2019-2022-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (899-son)
30.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
2019 — 2022-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
mahsulot ishlab chiqarishni 2,7 baravarga koʻpaytirishni nazarda tutuvchi, elektrotexnika sanoati mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
mahsulotlar eksportini 4,3 baravarga koʻpaytirishni nazarda tutuvchi, elektrotexnika sanoati mahsulotlarining asosiy turlarini eksport qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
misni qayta ishlashni 5 baravarga koʻpaytirishni nazarda tutuvchi, misni chuqur qayta ishlagan holda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
15 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirishni nazarda tutuvchi, 2019 — 2022-yillarda oʻzlashtiriladigan yangi mahsulot turlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga maqsadli koʻrsatkichlarni bajarish yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi elektrotexnika sanoati tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarishning maqsadli koʻrsatkichlarini bajarish uchun ularni xomashyo bilan taʼminlash mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi M.M. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-oktabr,
899-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 899-son qaroriga 1-ILOVA
2019 — 2022-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Elektrotexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish 1.1. Mahsulot ishlab chiqarishning oʻsish suraʼtini bir meʼyorda taʼminlash, mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlash, jumladan: 2019-yil — 7,0 trln soʻm; 2020-yil — 11,2 trln soʻm; 2021-yil — 11,4 trln soʻm; 2022-yil — 12,4 trln soʻm. Tashkilotlarni texnik va texnologik jixatdan qayta jihozlash. Quyidagilarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha buyurtmalarni jalb qilgan holda, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish: - mahsulotni sotish boʻyicha qoʻshimcha marketing izlanishlarini amalga oshirish; - sanoat tarmogʻi tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlar boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolari toʻgʻrisida kerakli maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish; - tashkilotlarning tender savdolarida faol ishtirok etishiga amaliy yordam koʻrsatish. doimiy “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, manfaatdor tashkilotlar 1.2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyatini monitoring qilish. 1. Tashkilotning asosiy koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish (tovar mahsulotlari va halq isteʼmol tovarlari boʻyicha). har hafta juma kunlari, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, manfaatdor tashkilotlar 2. Asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini (kutilayotgan va amaldagi) tashkilotlar kesimida tahlil qilish. Ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini nazorat qilish. kutilayotgan koʻrsatkichlar har oyning 15 sanasiga qadar, erishilgan koʻrsatkichlar keyingi oyning 3 sanasiga qadar 1.3. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda past oʻsish suraʼtining sabablarini tahlil qilish. 1. Tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan qabul qilingan prognoz koʻrsatkichlarni bajarishda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish. 2. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi tashkilotlari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda ijobiy oʻsish suraʼtlarini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. doimiy “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, manfaatdor tashkilotlar 1.4. