57-modda. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar ustidan nazorat qilish
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasida toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik rejimi buzilgan taqdirda, toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar qoidabuzarlik aniqlanganidan keyin bu haqda hamda uning oqibatlarini kamaytirish uchun koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida Markaziy bankka tezkorlik bilan xabar berishi shart. Markaziy bank toʻlov tizimlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik rejimi buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirishni hamda yuritishni amalga oshiradi.
