Boj tarifi toʻgʻrisida (470-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Bojxona qiymati — ushbu Qonunga muvofiq belgilanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Bojxona qiymati oʻtkaziladigan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organiga deklarant tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda maʼlum qilinadi (deklaratsiyaga kiritiladi).
Bojxona qiymatini aniqlash toʻgʻri va hujjatlar bilan tasdiqlangan maʼlumotlarga asoslanishi lozim.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-46631
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 12-modda. Bojxona qiymati Boj tarifi toʻgʻrisida (470-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-45749/12 (lex.uz/docs/-46631)