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulot turlarini koʻpaytirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tasdiqlangan (“Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son, “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4090-son, “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 30-maydagi PQ-4348-son) Davlat dasturlarida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish. dasturlarda nazarda tutilgan muddatlarda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, manfaatdor tashkilotlar 1.5. Mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, tashkiliy va tizimli oʻzgarishlarni amalga oshirish hamda amaldagi soliq qonunchiligini tatbiq etish boʻyicha Uyushma tashkilotlariga koʻmaklashish. Uyushma tashkilotlarini xomashyo, moddiy-texnik resurslarga boʻlgan talabini qondirish hamda ularni Davlat dasturlariga kiritish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish. doimiy “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, manfaatdor tashkilotlar II. Elektrotexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar eksport hajmini oshirish 2.1. Ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni optimallashtirish yoʻli bilan eksportbop mahsulotlar narxlarining raqobatbardoshligini oshirish, mahsulotlar tannarxini pasaytirishga erishish: 2019-yil — 6,1%, 2020-yil — 6,2%, 2021-yil — 6,3%. Sanoat tashkilotlariga asosiy turdagi mahalliy xomashyo va materiallarni (mis, polietilen, polipropilen, sanoat moylari va boshqalar) jahon narxlari boʻyicha uzluksiz ravishda yetkazib berish choralarini koʻrish. doimiy “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2.2. Yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni eksport qilish hajmini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida: 2019-yil — 250,0 mln dollar; 2020-yil — 287,5 mln dollar *; 2021-yil — 373,8 mln dollar *; 2022-yil — 500,0 mln dollar * 1. Turli xalqaro axborot resurslarida va koʻrgazmalarda milliy brendlarni ilgari surish, elektrotexnika sanoati tashkilotlari salohiyatini namoyish etish. 2. Mahalliy elektrotexnika sanoatining yirik tashkilotlarini xalqaro savdolarda birlashib ishtirok etishini taʼminlash orqali tenderlarda gʻolib boʻlish imkoniyatlarini oshirish. 2019 — 2022-yy. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, tashkilot rahbarlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2.3. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning elektrotexnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlarni eksport qilish koʻlamini kengaytirish, ularning eksport bozorlarida oʻz oʻrnini va ulushini oshirish. 1. Turli xalqaro axborot resurslarda va koʻrgazmalarda milliy brendlarni ilgari surish, elektrotexnika sanoati tashkilotlari salohiyatini namoyish etish, bunda: tashqi bozorlarda mahsulotlar eksport infratuzilmasi tizimini yaratish va takomillashtirish uchun: - Tojikiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasida savdo uylari va shou-rumlar ochish; - “Oʻzeltexsanoat” uyushmasining vakolatxonalarini ochish; Turkiyada — marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, uyushma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga salohiyatli xaridorlarni topish; Xitoyda — Xitoy kompaniyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Chet ellik sheriklar va salohiyatli mijozlar bilan seminarlar, rasmiy uchrashuvlar tashkil etish. 3. Respublika ichida va xorijda tashkil etiladigan xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda faol ishtirok etish, jumladan “Cabex” (Rossiya), “AQUA TNERM” (Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston), “Astana Ekspo” (Qozogʻiston), “Elkom Ukraina” (Ukraina) va boshqalar. 2019 — 2022-yy. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor tashkilotlar 2.4. Eksport qiluvchi tashkilotlarni monopol isteʼmolchi va hududlarga bogʻliqlik darajasini pasaytirish. Hududlar va isteʼmolchilar segmentatsiyasini amalga oshirgan xolda yangi tashqi bozorlarga chiqish. 2019 — 2022-yy. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor tashkilotlar III. Elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirish 3.1. Ishlab chiqarishni oshirish, mis resurslarii qayta ishlash uchun mavjud ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish natijasida: 2019-yil — 43 091,0 tn.; 2020-yil — 48 847,7 tn.; 2021-yil — 54 907,9 tn.; 2022-yil — 79 873,2 tn. 1. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2. Texnik va texnologik modernizatsiya qilish orqali asosiy vositalarni qoʻllash samaradorligini oshirish. 2019 — 2022-yy. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, manfaatdor tashkilotlar 3.2. Mis resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish. Salohiyatli investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirish. 2019 — 2022-yy. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, loyiha tashabbuskorlari 3.4. “Techno Cable Group” MChJ QK (Toshkent viloyatida) kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi mahsulot turlarini chiqarish (Loyihaning umumiy qiymati 1,4 mln dollar) 1. Texnologik uskunalarni tayerlash va yetkazib berish. 2019-y. oktyabr “Oʻzel�exsanoat” uyushmasi, “Techno Cable Group” MChJ QK 2. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2019-y. noyabr 3. Obyektni ishga tushirish. 2019-y. dekabr 3.5. “Uzkabel” AJ QK da kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish. (Loyihaning umumiy qiymati 3,3 mln dollar) 1. Texnologik uskunalarni tayerlash va yetkazib berish. 2019-y. oktyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Uzkabel” AJ QK 2. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2019-y. noyabr 3. Obyektni ishga tushirish. 2019-y. dekabr 3.6. “Industrial Nolding” MChJ (Rossiya) kompaniyasi bilan zamonaviy kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish. (Loyihaning umumiy qiymati 7,0 mln dollar va yillik quvvati 46 ming km) 1. Loyihaning oʻrganish uchun qoʻshma ishchi guruh tuzish. 2020-y. mart “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Industrial Nolding” 2. Sarmoyaviy bitimni ishlab chiqish va imzolash. 2020-y. sentyabr 3. Loyiha biznes-rejasini/texnik iqtisodiy asosini tayyorlash. 2020-y. dekabr 4. Obyektni ishga tushirish. 2022-y. mart 3.7. “Elsewedy Electric” kompaniyasi (Misr) tomonidan kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. (Loyihaning umumiy qiymati 20,0 mln dollar va yillik quvvati 10 ming km) 1. Loyihani oʻrganish uchun qoʻshma ishchi guruh tuzish. 2020-y. dekabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Elsewedy Electric” kompaniyasi 2. Keyingi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qilish. 2021-y. mart IV. Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish ** 4.1. “Toshelectroapparat” MChJ XK da elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 2,0 mln dollar va yillik quvvati 500 dona) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2019-y. noyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Toshelectroapparat” MChJ XK 2. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2020-y. iyun 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2020-y. noyabr 4. Obyektni ishga tushirish. 2020-y. dekabr 4.2. “Texno Park” MChJ tomonidan lift va eskalato?lar ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 9,25 mln dollar va yillik quvvati 2 000 dona) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. iyul “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Texno Park” MChJ 2. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2020-y. mart 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2020-y. iyul 4. Obyektni ishga tushirish. 2020-y. avgust 4.3. “Texno Park” MChJ tomonidan elektron gaz hisoblagichlar ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 41,0 mln dolllar va yillik quvvati 3,0 mln dona) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. dekabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Texno Park” MChJ 2. