“122-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-575-son) · Sana: 29.10.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq dorilarini olish va roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) tartibiga fuqarolar hamda yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 591-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “fuqaroviy va xizmat qurollarining hamda ular oʻq-dorilarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 16-modda birinchi qismining:
yigirma yettinchi xatboshisidagi “oʻqotar qurolga ega boʻlganlarning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
qirq uchinchi xatboshisidagi “chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 17-modda birinchi qismining:
oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
