Muzrabot tumanidagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (94-son)
15.01.2018
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-yil) asosan 2018-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalar, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (keyingi oʻrinlarda texnikalar, deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish, qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Muzrabot tuman davlat inspektori tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha texnikalarning 2018-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. Tumandagi barcha texnikalarni roʻyxatini shakllantirish hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Muzrabot tuman davlat inspektori (R. Mirzayev) zimmasiga yuklatilsin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda;
barcha texnikalarning texnik holati va jihozlari standart talablariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishi;
texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi, maxsus texnikalar, harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga eʼtibor karatilsin.
4. 2018-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, texnikalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi 1-ilovaga muvofiqtasdiqlansin.
5. Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha Muzrabot tuman davlat inspektori (R. Mirzayev) 2-ilovaga asosan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasini har bir texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnlarda mulkdor deb yuritiladi) yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
6. 2018-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarning stavkalari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova berilmaydi.
7. Tumandagi har bir mulkdor texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni toʻldirish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻma toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etishda belgilangan muddatlarda qatʼiy rioya qilsin.
8. Sugʻurta tashkilotlariga tumandagi barcha traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish texnikalari va traktor tirkamalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish tavsiya qilinsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Q. Karimov zimmasiga yuklatilsin.
10. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tuman hokimi J. XOLMURODOV
Muzrabot t.,
2018-yil 15-yanvar,
94-son
Tuman hokimining 2018-yil 15-yanvardagi 94-son qaroriga 1-ILOVA
Muzrabot tumani hududidagi texnika egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni 2018-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tuman komissiyasi
tarkibi
R. Mirzayev — “Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha” Muzrabot tuman davlat inspektori, komissiya raisi I. Xudoyorov — Muzrabot agroservis MTP 2017 MChJ direktori, komissiya aʼzosi Sh. Mamanazarov — Agrostal MTP MChJ direktori, komissiya aʼzosi B. Ismoilov — Sajara tran MMTP boshligʻi, komissiya aʼzosi A. Yusupov — “Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha” davlat inspektori, komissiya aʼzosi
Tuman hokimining 2018-yil 15-yanvardagi 94-son qaroriga 2-ILOVA
2018-yil davomida texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun davlat inspektori tomonidan undiriladigan yigʻimlarning
stavkalari
T/r Yigʻimning nomi Eng kam oylik ish haqi miqdoridan yigʻim miqdori 1. Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga 0,18 2. Qishloq xoʻjaligi mashinalariga 0,10 3. Mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga 0,37