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2020-y. dekabr 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2020-y. yanvar 4. Obyektni ishga tushirish. 2020-y. fevral 4.4. “Texno Park” MChJ tomonidan sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 25,8 mln dollar va yillik quvvati 80,0 ming dona) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. iyul “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Texno Park” MChJ 2. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2020-y. iyul 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2020-y. avgust 4. Obyektni ishga tushirish. 2020-y. sentyabr 4.5. “Dongho Cosmo Co., Ltd” (Koreya) elektron gaz, elektr, issiq va sovuq suv hisoblagichlari ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 5,5 mln dollar vayillik quvvati 1,0 mln dona) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2019-y. sentyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Dongho Cosmo Co., Ltd” (Koreya) 2. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2020-y. mart 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2020-y. sentyabr 4. Obyektni ishga tushirish. 2020-y. noyabr 4.6. “Future Industry Systems” MChJ QK da maishiy texnikalar uchun elektr dvigatellar ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 15,5 mln dollar va yillik quvvati 1,8 mln dona) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. avgust “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Future Industry Systems” MChJ QK 2. Texno�ogik uskunalarni tayrlash va yetkazib berish. 2020-y. sentyabr 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2020-y. oktyabr 4. Obyektni ishga tushirish. 2021-y. noyabr 4.7. “Endustriyel” kompaniyasi (Turkiya) tomonidan zamonaviy quyosh panellari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. (Loyihaning umumiy qiymati 30,5 mln dollar yillik quvvati 200 MVt) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. sentyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Endustriyel” (Turkiya) 2. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2021-y. fevral 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2021-y. iyul 4. Obyektni ishga tushirish. 2021-y. dekabr 4.8. “Meditsinskiye texnologii Ltd” AJ va “S.P. Gelpik” MChJ (Rossiya) yuqori texnologiyali raqamli tibbiyot rentgendiagnostika uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 10,0 mln dollar vayillik quvvati 150 dona) 1. Loyihaning oʻrganish uchun qoʻshma ishchi guruh tuzish. 2019-y. sentyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Meditsinskiye texnologii Ltd” AJ va “S.P. Gelpik” MChJ (Rossiya) 2. Sarmoyaviy bitimni ishlab chiqish va imzolash. 2019-y. dekabr 3. Loyiha biznes-rejasini / texnik iqtisodiy asosini tayyorlash. 2020-y. may 4. Obyektni ishga tushirish. 2021-y. dekabr 4.9. “Cheboksarskiy elektroapparatniy zavod” AJ (Rossiya) yuqori voltli chastota boshqaruvchi oʻtkazgich (VChRP) va yuqori voltli elektrodvigatellarni ishga tushirish qurilmalari (UPPVE) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. (Loyihaning umumiy qiymati 5,0 mln dollar vayiliga quvvati 1 ming dona) 1. Loyihaning oʻrganish uchun qoʻshma ishchi guruh tuzish. 2019-y. noyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Cheboksarskiy elektroapparatniy zavod” AJ (Rossiya) 2. Sarmoyaviy bitimni ishlab chiqish va imzolash. 2020-y. mart 3. Loyiha biznes-rejasini / texnik iqtisodiy asosini tayyorlash. 2020-y. sentyabr 4. Obyektni ishga tushirish. 2021-y. dekabr 4.10. “Texno Park” MChJ tomonidan nasoslar ishlab chiqarish (maishiy sirkulatsion) ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 8,5 mln dollar va yillik quvvati 550 ming dona) 1. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. oktyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Texno Park” MChJ 2. Texnologik uskunalarni tayerlash va yetkazib berish. 