Yakkasaroy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2020-yilga ish oʻrinlarini eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish toʻgʻrisida (1210-son)
14.10.2019
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 7, 17-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-y., 5-6-son 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy ximoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 29-30 son, 277-modda) 25-moddasi, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2008-y., 4-son 190-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi PQ-4227-son qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019y., 07/19/4227/2782-son), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Qonun hujjatlari maʼlumotlari Respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda 3163-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan), “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/3163/3221-son) asosan, ijtimoiy muhofazagi muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Yakkasaroy tumanida 2020-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Yakkasaroy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar (keyingi oʻrinda ijtimoiy muhofazaga muxtoj shaxslar deb yuritiladi) uchun ish oʻrinlarining eng kam miqdori (2-ilova) xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha 9833 ish oʻrnini tashkil etadigan 9,96 miqdorida, shu jumladan:
nogironlar uchun — 2,98% (29,25ta);
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-xunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuninigdek, oliy taʼlim muassasalarini davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — 48,49 (475,25ta);
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalari uchun —1,48% (151,75 ta);
Pensiya oldi yoshdagi shaxslar uchun — 13,49% (132,25 ta);
safarbarlik chaqiriq zahirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun-ularning professional tayyorgarligiga mos boʻlgan ish oʻrinlari — 11,22% (110 ta);
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanishdan ozod qilingan shaxslar uchun — 4,36% (42,75ta);
ijtimoiy muhofazaga muxtoj, shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosi qurbonlari uchun — 3,95% (38,75ta) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
3. Ijtimoiy muhofazaga muxtoj shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalari uchun-bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega;
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuninigdek, oliy taʼlim muassasalarini davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq;
Safarbarlik chaqiriq zahirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos;
Nogironlar uchun — mehnat sharoiti boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimlarga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan;
Pensiya oldi yoshdagi shaxslar uchun ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
Odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan.
4. Quyidagi ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar etib belgilansin:
muhandis, iqtisodchi, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravachi haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻt yoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
5. 2-ilovada qayd etilgan korxona va tashkilot muassasalarining rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qinalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishi taʼminlansin;
2020-yil boshlanishida kamida 10 kun oldin, zahiraga qoʻyiladigan umumiy ish oʻrinlari sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun zahiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlansin, shuningdek, bu haqida yil boshlangunga qadar Yakkasaroy tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazini xabardor qilsin;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zahiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan 2020-yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlansin, bu haqida Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha axborat taqdim etsin.
6. Tuman hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, bunday shaxslarni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilot, korxona va muassasalarning mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi alohida qayd etilsin.
7. Tuman Aholi banligiga koʻmaklashish markazi (J. Qosimov):
Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansab shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot, korxona va muassasalarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan haq toʻlanishini taʼminlansin;
mazkur qarorni besh kun muddatda zahira oʻrin yaratayotgan tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari eʼtiboriga yetkazilsin va tuman hokimining qarori bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatilsin.
8. Tuman hokimi apparati rahbari S. Agzamxodjayev, tuman hokimligi Matbuot kotibi (G. Musayev):
mazkur qaror “Toshkent oqshomi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari N. Abduraxmanov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. SAYFUTDINOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-oktabr,
1210-son
KELIShILGAN:
Yakkasaroy tuman hokimining birinchi oʻrinbosari N. ABDURAXMONOV
Yakkasaroy tuman hokimi appparati rahbari S. AGZAMXODJAYEV
Yakkasaroy tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori v.b J. QOSIMOV
Yakkasaroy tuman hokimligi bosh yuristkonsulti B. NARZULLAYEV
Yakkasaroy tuman hokimining 2019-yil 14-oktabrdagi 1210-son qaroriga 2-ILOVA
2020-yilda Yakkasaroy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
ROʻYXATI
T/r Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinalirini belgilash uchun taklif etilayotgan korxona va tashkilotlar Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarining band qilingan soni (10 % hisoblanadi) Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni (3 % hisobida) umumiy oʻrta maxsus, kasb xunar taʼlimi muassasalarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar saflaridan muddatli xarbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni 14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburiy choralar qoʻllanilgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Odam savdosi qurbonlari uchun band qilingan ish oʻrinlari soni 1. Yakkasaroy tumani xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 40 4 1 1 1 1 2. Yakkasaroy tumani Maktabgacha taʼlim muassasalarini faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi 30 3 1 1 1 3. 369-son maxsuslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi 50 5 1 1 1 1 1 4. TOShUYJOYLITI aksiyadorlik jamiyati 110 11 3 4 1 1 1 5. Respublika estrada sirk kasb xunar kolleji 150 15 4 8 1 1 1 6. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 250 25 7 9 2 3 3 1 7. A. Navoi nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 310 31 9 11 3 3 3 1 1 8. “AGROQURILIShLOYIXA” masʼuliyati cheklangan jamiyati 30 3 2 1 9. “QURAMAX MEDIKAL” masʼuliyati cheklangan jamiyati 140 14 4 5 2 1 2 10. “GAZMONTAJQURILISh” masʼuliyati cheklangan jamiyati 30 3 1 1 1 11. “TOShAFUS” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasi 160 16 4 4 3 3 2 12. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi 60 6 1 2 1 1 1 13. “ARITEKS” masʼuliyati cheklangan jamiyati 100 10 3 3 1 1 2 14. “ZIYODA ART TEKSTIL” masʼuliyati cheklangan jamiyati 150 15 4 9 1 1 15. “Celebrite Style” masʼuliyati cheklangan jamiyati 140 14 4 7 1 1 1 16. “SIRKEChI TEKSTIL” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona 190 19 5 7 2 1 1 2 1 17. “O'ZIMIZNIKI” masʼuliyati cheklangan jamiyati 90 9 2 2 1 1 1 1 1 18. “BETLIS TEKSTIL” masʼuliyati cheklangan jamiyati 200 20 6 6 1 2 1 4 19. “BITTER TEKS�IL PLYUS” maʼsuliyati cheklangan jamiyati 100 10 3 3 1 1 1 1 20. 1-son Bolalar stomatologik poliklinika 60 6 1 2 1 1 1 21. “SJS TOShKENT LTD” chet el korxonasi 40 4 0 1 1 1 1 22. Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi 310 31 5 13 5 4 3 1 23. 8-shahar tugʻruq kompleksi 190 19 5 8 1 1 2 1 1 24. “TOShUYJOYLITI” aksiyadorlik jamiyati 110 11 3 2 2 1 2 1 25. “GRAND MIR” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasi 70 7 2 2 1 1 1 26. Oʻzbekiston Respublika “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Oʻztemiryoʻlovchi”AJ Xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish filiali 770 77 13 41 6 8 6 3 27. Yakkasaroy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi DUK 230 23 7 11 1 1 1 1 1 28. “O'zGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi 280 28 8 16 2 1 1 29. “NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI XAMDA QIDIRUVI INSTITUTI” aksiyadorlik jamiyati 330 33 10 14 3 2 3 1 30. “INTER FOOD PLUS” MChJ 80 8 1 3 1 1 1 1 31. Oʻzbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi 420 42 12 13 5 3 7 1 1 32. “O'ZTEMIRYO'LOVCNI SERVIS” masʼuliyati cheklangan jamiyati 250 25 7 10 1 2 4 1 33. Yakkasaroy tumani tibbiyot Birlashmasi Koʻptarmoqli Markaziy poliklinika statsionar qismi bilan 450 45 9 25 4 3 3 1 34. “SALOMATLIK TIBBIY-SANITAR YORDAM POYEZDI” aksiyadorlik jamiyati 70 7 1 2 1 1 2 35. Oʻzbekistno Respublikasi “O'ZTEMIRYO'LOVCNI” AJ Tezyurar yunalishlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish filiali 240 24 7 12 2 1 2 36. Yakkasaroy Maxsustrans ATK 60 6 1 2 1 1 2 37. “Asaka” Davlat aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati filiali 80 8 2 3 1 1 1 38. “Asaka” Davlat aksiyadorlik tijorat banki Toshkent shaxar filiali 120 12 3 6 1 1 1 39. “Asaka” bank Avtotransport filiali aksionerlik jamiyati 90 9 2 4 1 1 1 40. “Xamkorbank” OATB Yakkasaroy filiali 60 6 2 3 1 41. TRANSBANK Yakkasaroy filiyali 80 8 2 3 1 1 1 42. Xalq bank Toshkent shahar filiali 40 4 1 2 1 43. Xalq bank Toshkent shahar filiali Amaliyot boʻlimi 70 7 2 2 1 1 1 44. “ShARIQ AVTOMOTOHUJJAT” MChJ 70 7 2 3 1 1 45. “FULL COTTON” masʼuliyati cheklangan jamiyati 170 17 5 6 2 1 1 1 1 46. “Oʻzstandart agentligi” sta�dartlashtirish,metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti 80 8 2 2 1 1 2 47. “SKARLET DIAMOND” masʼuliyati cheklangan jamiyati 200 20 6 9 1 1 1 1 1 48. Oʻbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamaksi huzuridagi “Oʻsimliklar karantinini davlat inspeksiyasi” 40 4 1 1 1 1 49. Oʻzbekiston Respublikasi Yogʻ-moy saʼnoat korxonalari uyushmasi 40 4 1 1 1 1 50. “ATM PARTNERS” MChJ 560 56 16 30 2 2 5 51. “MEDECIS SANS FRONTIERES, NETNERLANDS” 319 31 9 10 3 3 5 1 52. “ATM-PNARM” MChJ 104 10 3 4 1 1 1 53. “O'ZPAXTASANOAT” AJ 80 8 2 2 1 1 1 1 54. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi 60 6 1 2 1 1 1 55. “Baraka dori farm” MChJ 170 17 5 8 2 1 1 56. “Oʻztoʻqimachilik” uyushmasi 60 6 1 2 1 1 1 57. “NODIR KAFELLAR” XK 140 14 4 5 1 1 1 1 1 58. “UMAR METAL” MChJ 130 13 3 5 1 1 1 1 1 59. “ROYAL WATER” MChJ 60 6 1 2 1 1 1 60. “Micros development” MChJ 50 5 1 2 1 1 61. 249-son maktabgacha taʼlim muassasasi 40 4 1 1 1 1 62. 58-son maktabgacha taʼlim muassasasi 30 3 1 1 1 63. 362-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi 30 3 1 1 1 64. 150-s�n maktabgacha taʼlim muassasasi 40 4 1 2 1 65. 358-son maktabgacha taʼlim muassasasi 50 5 1 1 1 1 1 66. 135-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 6 1 2 1 1 1 67. 319- umumiy oʻrta taʼlim maktabi 50 5 1 2 1 1 68. 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 6 1 1 1 2 1 69. 300-son maktabgacha taʼlim muassasasi 40 4 1 1 1 1 70. 335-son maktabgacha taʼlim muassasasi 30 3 1 1 1 71. 369-son maxsuslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasasi 50 5 1 1 1 1 1 72. 118-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 60 4 1 2 1 73. 172-umumiy oʻrta taʼlim 50 5 1 2 1 1 74. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litsey 40 4 1 1 1 1 75. 73-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi 40 4 1 1 1 1 JAMI: 9 833 980 247 398 102 93 94 22 23
