Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport klublari faoliyatini hamda sport musobaqalarini oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (898-son)
30.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimizda sport klublarining mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-oktabr,
898-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 898-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi 542-son qarorida:
a) 1-bandda:
“a” kichik banddagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” soʻzlari “akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzuridagi sport klublarini — taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirish haqidagi takliflari maʼqullansin”;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Assotsiatsiyaning” soʻzi “Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Assotsiatsiyaning” soʻzi “klublarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning beshinchi xatboshidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” soʻzlari “akademik litseylar va oʻrta maxsus professional taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandda:
uchinchi xatboshidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” soʻzlari “akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari (akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
sport klublariga aʼzolik badallari”;
oltinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) ilovada:
6-bandning beshinchi xatboshidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar” soʻzlari “akademik litseylar va oʻrta maxsus professional” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandda:
uchinchi xatboshidagi “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” soʻzlari “akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar (akademik litseylar, oʻrta maxsus professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari huzurida tashkil qilingan sport klublari uchun);
sport klublariga aʼzolik badallari”;
oltinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili sport musobaqalarini oʻtkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
a) “Umid nihollari” sport musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashiga jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek xomiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablagʻlarini jalb etgan holda oʻtkazilishi, gʻoliblikni koʻlga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash hamda musobaqalarning final bosqichida gʻolib boʻlgan jamoalarga “Prezident sovgʻasi” sifatida respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobil sovgʻa qilish;
b) “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek, homiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etgan holda musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazilishi uchun hakamlar bilan taʼminlash hamda musobaqalarning final bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarga “Prezident sovgʻasi” sifatida tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilanadigan qimmatbaho sovgʻalar berish;
v) sport musobaqalarining respublika final bosqichlari boʻlib oʻtadigan hududlar va u yerda joylashgan infratuzilma obyektlarini homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etgan holda talab darajasida tayyorlash va zamonaviy asosda jihozlash;
g) sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik anʼanalarini munosib davom ettirishga qodir insonlar boʻlib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish”;
b) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Bunda:
Tashkiliy qoʻmita tomonidan har yil uchun tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasi va sport tadbirlarini oʻtkazish taqvim rejasiga muvofiq “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichida sportchi, trener va delegatsiya rahbarlarini ovqatlantirish, gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash xarajatlarini moliyalashtirish kasb-hunar talimi sohasining markazlashgan mablagʻlari hisobidan;
