6-modda. Import va eksport boji
Boj tarifi toʻgʻrisida (470-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Import boji xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarda eng koʻp qulaylik berish tartibini qoʻllayotgan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki eng koʻp miqdori qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarda eng koʻp qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi, ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tarif preferensiyalari beriladigan hollar bundan mustasno.
Import va eksport bojining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
