Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida (45-son)
07.02.2015
Surxondaryo viloyati hokimining
qarori
Surxondaryo viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozorlar va savdo komplekslarida pul oqimlari toʻliqroq hisobga olinishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 24-dekabrdagi “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi 84 va 2014-37-son qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” Bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyat boʻlimi (A. Raxmonqulov)ga viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslarida sotuvchilardan (xizmat koʻrsatuvchilardan) undiriladigan savdo joyi, xizmat haqi va ijara toʻlovlarini toʻgʻri va toʻliq undirilishi hamda tegishli qismini mahalliy budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan doimiy nazorat olib borsin.
4. “Surxon tongi” hamda “Zarya Surxana” (G. Tangirova) gazetalariga mazkur qarorning toʻliq matnini matbuotda eʼlon qilinishi taʼminlasin.
5. Surxondaryo viloyat hokimining 2014-yil 1-fevraldagi 22-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Z. Davlatov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
Hokim T. MAMARAIMOV
Termiz sh.,
2015-yil 7-fevral,
45-son
Viloyat hokimining 2015-yil 7-yanvardagi 45-son qaroriga ILOVA
Surxondaryo viloyat bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining
miqdorlari
I. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning miqdorlari T/r Mahsulot turi Oʻlchov birligi Termiz shahri va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish: 1.1 Mevalar: 1 oʻrin/ kunga 3500 3000 Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnoy, malina va h.k sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h.k) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar. 1 oʻrin/ kunga 3500 5000 Quruq mevalar lar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, pista, yeryongʻoq, bodom, pista, shoʻrdanak va h.k. 1 oʻrin/ kunga 5000 5500 1.2 Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h.q hamda pishirilgan joʻxori 1 oʻrin/ kunga 3000 3000 1.3 Poliz mahsulotlari: handalak, qovun, tarvuz, qovoq (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 6000 5000 1.4 Don mahsulotlari: guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k. 1 oʻrin/ kunga 3500 3500 1.5 Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxat va h.k. 1 oʻrin/ kunga 3500 3000 1.6 Sut mahsulotlari: Sut, qatiq qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 1 oʻrin/ kunga 3000 2500 1.7 Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k 1 oʻrin/ kunga 3500 3500 1.8 Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir, va h.k) hamda asal 1 oʻrin/ kunga 3500 3000 1.9 Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar) 1 oʻrin/ kunga 3000 2500 1.10 Tuxum 1 oʻrin/ kunga 3500 3000 1.11 Gullar va koʻchatlar (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 5000 5000 1.12 Non mahsulotlari (obi non, patir va h.k) 1 oʻrin/ kunga 2500 2500 1.13 Uyda tayyorlangan konservalangan, pazandachilik va qandolat mahsulotlari 1 oʻrin/ kunga 3000 3000 1.14 Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar 1 oʻrin/ kunga 5000 4500 1.15 Milliy taomlar 1 oʻrin/ kunga 6000 5500 1.16 Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari 1 oʻrin/ kunga 3000 2800 1.17 Supurgi 1 oʻrin/ kunga 3000 2500 1.18 Tirik baliq 1 oʻrin/ kunga 5000 5000 1.19 Xalq ijodkorligi, xalq xunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 2500 2500 2. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va x.k. 1 oʻrin/ kunga 13500 12500 3. Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish: yengil avtomashinalardan 1 mashina 6000 6000 yuk avtomashinalardan 1 mashina 11000 11000 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan 1 mashina 11000 11000 mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqari, maxsu� ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 5500 5000 4. Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalari (xar bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun): shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h.k. 1 mashina 6500 6000 5. Qurilish materiallarini sotish: 5.1 Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish: 6 kv.metrgacha 1 oʻrin/ kunga 7500 6500 6 dan — 15 kv.metrgacha 1 oʻrin/ kunga 8500 8000 15 dan — 30 kv.metrgacha 1 oʻrin/ kunga 10000 10000 5.2 Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h.k) sotish (6 kv.metrgacha) 1 oʻrin/ kunga 4000 4000 6. Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish: Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 1 oʻrin/ kunga 4500 4000 Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar 1 oʻrin/ kunga 4000 4000 7. Avtotransport vositalarini sotish: yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar 1 dona 15000 15000 yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari 1 dona 16000 16000 mototsikl, motorellyor, mopedlar 1 dona 5000 5000 velotsipedlar 1 dona 2500 2500 8. Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun: 8.1 ot, toy, tuya 1 bosh 15000 15000 boʻtaloq, eshak 1 bosh 6000 6000 8.2 Yirik shoxli qoramol: yirik shoxli qoramol (sigir buzogʻi ilan) 1 bosh 8000 8000 buzoq (6 oylikgacha) 1 bosh 6000 6000 8.3 Mayda shoxli qoramol: qoʻy, echki qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h.k 1 bosh 5500 5500 qoʻzi, uloq 1 bosh 3500 3500 8.4 Choʻchqalar va choʻchqa bolalari 1 bosh 3500 3500 9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz 1 bosh 1500 1500 tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari 10 bosh 1500 1500 10. Itlar va mushuklar 1 oʻrin/ kunga 3000 2700 11. Manzarali qushlar va baliqlar 1 oʻrin/ kunga 3500 3000 12. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar 1 oʻrin/ kunga 3000 2500 13. Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda 1 oʻrin/ kunga 3500 3500 14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/ kunga 3000 2500 II. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari T/r Koʻrsatiladigan xizmatlar turi Oʻlchov birligi Termiz shahri va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar Tumanlar 1. Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi: Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 15000 13500 Oziq-ovqat mahsulotlari sotish 1 kv. m./oyiga 14500 13500 Umumiy ovqatlanish 1 kv. m./oyiga 15000 13500 Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv. m./oyiga 12000 11000 Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h.k.) 1 kv. m./oyiga 11000 10000 2. Inventarlarni ijaraga berish: 2.1 Tosh-tarozilar uchun 1 kunda 1300 1000 2.2 Katta yuk tortish tarozilar uchun 150 kg.gacha 1 kunda 2500 2000 150 kg.dan 1500 kg.gacha 1 kunda 7000 6500 2.3 Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h.k) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunda 1500 1200 2.4 Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun, bunda toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) 1 kunda 700 700 2.5 Mahsulotlar uchun brezent berish 1 kunda 1500 1500 2.6 Aravachalar uchun 1 kunda 2000 2000 2.7 Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 kv.m) 1 kunda 1500 1500 3. Koʻrsatiladigan xizmat turlari: 3.1 Qishloq x?jalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash: sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunda 2500 2500 omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h.k. uchun) 1 kunda 1800 1800 bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan) 1 kunda 1800 1800 3.2 Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50x50x100 oʻlchamdagi joy uchun) 1 kunda 2000 1500 3.3 Mahsulotlarni tarozida tortish: katta yuk tarozida 1-marta tortish 1000 1000 yirik va mayda shoxli qoramolni tortish 1-marta tortish 1800 1800 3.4 Avtotarozilardan foydalanish: yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 3000 2500 yuksiz 1-marta oʻlchash 2000 2000 yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2500 2000 yuksiz 1-marta oʻlchash 2000 1500 yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 1500 1500 yuksiz 1-marta oʻlchash 2000 1500 tirkamali yengil avtomashinalardan: yuk bilan 1-marta oʻlchash 2000 2000 yuksiz 1-marta oʻlchash 1500 1500 3.5 Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) 1 kunda 5000 5000 3.6 Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun: yengil avtomashinalar uchun 1 soatga 1500 1500 yuk avtomashinalar uchun 1 soatga 2000 2000 3.7 Hojatxona xizmatidan foydalanish 1-marta 400 400 3.8 Telefondan foydalanish 1-marta 300 300 3.9 Radiouzel orqali eʼlon berish 3-marta takror 500 500 3.10 Umumiy foydalaniladigan obyektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar (asfaltlangan va bruschatka yotqizilgan yoʻlaklar, trotuarlar, kirish va chiqish joylari, yer osti va yer usti kanalizatsiya lotoklari, ichki va tashqi yoritish tarmoqlari va inshootlari, ichimlik suvining sanitar-texnik boʻgʻinlari, umumiy hududni qoʻriqlash va tozalash, maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya inshootlari)* 1 kv.m./oyiga 8000 7000
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻrsatiladigan majburiy xizmatlar roʻyxati va qiymati hududiy moliya va soliq organlari bilan kelishilgan holda viloyat hokimining qaroriga asosan tasdiqlanadi. Ushbu xizmatlar bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino va inshootlar mulkdorlariga koʻrsatiladi hamda ular uchun kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan egallagan yer maydonlaridan kelib chiqib, bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati bilan bino va inshootlar mulkdorlari oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq haq toʻlanadi. Bunda maishiy va meva-sabzavot mahsulotlarining chiqindilarini yigʻish va olib chiqish xizmatlari uchun bino va inshootlar mulkdorlari tomonidan mazkur turdagi xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlarga qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirilmaydi. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi yer va mol-mulk huquqiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar 1 kv.m uchun Termiz shaxrida 5000 soʻm, boshqa tumanlarda 4000 soʻm toʻlov miqdorlari belgilanadi.
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