“Universiada” sport musobaqalarining respublika final bosqichida sportchi, trener va delegatsiya rahbarlarini ovqatlantirish, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan sportchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash xarajatlarini moliyalashtirish Tashkiliy qoʻmita tomonidan har yil uchun tasdiqlanadigan sport tadbirlarini oʻtkazish taqvim rejasi, sarf-xarajatlar smetasi hamda taqsimotga muvofiq Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasiga oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari hamda talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan;
“Universiada” va “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichini tashkil etish va oʻtkazish, ishtirokchilarni final bosqichi oʻtkaziladigan hududlarga borish-kelish va shahar ichida harakatlanishlari uchun transport bilan, sport jamoalarini tayyorlash hamda yotoqxona bilan taʼminlash xarajatlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan;
Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasini saqlash xarajatlari uning taʼsis hujjatlariga muvofiq oliy talim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari aʼzolarining aʼzolik badallari, maqsadli ajratmalari hamda homiylik va qonunda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”;
v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umid nihollari” sport musobaqalarini oʻtkazish SXEMASI
”;
g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalarida oʻtkaziladigan sport turlari ROʻYXATI
T/r “Umid nihollari” sport musobaqalariga kiritilgan sport turlari nomi “Barkamol avlod” sport musobaqalariga kiritilgan sport turlari nomi “Universiada” sport musobaqalariga kiritilgan sport turlari nomi 1 ― 4 sinflar 5 ― 11 sinflar 1. Mini-futbol Badminton Badminton Badminton 2. Yengil atletika Basketbol Basketbol Basketbol 3. Shaxmat Voleybol Voleybol Voleybol 4. Shashka Gandbol Gandbol Gandbol 5. Badiiy gimnastika Futbol Futbol Futbol 6. Yengil atletika Yengil atletika Yengil atletika 7. Stol tennisi Stol tennisi Stol tennisi 8. Shaxmat Shaxmat Shaxmat 9. Shashka Shashka Shashka 10. Kurash Kurash Kurash 11. Sport gimnastikasi Belbogʻli kurash Belbogʻli kurash 12. Badiiy gimnastika Dzyudo Dzyudo
Izoh. Uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitalar qabul qilgan qarorlarga asosan qoʻshimcha ommaviy sport turlarini joriy etish yoki ayrim sport turlarini chiqarib tashlashi mumkin”;
e) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umid nihollari” sport musobaqalarining sport turlari boʻyicha final bosqichini hududlarda oʻtkazish REJASI
T/r Hududlar nomi Musobaqalar oʻtkaziladigan shaharlar Musobaqalarni oʻtkazish davri Musobaqalar oʻtkaziladigan sport turlari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 2020-yildan boshlab, har 3 yilda Badminton, basketbol, voleybol, gandbol, futbol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, sport gimnastikasi, kurash, badiiy gimnastika 2. Andijon viloyati Andijon 3. Buxoro viloyati Buxoro 4. Jizzax viloyati Jizzax 5. Qashqadaryo viloyati Qarshi 6. Navoiy viloyati Navoiy 7. Namangan viloyati Namangan 8. Samarqand viloyati Samarqand 9. Sirdaryo viloyati Guliston 10. Surxondaryo viloyati Termiz 11. Toshkent viloyati Olmaliq 12. Fargʻona viloyati Fargʻona 13. Xorazm viloyati Urganch 14. Toshkent shahri Toshkent
Izoh. Tashkiliy qoʻmitaning xulosasiga koʻra, “Umid nihollari” sport musobaqalari oʻtishi belgilangan hududlarga oʻzgartirish kiritilishi mumkin”;
j) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Barkamol avlod” sport musobaqalarining sport turlari boʻyicha respublika final bosqichini hududlarda oʻtkazish REJASI