2021-y. avgust 3. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2020-y. oktyabr 4. Obyektni ishga tushirish. 2020-y. noyabr 4.11. “Veridos GmbN” kompaniyasi tomonidan bank, mobil va ID-kartalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. 1. Loyihani amalga oshirish uchun kerakli joyni tanlash. 2021-y. yanvar “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Veridos GmbN” kompaniyasi 2. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2021-y. sentyabr 3. Texnologik uskunalarni tayyorlash va yetkazib berish. 2021-y. may 4. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2022-y. sentyabr 5. Obyektni ishga tushirish. 2022-y. dekabr 4.12. “Falk Porsche Fiberglass” MChJ da zamonaviy energiya tejamkor issiqlik qurilmalari va tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish. (Loyihaning umumiy qiymati 2,2 mln dollar va yillik quvvati 5 ming dona) 1. Loyiha biznes-rejasini / texnik iqtisodiy asosini tayyorlash. 2019-y. oktyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Falk Porsche Fiberglass” MChJ 2. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. iyun 3. Texnologik uskunalarni tayerlash va yetkazib berish. 2020 — 2022-yy. 4. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2022-y. oktyabr 5. Obyektni ishga tushirish. 2022-y. dekabr 4.13. “Falk Porsche Fiberglass” MChJ da shisha tola va shisha tolali mahsulotlar ishlab chiqarishni tashqil qilish. (Loyihaning umumiy qiymati 7,7 mln dollar va yillik 3 ming dona) 1. Loyiha biznes-rejasini / texnik iqtisodiy asosini tayyorlash. 2019-y. oktyabr “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Falk Porsche Fiberglass” MChJ 2. Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish. 2020-y. iyun 3. Texnologik uskunalarni tayerlash va yetkazib berish. 2020 — 2022-yy. 4. Texnologik liniyalarni ishga tushirish ishlarini olib borish. 2022-y. oktyabr 5. Obyektni ishga tushirish. 2022-y. dekabr
Izoh: * — Oʻzbekiston Respublikasi elektrotexnika sanoatining barcha korxonalari uchun;
** — Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish va moliyalashtirish asosida loyiha quvvatlari va amalga oshirish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 899-son qaroriga 2-ILOVA
Elektrotexnika sanoati mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
T/r Mahsulot nomi Oʻlchov birligi Jami 2019-2022-yy. shu jumladan: 2022-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. Jami ishlab chiqarish mln soʻm 41 950,6 7 005,9 11 194,9 11 389,6 12 360,4 2,7 baravar I. Maishiy texnika va boshqa isteʼmol mahsulotlari 1.1. Televizorlar ming dona 2 713,0 548,0 618,0 709,0 838,0 1,9 baravar 1.2. Sovutgich va muzlatgichlar ming dona 2 435,9 300,7 504,7 784,4 973,1 3,7 baravar 1.3. Konditsioner ming dona 1 486,9 250,0 324,2 415,0 497,7 2,4 baravar 1.4. Mikrotoʻlqinli pech ming dona 343,7 69,7 76,7 89,7 107,6 2,7 baravar 1.5. Kir yuvish mashinalari ming dona 2 778,4 295,4 382,2 516,0 625,0 2,3 baravar 1.6. Oshxona uchun maishiy elektrotexnika uskunalari ming dona 3 453,8 400,0 561,1 829,3 1 046,7 3,5 baravar 1.7. Changyutgichlar ming dona 1 190,2 234,7 270,0 312,5 373,0 1,7 baravar 1.8. Elektr suv isitgichlar ming dona 2 120,1 302,1 392,0 570,0 632,0 2,3 baravar 1.9. Quyosh suv isitgichlari ming dona 58,0 12,0 13,0 15,0 18,0 2 baravar 1.10. Kompyuter monitorlari ming dona 299,2 57,9 72,2 80,1 89,0 2,1 baravar 1.11. Dudboʻronlar ming dona 700,5 133,2 162,0 191,2 214,1 3,2 baravar 1.12. Elektr mini-pechkalar ming dona 2 122,7 420,0 500,0 570,0 632,7 2,8 baravar 1.13. Gazli qozon (kotel) ming dona 233,1 49,1 51,0 58,0 75,0 2,1 baravar 1.14. Elektr jihozlash qurilmalari ming dona 29 701,3 5 652,0 6 499,8 7 799,8 9 749,7 1,8 baravar 1.15. Energiya tejamkor lampalar ming dona 26 275,0 5 000,0 5 750,0 6 900,0 8 625,0 2,3 baravar 1.16. Elektr choynaklar ming dona 75,0 – 20,0 25,0 30,0 – II. Kuchlanish va texnik maqsadli qurilmalar 2.1. Transformatorlar dona 3 581 785,0 839,0 915 1 042 3,7 baravar 2.2. Komplekt transformator substansiyalari ming kVa 2 384,3 579,3 590,4 601,6 613,0 1,2 baravar 2.3. Past va yuqori kuchlanish uskunalari ming dona 252,6 59,6 62,0 64,0 67,0 1,9 baravar 2.4. Past va yuqori voltli komplektlar dona 12 885,0 2 985,0 3 100,0 3 300,0 3 500,0 1,7 baravar 2.5. 