Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli hamda shu haqdagi viloyat hokimining 2013-yil 31-dekabrdagi 246-sonli qarorlari haqida (15-son)
09.01.2014
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-son qarori va Surxondaryo viloyat hokimining ushbu mazmunda 2013-yil 31-dekabrdagi 246-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli hamda shu haqdagi viloyat xokimining 2013-yil 31-dekabrdagi 246-son qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2014-yil uchun:
Sariosiyo tuman makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
Sariosiyo tuman mahalliy budjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
tuman mahallpy budjetpniig daromadlar va harajatlar hajmlari maqsadli subvensiyalarning va oʻtkazib beriladigan daromadlarining cheklangan miqdorlari 3-ilovaga* muvofiq;
tuman mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga* muvofiq;
tuman mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga* muvofiq;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 6-ilovaga* muvofiq;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
3. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PK-2099-sonli qaroridagi tegishli ilovalari bilan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoiiy shaxslarga belgilab qoʻyilgan soliqlar stavkalari;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari;
Oʻzbekistan Respublikasi rezidentlariga dividentlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorda;
respublikada ishlab chiqariladigan va roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer osti boyliklaridan foydalaiganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigai bonus va tijorat topilmasi bonusi;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekistan Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining mazkur qarori 22-ilovasida belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekistan Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz mikdorida;
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekistan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq tasdiqlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz miqdorida;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 6,5 foiz mikdorida;
turar-joyini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkasi belgilangan miqdorlarda tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Yuridik shaxslar uchun koʻchmas mulkni ijaraga topshirishdan tushadigan daromadlarni soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlab qolinganligi, unga muvofiq mazkur daromadlar shartnoma boʻyicha oʻrnatilgan ijara haqi summasidan kelib chiqqan holda belgilanishi, ammo davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara xaqining eng kam stavkalari boʻyicha hisoblab chiqilgan miqdordan past boʻlmasligi kerakligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mahalliy hokimiyat va boshkaruv organlarning barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va harajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatni oshirish, maxalliy budjetlariing Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (tuman va shahar)da ishlab chiqariladigan oʻsimlik moyi va pivo mahsulotining aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar;
davlat boji, yigʻimlar va jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur karorining tegishli ilovasiga muvofiq toʻliq miqdorda viloyat mahalliy budjet daromadlariga oʻtkazilsin.
5. Tuman moliya boʻlimiga mahalliy budjetga budjetdan maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va harajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushushidan shuningdek mahalliy budjetning birinchi navbatdagi harajatlarini (ish haqi, ish haqidan ajratmalar. stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tegishli ilovalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumatining ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotganligi va ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritilganligi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
7. Mazkur karorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari J. Yuldoshev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi H. MINGBOYEV
Sariosiyo t.,
2014-yil 9-yanvar,
15-son