Hududlar nomi Oʻquv yillari 2020-2021 2022-2023 2024-2025 2026-2027 2028-2029 2030 ― 2032 2032-2033 Sport turlari nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Dzyudo Voleybol (oʻgʻil bolalar Voleybol (qiz bolalar Stol tennisi Belbogʻli kurash Basketbol (qiz bolalar) Shaxmat Shashka Andijon viloyati Gandbol (oʻgʻil bolalar) Dzyudo Voleybol (oʻgʻil bolalar) Voleybol (qiz bolalar) Stol tennisi Belbogʻli kurash Basketbol (qiz bolalar) Buxoro viloyati Kurash Gandbol (oʻgʻil bolalar) Dzyudo Voleybol (oʻgʻil bolalar) Voleybol (qiz bolalar) Stol tennisi Belbogʻli kurash Jizzax viloyati Yengil atletika Kurash Gandbol (oʻgʻil bolalar) Dzyudo Voleybol (oʻgʻil bolalar) Voleybol (qiz bolalar) Stol tennisi Qashqadaryo viloyati Futbol Yengil atletika Kurash Gandbol (oʻgʻil bolalar) Dzyudo Voleybol (oʻgʻil bolalar) Voleybol (qiz bolalar) Navoiy viloyati Basketbol (oʻgʻil bolalar) Futbol Yengil atletika Kurash Gandbol (oʻgʻil bolalar) Dzyudo Voleybol (oʻgʻil bolalar) Namangan viloyati Gandbol (qiz bolalar) Basketbol (oʻgʻil bolalar) Futbol Yengil atletika Kurash Gandbol (oʻgʻil bolalar) Dzyudo Samarqand viloyati Badminton Gandbol (qiz bolalar) Basketbol (oʻgʻil bolalar) Futbol Yengil atletika Kurash Gandbol (oʻgʻil bolalar) Sirdaryo viloyati Shaxmat Shashka Badminton Gandbol (qiz bolalar) Basketbol (oʻgʻil bolalar) Futbol Yengil atletika Kurash Surxondaryo viloyati Basketbol (qiz bolalar) Shaxmat Shashka Badminton Gandbol (Qiz bolalar) Basketbol (Oʻgʻil bolalar) Futbol Yengil atletika Toshkent viloyati Belbogʻli kurash Basketbol (qiz bolalar) Shaxmat Shashka Badminton Gandbol (qiz bolalar) Basketbol (oʻgʻil bolalar) Futbol Fargʻona viloyati Stol tennisi Belbogʻli kurash Basketbol (qiz bolalar) Shaxmat Shashka Badminton Gandbol (qiz bolalar) Basketbol (oʻgʻil bolalar) Xorazm viloyati Voleybol (qiz bolalar) Stol tennisi Belbogʻli kurash Basketbol (qiz bolalar) Shaxmat Shashka Badminton Gandbol (qiz bolalar) Toshkent shahri Voleybol (oʻgʻil bolalar) Voleybol (qiz bolalar) Stol tennisi Belbogʻli kurash Basketbol (qiz bolalar) Shaxmat Shashka Badminton
”;
z) 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Universiada” sport musobaqalarining sport turlari boʻyicha respublika final bosqichini hududlarda oʻtkazish REJASI
Hududlar nomi Oʻquv yillari 2019-2020 2021-2022 2023-2024 2025-2026 2027-2028 2029-2030 2031-2032 Sport turlari nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Voleybol (ayollar) Stol tennisi Basketbol (erkaklar) Futbol Yengil atletika Kurash Badminton Andijon viloyati Belbogʻli kurash Voleybol (ayollar) Stol tennisi Basketbol (erkaklar) Futbol Yengil atletika Kurash Buxoro viloyati Basketbol (ayollar) Belbogʻli kurash Voleybol (ayollar) Stol tennisi Basketbol (erkaklar) Futbol Yengil atletika Jizzax viloyati Gandbol (erkaklar) Basketbol (ayollar) Belbogʻli kurash Voleybol (ayollar) Stol tennisi Basketbol (erkaklar) Futbol Qashqadaryo viloyati Dzyudo Gandbol (erkaklar Basketbol (ayollar) Belbogʻli kurash Voleybol (ayollar) Stol tennisi Basketbol (erkaklar) Navoiy viloyati Shaxmat Shashka Dzyudo Gandbol (erkaklar) Basketbol (ayollar) Belbogʻli kurash Voleybol (ayollar) Stol tennisi Namangan viloyati Voleybol (erkaklar) Shaxmat Shashka Dzyudo Gandbol (erkaklar) Basketbol (ayollar) Belbogʻli kurash Voleybol (ayollar) Samarqand viloyati Gandbol (ayollar) Voleybol (erkaklar) Shaxmat Shashka Dzyudo Gandbol (erkaklar) Basketbol (ayollar) Belbogʻli kurash Sirdaryo viloyati Badminton Gandbol (ayollar) Voleybol (erkaklar) Shaxmat Shashka Dzyudo Gandbol (erkaklar) Basketbol (ayollar) Surxondaryo viloyati Kurash Badminton Gandbol (ayollar) Voleybol (erkaklar) Shaxmat Shashka Dzyudo Gandbol (erkaklar) Toshkent viloyati Yengil atletika Kurash Badminton Gandbol (ayollar) Voleybol (erkaklar) Shaxmat Shashka Dzyudo Fargʻona viloyati Futbol Yengil atletika Kurash Badminton Gandbol (ayollar) Voleybol (erkaklar) Shaxmat Shashka Xorazm viloyati Basketbol (erkaklar) Futbol Yengil atletika Kurash Badminton Gandbol (ayollar) Voleybol (erkaklar) Toshkent shahri Stol tennisi Basketbol (erkaklar) Futbol Yengil atletika Kurash Badminton Gandbol (ayollar)
”.