35 — 220kV kuchlanishli modulli paketli trafo podstansiyalar dona 40,0 9,0 10,0 10,0 11,0 1,6 baravar 2.6. Elektr oʻlchash moslamalari ming dona 2 200,0 350,0 550,0 600,0 700,0 7 baravar 2.7. Oʻquv-laboratoriya uskunalari komp 468,0 108,0 115,0 120,0 125,0 1,1 baravar 2.8. Elektron gaz hisoblagichlar ming dona 5,0 – 2,3 0,6 0,15 � 2.9. Alyuminiydan profil va radiatorlar tn 1 650,0 – 440,0 550,0 660,0 – 2.10. Elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari dona 450,0 – – 200,0 250,0 – 2.11. Suv nasoslari ming dona 605,0 – – 143,0 176,0 – 2.12. Lift va eskalatorlar dona 2 400,0 – 165,0 600,0 800,0 – 2.13. Past kuchlanish chastotasini boshqarish qurilmalari dona 1 200,0 – – – 1 200,0 – 2.14. Maishiy texnikalar uchun elektrodvigatellar dona 700,0 – – – 700,0 – 2.15. Yoritish va elektr panellari dona 200,0 – – – 200,0 – 2.16. Zamonaviy quyosh panellari MVt 100,0 – – – 100,0 – 2.17. Yuqori texnologiyali raqamli tibbiy rentgen diagnostika uskunalari dona 75,0 – – – 75,0 – 2.18. Yuqori voltli chastota boshqaruvchi oʻtkazgich (VChRP) va yuqori voltli elektr dvigatellarni ishga tushirish qurilmalari (UPPVE) dona 400,0 – – – 400,0 – III. Kabel va sim mahsulotlari * 3.1. Kuchlanish kabellari km 133 639,1 14 752,3 15 247,7 32 105,8 71 533,3 5,1 baravar 3.2. Nazorat kabellari km 3 865,8 950,6 961,4 971,4 982,4 1,5 baravar 3.3. Telefon aloqa kabellari shkm 21 199,3 5 169,3 5 272,7 5 325,4 5 431,9 1,8 baravar 3.4. Signal va blokirovka kabellar shkm 7 985,2 1 619,1 1 819,3 2 051,4 2 495,5 1,6 baravar 3.5. Shlang kabel va simlari km 58 877,2 10 452,0 13 039,7 14 473,7 15 911,8 1,8 baravar 3.6. Oʻrash uchun kabel va sim mahsulotlar tn 1 174,1 282,7 286,8 299,5 305,1 1,5 baravar 3.7. Izolatsiyalangan oʻrnatish simlar km 114 714,1 30 344,4 31 516,0 35 235,1 38 234,2 3,4 baravar 3.8. Yoritish simlari va kabellar km 62 854,8 14 981,6 15 308,8 15 868,6 16 695,7 1,2 baravar 3.9. Internet tarmoqlari kabellar km 236 558,4 54 071,0 56 689,6 60 565,3 65 232,5 1,7 baravar 3.10. Avtomobil simlari km 54 648,0 13 662,0 13 662,0 13 662,0 13 662,0 1,7 baravar 3.11. Umumiy maqsadlarda foydalaniladigan oʻtkazgichlar km 68 345,9 17 185,9 16 810,0 17 100,0 17 250,0 1,2 baravar 3.12. Past kuchlanishli oʻtkazgichlar km 25 517,5 6 247,5 6 300,0 6 420,0 6 550,0 1,2 baravar 3.13. Geofizik kabel va simlar km 9 429,0 2 349,0 2 355,0 2 360,0 2 365,0 1,1 baravar 3.14. Trolley oʻtkazgichlar tn 637,7 153,4 156,4 161,4 166,5 1,2 baravar 3.15. Portlatish simlari km 3 298,0 820,0 823,0 825,0 830,0 1,1 baravar 3.16. Maishiy maqsadlarda ishlatiladigan simlar km 237 590,3 42 916,0 57 064,1 64 883,8 72 726,3 1,8 baravar 3.17. Oʻzini tutib turuvchi izolatsiyalangan simlar (SIP) km 13 101,1 2 683,0 2 951,3 3 394,0 4 072,8 1,6 baravar 3.18. Yuqori elektr uzatish liniyalari uchun simlar tn 3 347,6 756,0 790,4 862,5 938,7 1,6 baravar 3.19. Mis qisqichlari, oltiburchaklar tn 6 112,2 1 002,0 1 202,4 1 563,1 2 344,7 3.9 baravar 3.20. Mis quvurlari tn 16 337,7 3 209,6 4 012,0 4 252,7 4 863,4 2.4 baravar 3.21. Mis shinalari tn 16 111,2 3 482,4 3 587,7 3 767,1 5 274,0 2,4 baravar 3.22. Yumaloq mis simlar tn 58 171,2 11 022,0 13 071,6 13 685,9 20 391,7 8,5 baravar 3.23. Oʻralgan simlar tn 7 060,9 1 215,6 1 540,0 1 722,1 2 583,2 25,8 baravar 3.24. Boshqa maxsulotlar tn 44 511,3 9 173,4 10 822,3 10 237,0 14 278,4 11,9 baravar
Izoh:
