“1941-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-575-son) · Sana: 29.10.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) huquqbuzarliklarni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarida (huquqni muhofaza qiluvchi organlarda) hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, —
eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1951-modda bilan toʻldirilsin:
