Boj tarifi toʻgʻrisida (470-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Ushbu Qonun boj tarifini shakllantirish va qoʻllanish tartibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan tovarlardan boj undirish qoidalarini belgilaydi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyoti bilan samarali integratsiyalashuvi uchun shart-sharoit yaratish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida amal qiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-46631
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1-modda. Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari Boj tarifi toʻgʻrisida (470-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-45749/1 (lex.uz/docs/-46631)