33-modda. Toʻlov hujjatlari
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Toʻlov hujjati qogʻozda tuzilgan yoki elektron shaklda shakllantirilgan hujjat boʻlib, toʻlov uning asosida yoki yordamida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlovlarni amalga oshirishda quyidagi toʻlov hujjatlaridan foydalaniladi:
toʻlov topshiriqnomasi;
toʻlov talabnomasi;
inkasso topshiriqnomasi;
memorial order;
akkreditivga ariza;
kirim va chiqim kassa toʻlov hujjatlari.
Toʻlov hujjatlarining shakllari, majburiy rekvizitlari va ularning mazmuniga doir boshqa talablar, elektron toʻlov vositalaridan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
