38-modda. Bank kartalaridan foydalanilgan holda banklararo toʻlovlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida ular tomonidan chiqarilgan bank kartalaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha toʻlovlarga ishlov berish hamda ularning kliringi Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan banklar tomonidan muomalaga chiqarilgan bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan banklararo toʻlovlar boʻyicha operatsiyalarga xizmat koʻrsatish tizimini ushbu tizimning ishlashini taʼminlash boʻyicha operatsiyalarga oid va texnologik vazifalarni muhim toʻlov tizimining operatori zimmasiga yuklatish yoki maxsus tashkilotni tuzish orqali tashkil etishga haqli.
Maxsus tashkilotning faoliyat koʻrsatish tartibi va bank kartalarining emitenti boʻlgan banklar bilan hamkorligi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