1 — Prognoz parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi elektrotexnika sanoatining barcha korxonalari uchun belgilangan.
2 — Mis resurslaridan barqaror taʼminlangan taqdirda prognoz koʻrsatkichlariga erishiladi.
3 — Bozor talablari oʻzgarishiga qarab prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirilishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 899-son qaroriga 3-ILOVA
Elektrotexnika sanoati mahsulotlarining asosiy turlarini eksport qilishning
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
T/r Mahsulot nomi Oʻlchov birligi Jami 2019 — 2022-yy. shu jumladan: 2022-y. 2018-y. oʻsish surʼati 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. Eksport xajmi mln. doll. 1 411,0 250,0 287,5 373,8 500,0 4,3 baravar I. Maishiy texnika va boshqa isteʼmol mahsulotlari 1.1 Televizorlar ming dona 447,8 82,6 99,0 112,8 153,4 3,2 baravar 1.2 Sovutgich va muzlatkichlar ming dona 432,3 16,3 63,3 158,2 194,5 11,1 baravar 1.3 Konditsioner ming dona 93,1 15,7 20,0 25,7 31,7 2,1 baravar 1.4 Mikrotoʻlqinli pech ming dona 28,5 0,6 4,2 8,0 15,7 31,4 baravar 1.5 Kir yuvish mashinalari ming dona 459,5 76,2 101,2 126,9 155,2 2,5 baravar 1.6 Oshxona uchun maishiy elektrotexnika uskunalari ming dona 1 109,7 143,4 159,6 345,1 461,6 3,9 baravar 1.7 Changyutgichlar ming dona 179,2 32,5 37,3 50,9 58,5 2,4 baravar 1.8 Elektr suv isitgichlar ming dona 424,8 49,4 56,9 138,0 180,5 4,6 baravar 1.9 Quyosh suv isitgichlari ming dona 18,6 – 4,6 6,0 8,0 – 1.10 Dudboʻronlar ming dona 46,7 8,6 10,5 12,3 15,3 3,6 baravar 1.11 Elektr jihozlash qurilmalari ming dona 1 258,8 253,3 271,5 320,0 414,0 1,7 baravar 1.12 Energiya tejamkor lampalar ming dona 922,8 185,0 189,8 236,0 312,0 4,0 baravar II. Kuchlanish va texnik maqsadli qurilmalar 2.1 Transformatorlar dona 855 203,0 204,0 204,0 244,0 2,6 baravar 2.2 Komplekt transformator substansiyalari ming kVa 142,6 9,6 40,0 45,0 48,0 5,0 baravar 2.3 Past va yuqori kuchlanish uskunalari ming dona 31,5 7,8 7,9 7,9 7,9 102,6% 2.4 Past va yuqori voltli komplektlar dona 3 875 960,0 965,0 970,0 980,0 105,4% 2.5 35 — 220kV kuchlanishli modulli paketli trafo podstansiyalari dona 4,0 1,0 1,0 1,0 1,0 100,0% 2.6 Elektr oʻlchash moslamalari ming dona 35,0 – – – 35,0 – 2.7 Alyumin profil va radiatorlar tn 33,0 – – – 33,0 – 2.8 Oʻquv va laboratoriya jihozlari toʻplam 119 10,0 30,0 35,0 44,0 4,4 baravar 2.9 Suv nasoslari ming dona 31,7 – – 14,2 17,5 – III. Kabel va sim mahsulotlari 3.1 Kuchlanish kabellari km 31 115,6 6 040,6 7 825,0 8 020,0 9 230,0 2,3 baravar 3.2 Nazorat kabellari km 1 783,9 202,8 425,3 535,3 620,5 44 baravar 3.3 Telfon aloqa kabellari shkm 13 499,0 3 156,0 3 258,0 3 498,0 3 587,0 2,6 baravar 3.4 Signal va blokirovka kabellari shkm 7 983,5 1 619,1 1 819,3 2 051,4 2 495,5 1,7 baravar 3.5 Shlang kabel va simlari km 630,0 60,0 130,0 180,0 260,0 217 baravar 3.6 Oʻrash uchun kabel va sim mahsulotlar tn 1 186,8 150,0 220,0 365,4 451,4 16,7 baravar 3.7 Izolatsiyalangan oʻrnatish simlari km 17 813,0 2 325,0 4 568,0 5 300,0 5 620,0 14,1 baravar 3.8 Yoritish simlari va kabellari km 8 718,2 1 551,0 1 945,0 2 365,3 2 856,9 3,5 baravar 3.9 Maishiy maqsadlarda ishlatiladigan simlar km 5 080,0 770,0 1 100,0 1 350,0 1 860,0 4,0 baravar 3.10 Internet tarmoqlari kabellar (LAN kabellari) km 142 200,0 33 000,0 34 500,0 35 700,0 39 000,0 2,0 baravar 3.11 Mis trubkalari tn 16 090,0 3 400,0 4 000,0 4 240,0 4 450,0 6,5 baravar 3.12 Mis simlar tn 41 800,0 12 200,0 14 300,0 10 300,0 5 000,0 1,5 baravar
* — Prognoz parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi elektrotexnika sanoatining barcha korxonalari uchun belgilangan.
Izoh:
Mis resurslaridan barqaror taʼminlangan taqdirda prognoz koʻrsatkichlariga erishiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 899-son qaroriga 4-ILOVA
Misni chuqur qayta ishlagan holda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
