4. Quyidagi ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar etib belgilansin:
muhandis, iqtisodchi, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻtyoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
5. 2-ilovada qayd etilgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
2020-yil boshlanishidan kamida 10 kun oldin, zahiraga qoʻyiladigan umumiy ish oʻrinlari sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun zahiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazini xabardor qilsin;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zahiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan 2020-yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu haqda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etsin.
6. Tuman hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, bunday shaxslarni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilot, korxona va muassasalarning mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi alohida qayd etilsin.
7. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (Sh. Qodirov):
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot, korxona va muassasalarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqqining 2 barobari miqdorida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan haq toʻlanishini taʼminlasin;
mazkur qarorni besh kun muddatda zahira oʻrin yaratayotgan tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va tuman hokimining qarori bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
8. Tuman hokimligi Matbuot kotibi (S. Murtazakulov):
mazkur qaror “Toshkent oqshomi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z. Yuvmitov zimmasiga yuklansin.
Shayxontohur tuman hokimi A. TUXTAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-sentabr,
3026-son
Shayxontohur tumani hokimining 2019-yil 27-sentabrdagi 3026-son qaroriga 1-ILOVA
Shayxontohur tumanidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam sonini belgilash boʻyicha
komissiya tarkibi
Komissiya raisi: Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — Z. Yuvmitov Komissiya aʼzolari Tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi — U. Nazrullayev Tuman moliya boʻlimi boshligʻi — Y. Yusupov Moliya vazirligi huzuridagi pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi — B. Bafoyev Tuman axoli bandligiga koʻmaklashish markazi boshligʻi — Sh. Qodirov Tuman ijtimoiy koʻnikma markazi raxbari — N. Xoliyorov Tuman mudofaa boʻlimi boshligʻi — Sh. Xolbayev Tuman Axoli bandligiga koʻmaklashish markazining Bandlik mintaqaviy dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish shoʻbasi mudiri — A. Raximova
Shayxontohur tumani hokimining 2019-yil 27-sentabrdagi 3026-son qaroriga 2-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun 2020-yilda ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxona va tashkilotlar
roʻyxati
T/r Shayxontohur tumanidagi korxona va tashkilotlar nomi Umumiy ishlovchilar soni Band qilingan ish joylarining eng kam miqdori Shundan Nogironlar uchun Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha tʼlim olgan bitiruvchilari uchun Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun Safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1. 4-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasi 182 17 1 8 2 5 1 2. 1-son shahar klinik shifoxonasi 692 35 25 3 3 4 3. 48-sonli Oilaviy poliklinika 143,5 14 1 6 2 1 2 1 1 4. 45-sonli Oilaviy poliklinika 112,75 6 3 1 1 1 5. 44-sonli Oilaviy poliklinika 73 7 1 4 1 1 6. 40-sonli Oilaviy poliklinika 181 5 4 1 7. 43-sonli Oilaviy poliklinika 170 11 1 5 1 2 2 8. 42-sonli Oilaviy poliklinika 100 4 3 1 9. 47-sonli Oilaviy poliklinika 117 7 1 5 1 10. 41-sonli Oilaviy poliklinika 91 9 4 3 2 11. Markaziy koʻp tarmoqli poliklinika 447,25 22 1 20 1 12. Toshkent shahar OITC ga qarshi kurash markazi 124,5 4 4 13. “SNANAR 4-SON YUQUMLI KASALLIKLAR SNIFOXONASI” 267 5 2 1 2 14. 6-son Bolalar stomatologiyasi poliklinikasi 91 9 1 4 1 2 1 15. “TOSNKENT SNANAR PERINATAL MARKAZI” 626 31 18 1 12 16. “SALUS-VITA” masʼuliyati cheklangan jamiyati 117 5 5 17. Respublika Onkologiya Ilmiy markazi 791 48,5 6,5 33 1 5 3 18. Oʼzbekgidroenergoqurilish AJ 177 11 1 6 1 3 19. 46-oilaviy poliklinikasi 130 15 1 8 3 1 2 20. Shayxontohur Maxsustrans korxonasi 143 4 1 1 1 1 21. “SNAYXONTONUR TUMANI OBODONLASNTIRISN BOSNQARMASI” 539 53 3 3 2 12 25 8 22. “Oʻzagrolizing” AJ 48 2 2 23. “TPNSU” unitar korxonasi 124 12 8 1 2 1 24. 