Termiz shahridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2017-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (305-son)
02.03.2017
Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 25-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami — 2452, 25.04.204 yil)ga asosan, 2015-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda Texnikalar deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish, qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Termiz shahar davlat inspektori tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha texnikalarni 2017-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Shahardagi barcha texnikalarni roʻyxatini shakllantirish hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Termiz shahar davlat inspektori (N. Shaymanov) zimmasiga yuklatilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
barcha texnikalarning texnik holati va jihozlari standart talablarga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishi;
texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi, maxsus texnikalar, harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
4. 2017-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, texnikalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Termiz shahar davlat inspektori (N. Shaymanov) 2-ilovaga* asosan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasini har bir texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnlarda mulkdor deb yuritiladi) yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
6. 2017-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarning stavkalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Shahardagi har bir mulkdor texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni toʻldirish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etishda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilsin.
8. Sugʻurta tashkilotlariga shahardagi barcha traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish texnikalari va traktor tirkamalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish tavsiya qilinsin.
9. Shahar hokimining 2016-yil 24-fevraldagi 201-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
11. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Shahar hokimi I. XUDOYBERDIYEV
Termiz sh.,
2017-yil 2-mart,
305-son
Shahar hokimining 2017-yil 2-martdagi 305-son qaroriga 1-ILOVA
Termiz shahri hududidagi texnika egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni 2017-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi shahar komissiyasi
tarkibi
N. Shaymanov — Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Termiz shahar davlat inspektori Komissiya aʼzolari: T. Jumayev — Jamoatchi inspektor X. Xurmatov — “Termiz MK-5” MChJ bosh muhandisi O. Axmedov — “Surxonpaxtatrans” MChJ bosh mexanigi K. Nuriddinov — Traktorchi-mashinist
Shahar hokimining 2017-yil 2-martdagi 305-son qaroriga 3-ILOVA
2017-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarning
stavkalari
T/r Yigʻimning nomi Eng kam oylik ish haqi miqdoridan yigʻim miqdori 1. Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga 0,18 2. Qishloq xoʻjaligi mashinalariga 0,10 3. Mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga 0,37
