Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (89-son)
22.02.2012
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani xokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom hamda viloyat hokimligining 2012-yil 10-fevraldagi 03-05/004-sonli yigʻilish bayoniga asosai tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Viloyat hokimligining 2012-yil 10-fevraldagi 03-05/004-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) organlaridan roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalari 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin:
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, mikroavtobuslar va oʻrindiq joylari soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari) odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ulardagi tirkamalar — bir yilda ikki marta;
b) ishlab chiqarilganiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan trapsport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etilsin.
Transport vositalari DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida texnik koʻrikdan oʻtkazilmasligi belgilab qoʻyilsin.
4. 2012-yil davlat texnik koʻrigini uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazsh shuningdek texnik koʻrik oʻtkazish komissiyasi ishini nazorat kilish boʻyicha tumanning maxsus komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
5. Tuman Ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (I. Majakov) va tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi (A. Jumaboyev):
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarorining 5-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-martdan — 30-iyungacha;
ikkinchi marta — 1-sentabrdan — 31-oktabrgacha.
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
1-martdan — 30-iyungacha;
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
1-yanvardan — 31-avgustgacha oʻtkazilsin.
davlat texnik koʻrigini sifatli va belgilangan muddatlarda oʻtkazish uchun muhandis xodimlar va mutaxassislar bilan birgalikda haydovchi nomzodlarni tayyorlovchi oʻquv tashkilotlari hamda tuman Mudofaa ishlar boʻyicha boʻlimining xodimlari ishtirok etishini taʼminlasin;
oʻtkazilgan texnik koʻrik natijalari boʻyicha har oy yakuni bilan yuqori vazirlik va tashkilotlarga yozma ravishda maʼlumotnomalar kitirilsin hamda tuman hokimligi huzuridagi harakat xavfsizligi komissiya yigʻilishlari muhokama etib borish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman hokimining 2011-yil 1-fevraldagi 79-sonli karori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur karorning bajarilishini nazorat kilish tuman hokimini birinchi oʻrinbosari B. Eshniyazov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi X. SAMATOV
Oltinsoy t.,
2012-yil 22-fevral,
89-son
Viloyat hokimining 2012-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga 1-ILOVA
2012-yilgi Davlat texnik koʻrigini uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, shuningdek joylarda texnik koʻrik oʻtkazish va nazorat qilish boʻyicha tuman hokimligi qoshida tuzilgan komissiya
tarkibi
B. Eshniyazov — tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi I. Majakov — tuman IIB YHXG boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari Komissiya aʼzolari A. Jumaboyev — tuman mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi boshligʻi Sh. Xoltoʻrayev — tuman Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarni soliqka tortish boʻlimi boshligʻi N. Eronqulov — mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman kengashi raisi kengashi raisi A. Qodirov — tuman Avtomotohavaskorlar jamiyati raisi