1-son Qurilish direksiyasi unitar korxonasi 49 5 0.5 4 0,5 25. “TIBBIY KO'RIK” masʼuliyati cheklangan jamiyati 41 2 2 26. “Xur-Omad” masʼuliyati cheklangan jamiyati 29 3 2 1 27. Banklararo sugʻurta “ISNONCN” masʼuliyati cheklangan jamiyati 23 1 1 28. “TOSNISSIQQUVVATI” ishlab chiqarish boshqarmasi unitar korxonasi 2561 285.5 8,5 145 4 21 67 20 20 29. “Uzsuvloyixa” AJ 179 10 1 8 1 30. “Dori-darmon” Aksiyadorlik jamiyati 657 47 1 40 1 2 3 31. “TOSNKENT SNANAR YER OSTI UMUMIY O'TISN MUNANDISLIK KOLLEKTORLARI BOSNQARMASI” davlat unitar korxonasi 131 9 7 2 32. “ESKI JUVA DENQON BOZORI” AJ 134 8 2 1 1 2 1 1 33. “UZINFOCOM” davlat unitar korxonasi 228 9 1 4 1 2 1 34. “Oydin Ziyo” masʼuliyati cheklangan jamiyati 23 1 1 35. “O'ZKIMYOSANOAT” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 89 5 3 1 1 36. OʻzR FA Labzak mexmonxonasi 42 1 1 37. “Meliomashlizingservis” shoʻba korxonasi 47 1 1 38. “SUVSANOATFUQAROLI” masʼuliyati cheklangan jamiyati 38 3 3 39. “Koʻkcha koshonasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati 22 1 1 40. Gosudarstvennoye predpriyatiye “MA'MURIY BINOLARDAN FOYDALANISN BOSNQARMASI” 30 1 1 41. “Trest 12” AJ 62-qurilish boshqarmasi 33 2 1 1 42. UZGIP MChJ 171 18 1 11 1 4 1 43. “Trest 12” Aksiyadorlik jamiyati 52-qurilish boshqarmasi 43 3 1 2 44. GUP “URANKAMYOBMEDGEOLOGIYA” 244 24 1 19 1 2 1 45. “INTRAN SERVIS” MChJ 172 10 6 4 46. “KAFOLAT” sugʻurta kompaniyasi AJ 84 5 5 47. DUK “ALOQALOYINA” 60 6 4 2 48. “TUTZOR-NON” xususiy korxonasi 102 10 5 3 2 49. “INFRANET ASIA” MA SULIYATI CNEKLANGAN JAMIYATI 462 32 1 21 3 3 4 50. “O'ZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI” davlat korxonasi 30 2 2 51. “TOSNKENT METROPOLITENI” davlat unitar korxonasi 2784 289 259 7 18 5 52. “SUVLOIXA” davlat korxonasi 30 2 2 53. “OʻZBEKSIRK” respublika birlashmasi 447 44,5 4 30,5 3 3 2 2 54. “OZIQOVQATSANOATLOYINA” masʼuliyati cheklangan jamiyati 30 2 2 55. “DD GENERAL INSURANCE” masʼuliyati cheklangan jamiyati 90 2 2 56. “TO'RTINCNI” masʼuliyati cheklangan jamiyati 178 12 0,5 6 1 1 1,5 2 57. “NAMKOR IMKON BIZNES” masʼuliyati cheklangan jamiyati 44 2 2 58. “Tashgipragor” AJ 265 26 21 2 3 59. “Chorsu buyum savdo kompleksi” AJ 37 2 1 1 60. Shayhontohur tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi 37 2 1 1 61. 484-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 62 6 3 1 2 62. 171-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 61 3 3 63. 197-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 94 3 2 1 64. 229-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 60 4 4 65. 588-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 91 6 4 1 1 66. 516-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 33 3 1 1 1 67. 243-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 54 5 1 2 2 68. 342-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 34 2 2 69. 259-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 37 3 1 2 70. 71-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 60 4 2 2 71. 76-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 47 3 2 1 72. 84-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 41 3 1 2 73. 567-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 52 4 1 2 1 74. 607-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 32 1 1 75. 112-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 39,75 2 2 76. 527-sonnli tmaktabgacha taʼlim tashkiloti 55 3 2 1 77. 497-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 51 3 2 1 78. 461-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 47 3 2 1 79. 111-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 43 5 1 2 2 80. 448-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 44 3 2 1 81. 27-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 66 4 2 1 1 82. 211-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 21 1 1 83. 445-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 58 6 3 1 2 84. 412-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 32 2 1 1 85. 293-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 34 2 2 86. 241-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 32 2 2 87. 327-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 30 3 1 1 1 88. 75-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 24 1 1 89. 343-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 67 4 2 1 1 90. 140-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 56 5 3 1 1 91. 568-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 35 2 2 92. 226-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 30 2 2 93. 456-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 60 4 3 1 94. 185-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 45 2 2 95. 321-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 44 2 1 1 96. 187-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti 23 1 1 97. NTM “Best School” 21 2 2 98. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 220 10 6 0,5 1,5 2 99. “IPAK YOʻLI” ATIB ShAYXONTOHUR filiali 45 2 2 100. “INVEST FINANCE BANK” ATB ShAYXONTOHUR filiali 42 2 2 101. XATB “RAVNAQ-BANK” 157 10 8 1 1 102. XATB “DAVR-BANK” amaliyot boshqarmasi 48 4,5 0,5 3 1 103. “Xalq banki” Toshkent shaxar filiali amaliyot boʻlimi 93 3 3 104. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyati mintaqaviy filiali 89 4 3 1 105. “Agrobank” OATB Toshkent viloyati xududiy filiali 45 4 2 1 1 106. Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliy bank Shayxontoxur filiali 63 2 2 107. “Asia Alliance Bank” OATB Shayxontoxur filiali 82 5 4 1 108. “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki Chorsu filiali 85 5 4 1 109. “Ipoteka-bank” ATIB Shayxontoxur filiali 180 11 9 1 1 110. “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki 321 9 7 2 111. “Turon bank” aksiyadorlik tijorat banki 249 3 3 112. “Turon bank” ATB Markaziy amaliyot boshkarmasi 73 3 2 1 113. Tuman xalq taʼlimi boʻlimi 48,75 3 1 2 114. 42-sonli umumi� oʻrta taʼlim maktabi 110 6 5 1 115. 132-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 86 6 4 1 1 116. 254-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 70 4 3 1 117. 276-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 74 5 3 1 1 118. 136-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 38 3 1 1 1 119. 92-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47 3 2 1 120. 314-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 74 4 3 1 121. 262-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 89 5 2 1 1 1 122. 324-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 98 6 3 1 1 1 123. 41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 120 12 1 5 2 1 3 124. 39-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47 2 2 125. 115-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 42 2 2 126. 320-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 86 7 1 4 2 127. 316-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 62 4 1 2 1 128. 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 74 5 3 1 1 129. 169-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 121 8 4 1 1 1 1 130. 102-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 104 7 1 3 1 1 1 131. 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 71 3 3 132. 141-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 37 2 2 133. 59-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 80 5 3 1 1 134. 299-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 80 5 1 3 1 135. 82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 54 3 2 1 136. 84-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 57 3 3 137. 23-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi 52 3 3 138. 3-sonli musiqa va sanʼat maktabi 53 5 1 2 1 1 139. 45-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 53 5 1 2 1 1 140. 167-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 46 3 1 1 1 141. 85-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 43 3 2 1 142. 10-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50 6 2 1 1 2 143. 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 75 2 1 1 144. 192-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 47 4 3 1 145. 113-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 30 2 1 1 146. 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 68 4 3 1 147. 180-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 91 6 4 1 1 148. 34-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 101 10 1 4 1 1 3 149. 157-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 63 2 2 150. 186-sonli oʻrta taʼlim maktabi 80 8 1 4 1 1 1 151. 37-sonli yordamchi maktabi 71 7 1 3 1 2 152. 11-sonli Bolalar musiqa sanʼati maktabi 46 3 2 1 153. BABM “Barkamol avlod” 40 6 4 2 154. MTM “Rainbow Station” 29 2 2 155. Oʼzbektelefilm 100 7 4 1 1 1 156. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi 426 42 38 4 157. Til va adabiyot taʼlimi jurnallar tahririyati davlat korxonasi 26 1 1 158. Oʻquv davolash kompleksi tibbiyot kolleji 150 13 5 2 1 2 1 2 159. Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti 50 2 1 1 160. “TOSNKENT MENMONXONA NO'JALIGI VA SERVIS KASB-NUNAR KOLLEJI” 57 2 1 1 161. “2-RESPUBLIKA TIBBIYOT KOLLEJI” 41 3 2 1 162. Choʻlpon nomidagi Nashriyot-matbaa ijodiy uyi 30 3 1 2 163. A. Navoiy nomidagi Davlat oʻzbek tili va adabiyoti muzeyi 53 2 1 1 164. “O'ZBEKISTON” NASNRIYOT MATBAA IJODIY UYI” 779,25 78 74 2 1 1 165. Respublika Yosh tomoshabinlar teatri 119 11 6 1 2 2 166. MOLODYoJNIY TEATR UZBEKISTANA 160,5 14 10 2 2 167. Oʻzbek Davlat drama teatri 156,5 9 1 5 3 168. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri 227 13 1 3 4 3 2 169. Sh.A. Alimov nomidagi ftiziatriya va pulmonologiya Oʻzbekiston ilmiy-tekshirish instituti 586 28 21 2 1 3 1 170. “JANON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI QOSNIDAGI SNAYXONTANUR AKADEMIK LITSEYI” 154 10 4 2 2 2 171. “CROCUS TECNNOLOGY” MChJ 270 26 12 8 6 172. “Durable beton” MChJ 531 20 15 5 173. “Germes teks” MChJ 92 8 8 174. “Labzak Promed” MChJ 120 5 2 1 2 175. Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi 39 2 2 176. “Bashkent Uz” MChJ 30 3 3 177. “Lider servis” MChJ 28 2 2 178. “Sharq telekom” MChJ 31 2 2 179. “Fortune servis klass” MChJ 51 5 4 1 180. “Safo shirinliklari” MChJ 41 4 3 1 181. “Master palate” MChJ 52 5 2 1 2 182. “A2 Dijital” MChJ 51 4 3 1 183. “Suv Aziz trans” MChJ 42 4 3 1 184. “Begzod servis SXS” MChJ 29 2,5 0,5 2 185. “Assad teks” MChJ 35 3 3 186. “Ate” MChJ 34 3 3 187. “Main Rubber products” AJ 24 2 2 188. “Nome market build” MChJ 31 2 2 189. “Loma tex” MChJ 27 2 2 Jami: 26209,75 1952,5 62 1294,5 89 153,5 247,5 68 38