tn. T/r Mahsulot nomi Jami 2019 — 2022-yy. shu jumladan: 2022-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. Jami mis isteʼmoli, mahsulotlar uchun hajmi 226 719,8 43 091,0 48 847,6 54 908,0 79 873,2 5 baravar 1. Kuchlanish kabellari 32 474,2 3 584,8 3 705,2 7 801,7 17 382,6 5,1 baravar 2. Nazorat kabellari 494,8 121,7 123,1 124,3 125,7 1,5 baravar 3. Telefon aloqa kabellari 2 522,7 615,1 627,5 633,7 646,4 1,8 baravar 4. Signal va blokirovka kabellari 1 149,9 233,1 262,0 295,4 359,3 1,6 baravar 5. Maishiy maqsadlarda ishlatiladigan simlar (shlang) 4 435,3 860,4 1 073,5 1 191,5 1 309,9 1,8 baravar 6. Oʻrash uchun kabel va sim mahsulotlar 18,8 4,5 4,6 4,8 4,9 1,5 baravar 7. Izolatsiyalangan oʻrnatish simlari 26 076,8 5 847,1 6 072,9 6 789,5 7 367,4 3,4 baravar 8. Yoritish simlari va kabellari 817,1 194,8 199,0 206,3 217,0 1,2 baravar 9. Internet tarmoqlari kabellari 3 784,9 865,1 907,0 969,0 1 043,7 1,7 baravar 10. Avtomobil simlari 710,4 177,6 177,6 177,6 177,6 1,7 baravar 11. Umumiy maqsadlarda foydalaniladigan oʻtkazgichlar 4 784,2 1 203,0 1 176,7 1 197,0 1 207,5 1,2 baravar 12. Past kuchlanishli oʻtkazgichlar 306,2 75,0 75,6 77,0 78,6 1,2 baravar 13. Geofizik kabel va simlar 179,2 44,6 44,7 44,8 44,9 1,1 baravar 14. Trolley oʻtkazgichlar 637,7 153,4 156,4 161,4 166,5 1,2 baravar 15. Portlatish simlari 23,1 5,7 5,8 5,8 5,8 1,1 baravar 16. Misdan xomutlar, hexagonlar 6 112,2 1 002,0 1 202,4 1 563,1 2 344,7 3,9 baravar 17. Mis trubkalar 16 337,7 3 209,6 4 012,0 4 252,7 4 863,4 2,4 bpr. 18. Mis shinalari 16 111,2 3 482,4 3 587,7 3 767,1 5 274,0 2,4 baravar 19. Mis oʻtkazgichlar 58 171,2 11 022,0 13 071,6 13 685,9 20 391,7 8,5 baravar 20. Oʻrama oʻtkazgichlar 7 060,9 1 215,6 1 540,0 1 722,1 2 583,2 25,8 baravar 21. Boshqa turdagi mahsulotlar 44 511,3 9 173,4 10 822,5 10 237,0 14 278,4 11,9 baravar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi 899-son qaroriga 5-ILOVA
2019 — 2022-yillarda oʻzlashtiriladigan yangi mahsulot turlari
ROʻYXATI
T/r Mahsulot nomi Loyiha tashabbuskori Ishga tushirish muddati Loyiha manzili 1. Elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari “Toshelectroapparat” XK MChJ 2020-yil dekabr Toshkent shahri 2. Liftlar, eskalatorlar “Texnopark” MChJ 2020-yil sentyabr Toshkent shahri 3. Gazni elektron hisoblash qurilmalari 4. Chillerlar (markazlashgan isitish va sovutish tizimi) 5. Sovuq suvni elektron hisoblash qurilmalari “Dongho Cosmo Co., Ltd” kompaniyasi (Koreya) 2020-yil noyabr Navoiy viloyati 6. Issiq suvni elektron hisoblash qurilmalari 7. Elektr elektron hisoblash qurilmalari 2021-yil dekabr Fargʻona viloyati 8. Maishiy texnikalar uchun elektr dvigatellari “Future Industry Systems” XK 2021-yil noyabr Xorazm viloyati 9. Zamonaviy quyosh panellari * “Endustriyel” kompaniyasi (Turkiya) 2021-yil dekabr Xorazm viloyati 10. Yuqori texnologiyali raqamli tibbiyot rentgendiagnostika uskunalari “Meditsinskiye texnologii Ltd” AJ va “S.P. Gelpik” MChJ (RF) 2021-yil dekabr Toshkent shahri 11. Yuqori voltli chastota boshqaruvchi oʻtkazgich (VChRP) va yuqori voltli elektr dvigatellarni ishga tushirish qurilmalari (UPPVE) “Cheboksarskiy elektroapparatniy zavod” kompaniyasi (RF) 2021-yil dekabr Toshkent shahri 12. Nasoslar (sirkulatsion maishiy) “Texno Park” MChJ va boshqalar 2022-yil dekabr Toshkent shahri 13. Bank, mobil va ID-kartalar “Veridos GmbN” 2020 — 2022-yillar Aniqlanmoqda 14. Zamonaviy energiya tejamkor issiqlik qurilmalari “Falk Porsche Fiberglass” MChJ 2022-yil dekabr Toshkent shahri 15. Shisha toladan mahsulotlar “Falk Porsche Fiberglass” MChJ 2022-yil dekabr Toshkent shahri
Izoh:
* Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi tomonidan birgalikda moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida oʻzlashtiriladigan mahsulotlar;
Yangi loyihalar mavjud boʻlsa, mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
