31-modda. Toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv amalga oshirilayotganda Markaziy bank toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtiradi, tizimlashtiradi va tahlil qiladi.
Muhim toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv amalga oshirilayotganda Markaziy bank:
muhim toʻlov tizimlarini ularning xalqaro standartlarga va Markaziy bank talablariga muvofiqligi yuzasidan baholashni oʻtkazadi;
muhim toʻlov tizimlari operatorlarining va toʻlov tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Markaziy bank toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv natijalarining sharhini bir yilda kamida bir marta eʼlon qiladi.
