2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida (O‘RQ-578-son) · Sana: 01.11.2019 · Amalda
Ushbu Qonunning amal qilishi toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi va toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida toʻlovlarni amalga oshirish hamda toʻlov xizmatlari koʻrsatish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi va toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida toʻlovlarni amalga oshirish hamda toʻlov xizmatlari koʻrsatish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
Ushbu Qonunning amal qilishi kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
